1-мавзу: “глобал иқтисодий ривожланиш” фанининг предмети ва услубиёти ҳамда вазифалари
Download 1.03 Mb.
|
Глобал иктисодий ривожланиш маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- BMTJST va boshqa tashkilotlar hamda uning istiqbollari va muammolari.
Mamlakatlar bo„yicha dasturlar. Jahon sayyohlik tashkilotining asosiy vazifalaridan biri har bir mamlakatda uning rivojlanish darajasiga qarab turizmni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqib va uni tavsiya etish asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan.
Jahon turistik tashkilotining yana bir asosiy vazifalaridan biri jahondagi turizm sohasidagi ilg‘or tajribalarni keng o‘rgangan holda jahon miqyosida turizmni rivojlantirish strategisini ishlab chiqish, kadrlar tayyorlash, marketing va turizm loyihalarini tayyorlash, statistik ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va tarqatish bo‘yicha treninglar o‘tqazish, fikr almashish, faoliyatni yuritishni soddalashtirish kabilarni rivojlantirish orqali turizm sohasini rivojlantirishni o‘z ichiga qamrab oladi. Jahon sayyohlik tashkilotining mintaqaviy vakillari har bir mintaqadagi xususiyatdan kelib chiqgan holda milliy va mintaqaviy turizmda rivojlantirish bo‘yicha seminarlar tashkil etish, tajriba almashish va qo‘shimcha muammolarni aniqlash hamda ilg‘or tajribani keng yoyish maqsadida mintaqaviy konferensiyalar o‘tkazishni nazarda tutadi. Jaxon sayyohlik tashkiloti mintaqaviy rivojlanish loyihalarini amalga oshirishda BMTning ta’lim, ilmiy va madaniy tashkiloti (YUNESKO) bilan hamkorlikda “Ipak yo‘li” va “Qul yo‘li” kabilardir. Marko Polo bosib o‘tgan “Ipak yo‘li” loyihasini 1994-yilda ishga tushirilishi qadimiy yo‘nalishlardan biri bo‘lib, u turizmni rivojlantirishga qaratilgandir. Ipak yo‘li Osiyodan Evropaga 12 ming km ga cho‘zilgan bo‘lib, u o‘z ichiga 22 mamlakatni o‘z ichiga qamrab oladi. Ushbu loyihani targ‘ib qilish bo‘yicha qo‘shimcha tadbirlar, seminarlar, broshyuralar va videolar ishlab chiqilib, turizm targ‘ibot qilinmoqda. BMT tomonidan e’lon qilingan xalqaro bag‘rikenglik yili doirasida 1995 yilda ishga tushirilgan “Qullar yo‘li” loyihasi G‘arbiy Afrika mamlakatlarida turizmni rivojlantirishni rag‘batlantirishga qaratilgan. Uning bevosita vazifalari yodgorliklarni tiklash, tarixiy muzeylarni boyitish va xorijiy sayyohlarga ushbu mamlakatlar tarixi bilan tanishish imkonini beruvchi ayrim mamlakatlarda reklama kampaniyalarini tashkil etishdir. 1980 yildan boshlab jahon sayyohlik tashkiloti a’zolari har yili 27 sentabr kuni jahon sayyohlik kunini nishonlab kelmoqda. "Bayram" tadbirlariga paradlar, kontsertlar, sayyohlik yarmarkalari, seminarlar, gala-tantanalar, raqs partiyalari va bepul muzey tashriflari, shuningdek jamoatchilik e’tiborini tortadigan boshqa tadbirlar kiradi. BMTJST va boshqa tashkilotlar hamda uning istiqbollari va muammolari. BMTJST turizmni kelajakda rivojlantirish maqsadida xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirib bormoqda. Turizmga oid materiallar nashr etilib tashkilot a’zolariga tarqatiladi, sotiladi va tushimlar esa byudjetga olinadi. Oxirgi yillarda maxsus turistik katalog, har bir mamlakatning iqtisodiy, huquqiy va boshqa jihatlar bo‘yicha tadqiqot to‘plamlari chop etiladi. Turizm sohasidagi axborot texnologiyalari bo‘yicha strategik maslahat kengashi mavjud bo‘lib, u sayyohlik markazlari xususiy biznes va ilmiy tadqiqot tashkilotlari vakillaridan iborat kichik guruhlarni birlashtiradi. BMTJST ning ustaviga muvofiq u o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish uchun tegishli organlar va uning ixtisoslashgan idoralari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yib rivojlantiradi. BMTJST o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan o‘zgacha yo‘l tutadi. YA’ni BMTning taraqqiyt dasturi loyihasi bilan hamkorlik qilib, moliyaviy yordam va imkoniyatlarga ega bo‘lib qo‘shimcha loyihalarni bajarish imkoniyatga ega bo‘ladi. Ushbu tashkilot xalqaro fuqaro avatsiya tashkiloti, xalqaro dengiz tashkiloti, xalqaro mehnat tashkiloti, jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, yunesko, xalqaro qishloq tashkiloti kabilar bilan faol hamkorlik qiladi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling