1-мавзу: “глобал иқтисодий ривожланиш” фанининг предмети ва услубиёти ҳамда вазифалари


Download 1.03 Mb.
bet56/72
Sana15.10.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1704344
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   72
Bog'liq
Глобал иктисодий ривожланиш маъруза матни

BMTJSTning tarkibi. Jahon turistik tashkilotining asosiy organlari: Bosh Assambleya, ijroiya qo‘mitasi va kotibiyat hisoblanadi. SHo‘ba organlari - hududiy komissiyalar va ixtisoslashtirilgan komissiyalaridir. Hamkorlik a’zolari BMTJST biznes kengashi, ta’lim kengashi va turistik markazlarini boshqarish uchun operatsion guruhlar hisoblanadi.
Bosh Assambleya jahon sayyohlik tashkilotining oliy organi bo‘lib hisoblanadi. Har ikki yilda bir marta chaqiriladigan majlisning har bir sessiyasida tashkilot byudjeti, uning ish dasturi hamda turizm sohasidagi dolzarb muammolarni muhokama qiladi. Navbatdan tashqari sessiyalar ijroiya qo‘mitasi yoki to‘liq a’zolarning ko‘pchiligi iltimosiga ko‘ra o‘tkazilishi mumkin. Har to‘rt yilda Bosh Assambleya tashkiloti bosh kotibini saylaydi. Amaliy va u bilan bog‘liq bo‘lgan a’zolar esa tayinlanadi.
Tashkilotning tuzilishi. Hamkorlik a’zolari va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari Bosh Assambleya ishida kuzatuvchi sifatida ishtirok etib hamkorlik a’zolari uch nafar kuzatuvchini nomzod qilib ko‘rsatishi mumkin.
Majlis quyidagi masalalarni muhokama qiladi:

  • Ijroiya qo‘mitasi tavsiyasiga ko‘ra tashkilot Bosh kotibini tayinlash;

  • Kengash a’zolarini saylash;

  • tashkilotning byudjetini tasdiqlash;

  • faoliyatning umumiy sohalarini aniqlash;

  • tashkilot faoliyatini, birinchi navbatda, moliyaviy va hokazolarni nazorat qilish.

Ijroiya qo‘mitasi tashkilotning belgilangan byudjetga muvofiq o‘z dasturini amalga oshirishi uchun mas’ul BMTJST boshqaruv organi hisoblanadi. Ijroiya Kengashi bir yilda ikki marta uchrashadi. Bu organ Bosh Assambleya tomonidan har besh to‘liq a’zoga Kengashda bir o‘rin miqdorida saylanadigan 29 ta a’zodan iborat. Kengash a’zolarini saylashda ular adolatli va teng geografik taqsimotga intiladilar. Kengash a’zolarining vakolat muddati to‘rt yil. Kengashning yarmi ikki yillik muddatga saylanadi. Ispaniya, BMTJST shtab mezbon mamlakat sifatida, Ijroiya Kengashida bir doimiy o‘ringa ega. Kengash ishida sherik va hamkor a’zolari kuzatuvchi sifatida ishtirok etadilar.
Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Bosh Assambleya tomonidan qabul qilingan barcha qaror va tavsiyalar ijrosini ta’minlash;

  • bajarilgan ishlar bo‘yicha Bosh Assambleyaga hisobot berish;

  • tashkilot faoliyati bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish va boshqalar.

Kotibiyat Madrid shahrida joylashgan bo‘lib uning shtab kvartirasida 90
nafar xodim ishlaydi. Kotibiyat xodimlari BMTJST ning dasturlarini amalga oshirish uchun belgilangan vazifalarni amalga oshirib boradilar.
Ijrochi direktor Ispaniya hukumati tomonidan moliyalashtirilib tashkilot faoliyatini Madrid qarorgohida boshqaradi. Bundan tashqari kotibiyat YAponiyaning Osaka shahrida va O‘zbekistonning Samarqand shahrida mintaqaviy ko‘llab quvvatlash byurosini ham o‘z ichiga oladi.
Hozirgi kunda BMTJST ning Bosh kotibi Zurab Pololikashvili bo‘lib bu tashkilot o‘z ichiga 158 ta davlatlarni, 6 ta mintaqani va 500 dan ziyod kuzatuvchi korxona va tashkilotlarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Bosh Assambleyaning har 4 yilda bosh kotib saylanadi. O‘z navbatida tashkilot faoliyati, ma’muriy hisob-kitoblar, ijrochi ish loyixalari, byudjet ijrosi va boshqalar bilan bog‘liq yuqori organlarga qilingan ishlar bo‘yicha barcha hisobotlarni taqdim etadi.
BMTJST ning yordamchi organlari a’zolar tomonidan maxsus tavsiyalar ishlab chiqish uchun tashkil etiladi. Bular birinchi navbatda dastur qo‘mitasi, statistika va turizm makro-iqtisodiy tahlil qo‘mitasi, byudjet va moliya qo‘mitasi, bozor tadqiqot va rag‘batlantirish qo‘mitasi, turizm, barqaror turizmni rivojlantirish qo‘mitasi, sifatni ta’minlash qo‘mitalaridan iboratdir. Bu btlan birga alohida ta’lim qo‘mitasi, biznes kengashi va jahon turizm ahloqiy qo‘mitasi ham faoliyat yuritadi.
BMTJST da rasmiy tillar: ingliz, fransuz, rus, arab va ispan tillari bo‘lib, nashrlar asosan ingliz va ispan tillarida chop etiladi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling