1-мавзу: “глобал иқтисодий ривожланиш” фанининг предмети ва услубиёти ҳамда вазифалари
Zamonaviy sayyohlik biznesini tegishli axborot vositalariyordamisiz tasavvur qilib bo„lmaydi
Download 1.03 Mb.
|
Глобал иктисодий ривожланиш маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- YUqorida rekreatsiya yoki turistik ekskursiya takliflarini rekreatsiyasini
- Rekreatsion turizm - bu kishilarning mehnatdan tashqi holatda va o„z yashash joylaridan boshqa makonlarda dam olish hamda jismoniy qobiliyatlarini tiklash maqsadidagi sayohat qilish turidir.
Zamonaviy sayyohlik biznesini tegishli axborot vositalariyordamisiz tasavvur qilib bo„lmaydi. Hatto eng oddiy turni ishlab chiqish ham katta hajmdagi ma’lum otni talab qiladi. Bunday ma’lum otlarga, xalqaro yoki ichki yuk tashish jadvallari va tariflari, xizmatlar narxi, mehmonxona klassi va boshqa turistik xizmatlar kirardi. Ilgari, firma bunday ma’lumotlarni maxsus tuzilgan ma’lum otnomalar to‘plamidan olgan. Ularni yig‘ib saqlardi va o‘z maqsadlarida ishlatar edi. Asta-sekin ko‘p sahifali fayllar kompyuter axborot texnologiyalari bilan almashtirildi.
XX asrning oxirgi yillarida turistik talab asosan turistlar taklifi ta’siri ostida shakllangan bo‘lsa, hozirgi davrda vaziyat aksincha o‘zgargan. Turisik bozorlarning tobora ko‘payib borayotgan va moliyaviy hamda vaqt imkoniyatlari keng bo‘lgan iste’molchilar o‘z ehtiyojlarini yaxshiroq tushunadigan zamonaviy sharoitda ularning talabi taklifning rentabelligini(foydaliligini) belgilaydi. SHuning uchun turistik taklifni shakllanishiga imkon berish uchun hozirda turistik talabni batafsil va sinchkovlik bilan o‘rganish va prognoz qilish juda katta ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda mintaqalarni o„rganish(kognitiv) turizmi xalqaro turizmning etakchi tarmoqlaridan biri aylangan. Globallashuv sharoitida o‘rganish(kognitiv) turizmi nafaqat turistik faoliyat turi, balki xalqlarning madaniyatlararo muloqotini boshqarishning muhim mexanizmi, turli sub’ektlar darajasidagi ijtimoiy sheriklik tamoyillarini amalga oshirishning samarali usuli sifatida qaraladi. Ijtimoiy taraqqiyotda madaniyat haqidagi yangi tushuncha va kishilik jamiyatlarida madaniy xilma-xillikni saqlash zarurligini anglash, mintaqalarni o‘rganish(kognitiv) turizmining istiqbollarini mintaqaviy rivojlanish omili sifatida kengaytiradi. Ekskursiya dasturlari taklifining ko‘payishi insonlarning muhim rolini anglash uchun va uning rekreatsiyasini ta’minlash, insonning madaniy ehtiyojlarini ro‘yobga chiqarish uchun madaniy-ma’rifiy mashg‘ulotlar va hordiq chiqarish, ular tarixini bilish uchun shart-sharoitlar yaratish zarurligini anglash bilan bog‘liq din, urf-odatlar, turmush tarzi va uning o‘ziga xos xususiyatlari, umuman boshqa xalqlar madaniyati o‘rganish turizimni mintaqalarni o‘rganish(kognitiv) turini asosiy maqsadidir. Kognitiv turizmning asosini madaniy kapital tashkil etadi, u kundalik va yuksak badiiy, umumiy va aristokratik va boshqa madaniyat manbalarida ifodalanadi. Kognitiv turizm jahon iqtisodiyotining muhim tarmog‘i bo‘lib, dunyo mintaqalarida rivojlanishning o‘ta notekis darajasi bilan ajralib turadi, bu ham dunyo davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholining turli ijtimoiy va demografik guruhlarining iste’mol talabi va hayotiy munosabati, rekreatsion va turistik resurslarning notekis taqsimlanishi, davlatlar va xalqaro tashkilotlarning ko‘p o‘lchovli sayyohlik siyosatining farqlari hamda ularning farqlanishi bilan izohlanadi. Bunday farqlanishni faqat axborot vositalari asosida kiritilgan ma’lumotlar bo‘yicha va ularni qayta ishlab differentsiyalash orqali amalga oshirish mumkin. YUqorida rekreatsiya yoki turistik ekskursiya takliflarini rekreatsiyasini ta’minlash haqida so‘z yuritildi. SHuning uchun ham “rekreatsiya” tushunchasini aniqlab olishimiz zarur. Rekreatsiya so‘zi polbshalik polyaklar tilida - bayram, ta’til yoki vaqtni xush o‘tkazish ma’nolarini anglatadi. Lotin tilida esa - tiklanish ma’nosini anglatadi. Frantsuz tilidagi recreation so‘zi - mehnat faoliyatidan tashqi holatda, yashash j oyidan boshqa makonda faol dam olish va vaqtni xush o‘tkazish ma’nolarini anglatadi. Umuman olganda rekreatsion turizm, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda XX asrning oxiri va XXI asr boshlarida paydo bo‘lgan turizmning eng asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Rekreatsion turizm - bu kishilarning mehnatdan tashqi holatda va o„z yashash joylaridan boshqa makonlarda dam olish hamda jismoniy qobiliyatlarini tiklash maqsadidagi sayohat qilish turidir. Turizmning bu turi kishilarning o‘z vatanidan boshqa mamlakatda jismoniy va ma’naviy qobiliyatlarini tiklash maqsadida turli xildagi sog‘liqni tiklash markazlarida, sanatoriyalarida dam olishini, u yoki bu mamlakatning tabiy-iqlim sharoiti, relbefi, flora va faunasi bilan tanishish maqsadidagi sayohatini ham o‘z ichiga oladi. XX asr o‘rtalaridan boshlab va XXI asr boshida xalqaro turizmning tarkibiy tuzilmasida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Mintaqalarni o‘rganish turizmining oqimlarini geografik taqsimoti o‘zining asosiy xususiyatlari bo‘yicha XX-asrning 70-80 yillariga kelib allaqachon rivojlangan edi, lekin hozirgi vaqtda global va mahalliyjarayonlar ta’siri ostida doimiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. XX asrning oxirida dunyo mintaqalari bo‘yicha xalqaro turizm dinamikasi muhim farqlarni ochib berdi va u mintaqalarni o‘rganish turizmini rivojlanishining asosiy tendentsiyalarini o‘zida aks ettiradi. SHunday qilib, turizm endi tobora global miqyosda rivojlanmoqda. Umuman olganda, dunyoning turli mintaqalariga xalqaro sayyohlar kelishida kuzatilayotgan o‘zgarishlar turizmni rivojlanishining global tendentsiyalarini takrorlaydi. 1980- 90-yillar boshidagi iqtisodiy inqirozlar tufayli sayyohlar oqimining o‘sish sur’atlarining pasayishi, XX asr va 2001 yildagi teraktlar, 2003 yilda SARSning tarqalishi, 2008-2009 yillardagi moliyaviy-iqtisodiy inqiroz va boshqa siyosiy- iqtisodiy omillarning ta’siri barcha turistik mintaqalar darajasida kuzatilmoqda. Biroq, har bir mintaqaning o‘ziga xos o‘sish, pasayish, turg‘unlik davrlari bor, ular mahalliy omillar ta’siridan ham kelib chiqadi. Evropa mintaqasi kognitiv turizmning asosiy xalqaro markazi bo‘lib qolmoqda. Ammo, SHarqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasida yosh sayyohlik sanoatining o‘sish sur’atlari yuqori bo‘lganligi sababli, turizm nuqtai nazaridan eski turizm makoni bo‘lgan Evropa va Amerika mintaqalari ulushining barqaror pasayishi boshqa makrohududlarga qaraganda juda kam darajada bo‘lsa ham kuzatilmoqda. Lekin, xalqaro turizmdagi bunday o‘zgarishlarga qaramasdan Evropa va Amerika hali ham jahon sayyohlik bozorining 3/4 qismini o‘zida jamlagan. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling