1-мавзу: “глобал иқтисодий ривожланиш” фанининг предмети ва услубиёти ҳамда вазифалари
Download 1.03 Mb.
|
Глобал иктисодий ривожланиш маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bibliografik ma’lumotnoma
G-20 tashkiloti va O„zbekiston.
G-20 norasmiy tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari albatta birinchi navbatda o‘z manfaatlarini ko‘zlaydilar. Rivojlanayotgan davlatlar uchun sammit natijalariga qarab, ular tomonidan ishlab chiqilgan qarorlar va kelishuvlardan kelib chiqqan holda faoliyat yuritish maqsadga muvofiqdir. Konfutsiy so‘zi bilan aytganda, baliq sovg‘asi bilan baliqni ushlashni o‘rganish o‘rtasida katta farq bor. G-20 tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan qarorlardan O‘zbekiston oqilona foydalanmoqda. O‘zbekistondagi demografik vaziyat, ortiqcha ishchi kuchini eksport qilinishi, tashqi savdo aloqalari bo‘yicha hamkorlik qilayotgan davlatlar bilan o‘zaro bog‘liqlik mamlakatimiz iqtisodiyotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Xulosa sifatida quyidagini aytish joizki, hozirgi paytda mavjud xalqaro iqtisodiy institutlar asosan II-jahon urushidan keyin, Evropa mamlakatlarini vatsrona iqtisodiyotini tiklash uchun va hech bo‘lamganda, urushdan oldingi darajada mamlakat iqtisodiyotini tiklash uchun boshqa davlatlar bilan, chunonchi asosan AQSH iqtisodiyotiga tayanib hamkorlik qilishlari zarur edi. Bunday sharoitda ham o‘zining uzooq siyosiy va iqtisodiy istiqbolini hamda ko‘proq foyda olishni ko‘zlagan AQSH hukumati dastlab 1944 yilning oktyabrb-dekabrb oylarida Bretton-Vudss shahrida, urushdan keyin jahon hamjamiyatida o‘zining salohiyatini mustahkamlash uchun xalqaro moliya-valyuta konferentsiyasini tashkil etdi. Ushbu konferentsiyaga 44 ta davlat qatnashib(jumladan SSSR ham) XVF va xalqaro tiklanish va taraqqiyot baklari tashkil etildi. Umuman, XX asrning ikkinchi yarmida, dastlab Bosh xalqaro tashkilot BMT 1945 yilda tashkil etilib, boshqa xalqaro tashkilotlar albatta uning tarkibidan joy ola boshladi. Xususan, Evropa iqtisodiy hamkorlik tashkiloti 1948 yilda, 1960 yilda esa AQSH hukumati bu tashkilotni yanada kengaytirish tashabbusi bilan chiqidi va shu yilning 14 dekabrida Evropa iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining kontseptsiyasi imzolandi. 1962 yilning 30 sentyabridan boshlab kuchga kirdi. YUqorida aytib o‘tilganidek bu tashkilotning asosiy vazifasi a’zo davlatlar va ular bilan xamkorlik qilayotgan davlatlarning iqtisodiyotini tahlil qilish va uni makroiqtisodiy va tarmoq darajasida iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdir. O‘zbekiston ham 1992 yildan beri ushbu tashkilot a’zosi bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi paytda ushbu tashkilotga a’zo bo‘lgan davlatlar soni 36tadan oshdi. Xalqaro norasmiy institutlarning tashkil etilishining asosiy sababi jahon iqtisodiyotini globallashuvi sharoitida dastlab rivojlangan mamlakatlar o‘zlarining iqtisodiy-siyosiy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish edi. Aynan shu maqsadda 1976 yili “katta ettilik” norasmiy tashkiloti tuzildi. Bunday tashkilotlarning norasmiy deyilishini sababi ular o‘z ustaviga ega emas. Jahon iqtisodiyotida moliyaviy va iqtisodiy barqarorlikga erishish maqsadida 1999-yil 15-16 dekabrda Berlingda G-20 norasmiy tashkilotga asos solindi. Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: Xalqaro institutlar deganda nimani tushunasiz? Xalqaro tashkilotlarning umumiqtisodiy vazifalariga nimalar kiradi? Rasmiy xalqaro tashkilotlarning ustavi(nizomi) nima sababdan qabul qilinadi? Norasmiy xalqaro tashkilotlar tuzilishining asosiy sabablari? Norasmiy xalqaro tashkilotlarning asosiy vazifalari? “Yigirmalik guruhi”ning vujudga kelishiga nima sabab bo‘ldi? G-20 va O‘zbekiston. O‘zbekistonning G-20 tashkilotiga qo‘shilishdan asosiy maqsadi? G-20 tashkilotining asosiy vazifalari? Iqtisodiy hamkorlik tashkilotini asoschilari bo‘lib qaysi davlatlar hisoblanadi? Nimauchun norasmiy tashkilotlarning ustavi bo‘lmaydi? Bibliografik ma’lumotnoma: Vaxabov A.V., Tadjibaeva D.A., Xajibakiev SH.X. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. - Toshkent.: Baktriya press, 2015. -584 b. Xodiyev B., Shodmonov Sh. Iqtisodiyot nazariyasi (darslik). - T., «Barkamol fayz-media» nashriyoti, 2017. Globalizatsiya mirovogo xozyaystva: Ucheb. posobie / Pod red. d-ra ekon. nauk, prof. M.N. Osbmovoy, kand. ekon. nauk, dots. A.V. Boychenko. - M.: INFRA-M, 2006. - VIII, 376 s. O.T. Bogomolov. Mirovaya ekonomika v vek Globalizatsii. Uchebnik. - M.: ZAO Izd-vo «Ekonomika», 2007 g. Globalbnoe ekonomicheskoe regulirovanie : uchebnik / pod G54 red. prof. V. N. Zueva. — M. : Magistr, 2009. — 574 s. MAVZU: IQTISODIY HAMKORLIKNING XALQARO ME’YORLARI VA TAMOYILLARI. Reja: Xalqaro hamkorlik tashkilotlarining vujudga kelishining iqtisodiy va siyosiy sabablari hamda uning bosqichlari. Xalqaro hamkorlikni ta’minlash me’yorlari va xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning funktsiyalari. Globallashuv sharoitida xalqaro tashkilotlar funktsiyalarining o„zgarib borishi. Xalqaro hamkorlik tashkilotlarining vujudga kelishining iqtisodiy va siyosiy sabablari hamda uning bosqichlari. Hamkorlikka va oshkoralikka asoslangan halqaro iqtisodiy tartib o‘tkazishni ta’minlash uchun asta-sekin xalqaro tashkilotlar tarmog‘i yaratildi. Aynan ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyin bir-biri bilan shakliga ko‘ra, maqsadlariga ko‘ra, masalalarni hal qilish doirasiga ko‘ra bir-biridan farqlanadigan xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning oldin amal qiladigan tizimi yuzaga keldi. Ularning vujudga kelishi xalqaro maydondagi kuchlar o‘zaro munosabatining, shuningdek, xo‘jalik yuritishning kapitalistik tizimi ichidagi kuchlarning o‘zaro munosabati o‘zgarishi bilan shartlanadi. SHu bilan bir vaqtda qo‘shma iqtisodiy strategiyalar ishlab chiqish va jahon xo‘jalik aloqalarining ko‘ptomonlama boshqarish shakllari va usulublarining o‘ziga xos evolyutsiyasi yuz berdi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling