1-мавзу: “глобал иқтисодий ривожланиш” фанининг предмети ва услубиёти ҳамда вазифалари


Download 1.03 Mb.
bet52/72
Sana15.10.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1704344
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   72
Bog'liq
Глобал иктисодий ривожланиш маъруза матни

Valyutani tartibga solish. Importni cheklash uchun tarifsiz kuchli to‘siq sifatida u yoki boshqa mamlakat tomonidan valyutani tartibga solishdan foydalaniladi deb hisoblaydi. BJST, O‘zbekistonda hozir mavjud valyutani tartibga solish tizimi, BJST ekspertlari nuqtai nazarida, import qilinadigan tovarlar turi va hajmini qisqartirishga yo‘naltirilgan. Bu shundan dalolat beradiki, BJST quyidagi notarif to‘siqlarni bartaraf qilish to‘g‘risida masala qo‘yadi: valyutani almashtirish sohasidagi cheklov, import shartnomalarini majburiy ekspertizasiga talablar, xususiy banklar xisob raqamlaridagi puldan foydalanishga cheklovlar va b.q. SHu bilan birga bu cheklovlarni oson hisoblanadigan va “Tiniq” tarif to‘lovlari stavkalari bilan almashtirish, chunki ular kelishuvlarga binoan o‘zgarishi mumkin. SHunday qilib, hozir amaldagi sozlash tizimi o‘rniga O‘zbekistondan bojxona to‘lovlari stavkasi tizimini ishlab chiqish va joriy etish talab etiladi. Bu tizim talabga zid bo‘lgan importga yuqori tariflar, eksportga esa pasaytirilgan stavkalar o‘rnatilib, bu respublika iqtisodining rivojlanishi nuqtai nazaridan eng qulaydir.
CHet el tajribalarini tahlil etish O‘zbekiston uchun quyidagi xulosalarga olib

  • BJSTga a’zo bo‘lgan boshqa mamlakatlar bilan o‘ziga muvofiq rejimda mamlakat statusini olish;

  • R
    keldi:
    ivojlangan mamlakatlarni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, charm, engil sanoat buyumlari, kimyo va metallurgiya sanoat mahsulotlariga nisbatan tarif va notarif to‘siqlarni bartaraf etish natijasida tashqi bozorga bo‘lgan imkoniyatlarni kengaytirish;

  • Savdo munosabatlaridagi diskriminatsiyani bartaraf etish, o‘zbek eksportini chetga chiqish qiziqishini har tomonlama himoya qilish, chetga eksport uchun kafolatlangan rejimni tashkil etish;

  • CHet el investorlarining ishonchini mustahkamlab, iqtisodiyotga investitsiyalar kirishini oshirish, xalqaro kapital bozorida O‘zbekiston yo‘nalishini jadallashtirish;

  • BJSTga a’zo mamlakatlar chegarasida erkin tranzit huquqidan foydalanish;

  • BJST qarorlarida nazarda tutilgan savdo ittifoqlari bilan yuzaga kelgan turli munozarali ishlarni turli mexanizmlar yordamida hal etish;

  • BJSTga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi tashqi iqtisodiy siyosat, savda masalalarida operativ axborotlarga ochiq imkoniyatdan foydalanib maslahatlar berish;

  • Davlatni fiskal daromadini oshirish-eksport, import, mahalliy va chet el investitsiyalarini hajmini o‘stirish natijasidir;

  • Import hom-ashyosi ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan yarimfabrikantlar, texnik ishlab chiqarishga mo‘ljallangan komplektlangan va tayyor buyumlar uchun mahalliy ishlab chiqaruvchilarda ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish;

  • SHu bilan birga chet el tajribasi asosida shuni aytish mumkinki, O‘zbekiston BJSTga a’zo bo‘lib kirgach, o‘zida ba’zi nomuvofiqliklarni kechirishi mumkin, bularga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • Iqtisodiy xavfsizlikka tahdidning o‘sishi, ba’zi sektorlarni rivojlanishdagi nobarqarorlik milliy iqtisoddagi ochiqlik darajasi sifatida;

  • Jahon bozoridagi narxlar tebranishi tufayli respublika to‘lov balansining yomonlanishi, mamlakat iqtisodini tashqi shok va xavflarga moyilligining o‘sishi;

  • Bojxona tarif va bojlarining kamayishi natijasida dastlabki davrda davlat byudjetining daromad qismining kamayishi;

  • Mamlakat ichida ishlab chiqarilgan tovarga nisbatan arzonroq tovarlarning import qilinishi natijasida ba’zi tarmoqlarda raqobatbordoshlikning kamayishi mumkinligi;

  • Iqtisodning strategik muhim tarmoqlarini himoyasini manzilli qilishda hokimiyat imkoniyatlarinig kamayishi;

  • Milliy iqtisodning muhim sohalarini boshqarishga chet el firmalari va TMK aralashuvi imkoniyatlarining o‘sishi;

  • Ichki bozorda narxlarning o‘zgarmas saqlash, tabiiy monopoliya tariflari, texnik norma va standartlar, davlat sotib olish shartlarini saqlash mumkin emasligi.

Umuman olganda BJSTga O‘zbekiston a’zo bo‘lishi natijasida yuzaga keladigan potentsial samara bu qisqa muddatli davrda mahsulot eksportini j ahon bozorida yuz beradigan to‘siq va chegaralanishlardan himoya qilish shartlarini yaxshilashdan iborat bo‘ladi. Uzoq muddatli davrda esa mehnat unumdorligini oshirib, ichki va jahon bozorida xarajatlarni kamaytirish asosida korxonada ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini oshirishdan iborat. Bu holatlar tuzilmaviy o‘zgarishlar jarayonini jadallashtirib eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiy tizimni shakllantirishga, chet el investitsiyalarini o‘stirishga, jahon xo‘jaligi aloqalarida qatnashishga imkon yaratadi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling