Asos bu - fikr, g‘oya, maqsaddir. Usul esa - eng umumiy qonuniyatlarni bilish orqali maqsadga erishtirish yo‘lidir. Asoslar va usullar o‘zaro bog‘liqdir. Xavfsizlikni ta’minlash choralari esa bu usullar va asoslarni amaliy, tashkiliy, moddiy gavdalantirib amalga oshirishdir. Demak, asoslar, usullar, choralar xavfsizlikni ta’minlashdagi mantiqiy pag‘onalardir.
3.Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslarini vazifalari.
Xavfsizlikni ta’minlash yo‘llari. Xavfsizlikni ta’minlashni yo‘llari juda ko‘p ularni belgilariga qarab bir necha sinflarga ajratish mumkin. Masalan, yunaltiruvchi, texnik, tashkiliy va boshqaruv.
1.Yo‘naltiruvchi belgilarga - operatorni yoki kompyuterda ishlovchi xodimni, dasturlovchini faolligini, iqtidorini, ularni almashtirish, tartiblash va xavflarni yo‘qotish kiradi.
2.Texnik belgilar - blokirovka qilish, shifrlash, vakuumlash, germetiklash, masofa bilan himoyalash, mahkamlash, harakatlarni sekinlashtirishdir.
3.Tashkiliy belgilar - vaqt bilan himoyalash, axborot, zahiralash, mos kelmaslik, me’yorlash, xodimlar tanlashdir.
4.Boshqaruv belgilari esa - moslik, nazorat, qarshi aloqa, javobgarlik, rejalilik, rag‘batlantirish, samaradorlik kabi boshqarishlarni o‘z ichiga oladi.
Inson mehnat faoliyati jarayonida bo‘ladigan fazo ish joyi deyiladi (demosfera), doim mavjud yoki vaqti - vaqti bilan xavf paydo bo‘ladigan fazo esa maksosfera deyiladi.
Hayot faoliyati xafvsizligini boshqarish qoidalari qo‘yidagilardan iborat.
2-rasm. Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarning turlari.
3-rasm.Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarning o‘zaro bog‘liklik sxemasi.
1. Ob’ekt holatini tahlil qilish va baholash.
2. Boshqarish tadbirlari.
3. Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlarni tashkil etish.
4. Tashkiliy ishlarni nazorat qilish.
5. Tadbirlarni ta’sir qilishini va foydasini aniqlash.
6. Rag‘batlantirishdan iborat.
Demak, hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash fanining asosiy maqsadi va vazifalari shulardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |