1-мавзу: “Хоразмшоҳлар давлати тарихи” махсус курсининг мақсад ва вазифалари


Xorazm tarixiga oid o’rta asrlar xorij manbalarining o’rganilish tarixi


Download 0.77 Mb.
bet17/19
Sana06.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1329797
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Хоразмшолар маъруза 2017 китобча

1.2. Xorazm tarixiga oid o’rta asrlar xorij manbalarining o’rganilish tarixi.
O’tmishda O’rta Osiyoga kelgan sayyohlarning va boshqa davlatlar vakillarining o’z taassurotlari asosida yozgan asarlari mamlakatning o’sha davr tarixini o’rganishga yordam beradi.
Xorazmshohlar sulolasi Xorazm tarixining ajralmas, muhim qismi bo’lganligi sababli, ushbu mavzuga bu mintaqaga yaqin qo’shni bo’lgan mamlakatlarning bir qancha olimlari o’rganish maqsadida murojaat qilganlar. Jumladan, Rossiyalik tadqiqotchilar V.V. Bartold “Turkestan v epoxu mongolskogo nashestviya”19, “K voprosu o Chingizidax- xristianax”20, “K istorii arabskix zavoevaniy v Sredney Azii”21 asari katta ahamiyatga ega. Uning “Turkestan v epoxu mongolskogo nashestviya” asari ilk bor O’rta Osiyo tarixini manbalar asosida, ijtimoiy va maishiy sharoitlarga e’tibor berilgan holda yoritadi.
Asarning kirish qismida muallif kitobining nomi mazmuniga to’liq kelmasligini yozadi. Muallif maxsus tadqiqot uchun mo’g’ullar bosqini davri, O’rta Osiyo tarixining muhim davrini olgan. O’rta Osiyoning undan avvalgi asrlar tarixiga esa o’zining maqsadi uchun zarur bo’lgani qadar murojaat qilmoqchi edi. Biroq mavzuga oid adabiyotlar bilan tanishuv muallifga o’zigacha bo’lgan tadqiqotchilarning manbalar bo’yicha xulosalar
qilmaganliklarini ko’rsatdi. Ularsiz esa mo’g’ullar kelganda O’rta Osiyo qay ahvolda ekanligini aniqlash mushkul edi. Asar “Kirish”, To’rtta bob va ilovadan iborat. “Kirish” – bu tarixshunoslik, u arab tarixchi va jo’g’rofiyunlaridan tortib, to temuriylarning tarixchilarigacha bo’lgan tarixshunoslarning O’rta Osiyo tarixiga bag’ishlangan manbalarga bergan bahosi va tanqidiy sharhiga bag’ishlangan. V.V. Bartold monografiyasining birinchi qismida XI-XV asr tarixiy manbalari, tarjimalari va ko’chirmalarini keltiradi. Muallifning Sharq muarrixlari asarlarini to’plash bo’yicha bajargan ishlari O’rta Osiyo xalqlari tarixini o’rganish, tarixshunoslikni tiklash uchun o’ta muhim ahamiyatga egadir.
S.P.Tolstov esa “Po sledam drevnexorezmiyskoy tsivilizatsii” asarida Xorazmshohlar haqida to’xtab o’tadi. Muallifning yana bir asari “Drevniy Xorezm” asari Xorazmshohlar tarixiga arxeolog olim sifatida yondoshgan va u atoqli tarixchi V.Minorskiy ta’biri bilan aytganda, Xorazmning shon-shuhratini ko’rsatish Xorazmning buyuk tarixiy xizmatlarini ko’rsatish maqsadida bu davlatning siyosiy va ijtimoiy tarixiga doir ba’zi ma’lumotlarni bayon qilgan.
Shuningdek, A.Yu. Yakubovskiy N.Ya. Bichurin, S.E. Malov, A. Samoylovich, S. Volin va boshqa mualliflarning asarlarini ko’rsatish
mumkin.
Yuqorida nomlari tilga olingan olimlardan tashqari o’zbek olimlaridan Iso Jabborovning “Buyuk Xorazmshohlar davlati” risolasi jasur sarkarda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligiga bag’ishlab yozilgan. Bir necha ming yillar davomida o’z qudrati va tarixiy, voqealarga boyligi tarix sahifalarini to’ldirib kelgan xorazmliklarning uzoq o’tmishidan Buyuk Xorazmshohlar davrigacha rivojlanib kelgan qadimiy davlat va uning madaniyati tarixi to’g’risida hikoya qilinadi. Asar tarixiy, arxeologik, etnografik adabiyot va manbalar asosida yozilgan.
T.Saidqulov tomonidan “O’rta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligidan lavhalar” kitobi O’rta Osiyo xalqlari tarixiga oid masalalarni qadimgi davrdan to XX asrning 20-yillarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Unda O’rta Osiyoning tarixshunosligi masalasi, O’rta Osiyoda yuzaga kelgan qadimiy davlatlar, feodal munosabatlar, arablar, mo’g’ullar istilosi va xalqlarning unga qarshi kurashi, shu davrdagi madaniy taraqqiyot, musulmon uyg’onishi, so’ngra Temur va temuriylar hamda O’rta Osiyoning XVI-XIX asrlardagi tarixiy adabiyotlarini, ayniqsa, arab, fors, turk tillarida yozilgan manbalarni tahlil etish asosida bayon etilgan.
Xorazmshohlar davlatining tashkil topishi, yuksalishi va so’ngra emirilib ketishi nafaqat O’rta Osiyo, balki o’rta asr butun musulmon Sharqi tarixida muhim jarayon bo’ldi. Shu sababdan ham bu mavzuga bag’ishlangan bir qancha tadqiqotlar yaratilgan. Jumladan, chet ellik olimlardan xususan, tarkiyalik olimlardan Ibrohim Qofas o’g’lining “Xorazmshohlar davlati tarixi” (485-618G’1092-1221) kitobida 1092-1221 yillar davomida Xorazmshohlar davlatida sodir bo’lgan ijtimoiy-siyosiy va harbiy voqealarni batafsil bayon qiladi.
“Islom Entsiklopediyasi”ning Turkiya nashridagi Fuod Ko’prulu tomonidan tayyorlangan Xorazmshohlar bo’limi ham o’zining to’liqligi bilan ajralib turadi.
Nafi’ Tavfiq al-Ubidning 1978 yili Bog’dodda nashr qilingan dissertatsiyasida ham Xorazmshohlar davlatiga oid qiziqarli ma’lumotlar jamlangan.
Ushbu mavzuga bag’ishlangan tadqiqotlardan yana biri bu – Z.M. Buniyatovning “Anushtagin – Xorazmshohlar davlati” (1097-1231) asaridir. Kitob Markaziy Osiyo xalqlarining 140 yillik davrini qamrab oladi. Movarounnahrda vujudga kelib, Buyuk saljuqiylar davlatini va Bog’dod xalifaligini larzaga solgan, bosqinchi qoraxitoylar davlatini tor-mor keltirgan, so’nggi g’aznaviylarni ham o’ziga bo’ysundirgan, markazi Xorazm bo’lgan qudratli davlatimiz tarixi siyosiy-iqtisodiy tuzumi, yuksak madaniyati bu kitobda ishonchli asl manbalar asosida yoritib beriladi.
Xorazmshohlar – Anushtaginiylar sulolasining so’nggi vakili, buyuk sarkarda va davlat arbobi Jaloliddin Manguberdi shaxsiyatiga va uning hukmronlik davri jahon olimlarining e’tiborini alohida jalb etib kelgan. Turli mamlakatlarda yaratilgan bu davr haqidagi asarlar esa fikrimizning yaqqol isbotidir.
1971 yili Rimda J.A. Boylning “Isfaxonning mo’g’ullar tarafidan bo’ysundirilishi” nomli asari e’lon qilindi. Ushbu muallifning boshqa bir “Jaloliddin Xorazmshoh Hindistonda”36 maqolasi Jaloliddin Manguberdining Hindistondagi faoliyatiga bag’ishlanadi.
J.A. Boylning tahriri ostida nashr qilingan Eronning Kembridjda tayyorlangan “The Cambridge History of Iran” kitobining saljuqiylar va mo’g’ullar davriga bag’ishlangan bo’limida Xorazmshohlar davlatiga katta o’rin berilgan.
Ingliz tilida nashr etilgan asarlar orasida ham mazkur mavzuga oid ma’lumotlar talaygina. Jumladan, kapitan Liddel Xartning “Captaing Unveiled (Chap I on Chengiz khan and Sabutai)” asari ko’pchilik mutaxassislarga yaxshi tanish. Muallif o’z asarida Movarounnahrning mo’g’ullar tomonidan zabt etilishi masalasiga alohida to’xtaladi.
Yana bir ingliz olimi K.K. Valkerning muayyan hajmda qayta yozilgan “Chingizxon” deb nomlangan kitobi chop etilgan.
Nomlari yuqorida tilgan olingan mualliflarning asarlari keyinchalik shu mavzuda tadqiqot olib borganlar uchun manbalardan biri sifatida xizmat qildi.
XX asr ingliz adabiyotlari orasida ingliz tiliga o’girishlar frantsuz muallifi Rene Kraussetning “Dasht imperiyasi. Markaziy Osiyo tarixi” asari alohida o’rin tutadi. Kitobda mo’g’ullar bilan bog’liq voqealar, Jaloliddinning ularga qarshi kurashi alohida bob sifatida berilgan. Kraussetning qayd etishicha, u asosan, Jaloliddin Manguberdi haqidagi asosiy manbalardan biri bo’lgan Nasaviyning asaridan foydalangan. U kitobida asarlardan iqtiboslar keltiradi va aytarli yangi ma’lumot bermaydi.
Navbatdagi adabiyotimiz Desmond Martinning qalamiga mansub “Chingizxonning paydo bo’lishi va uning Shimoliy Xitoyni zabt etishi” asaridir. Shuni ta’kidlash joizki, kitobning ilova qismida berilgan “Movarounnahrning mo’g’ullar tomonidan zabt etilishi”ni hisobga olmaganda, asarning o’zida Xorazmshohlar, xususan, Chingizxonning hayot yo’li va uning faoliyatini yoritganda muallif deyarli butun asar davomida Jaloliddin yoki Xorazmshohlarni tez-tez tilga oladi.
Oven Lattimorening qayd etishicha, muallif Xitoy va mo’g’ul manbalaridan foydalangan. Asar so’ngida xitoy, yapon va mo’g’ul adabiyotlari ro’yxati berilgan.
Hindistonlik Raxula Maxapanditaning “Markaziy Osiyo tarixi. Bronza asridan (mil. av. 2900) Chingizxon davrigacha (milodiy 1229 y.)” kitobi dastlab hind tilida yozilgan bo’lib, u ingliz tiliga tarjima qilingan edi. Kitob 27 bobdan iborat bo’lib, uning 26 va 27-boblari Xorazmshohlar va xususan, Jaloliddinga bag’ishlangan. Kitobda Xorazmshohlar va Hindiston hukmdorlarining qiyosiy diagrammasi ham berilgan. Muallif asarida Xorazmning ma’muriy boshqaruvi, Chingiz bilan Xorazmshohlar o’rtasidagi nizo, Jaloliddinning qochishi, uning Parvondagi muvaffaqiyati, uning o’ldirilishi kabilarni alohida mavzu sifatida yoritib bergan.
Jaloliddin Manguberdi haqida ma’lumotlar olish mumkin bo’lgan asarlarning yana biri Edgar Knoblichning “Oksus ortida. Markaziy Osiyoning arxeologiyasi, san’ati, arxitekturasi” asaridir. Kitobda muallif Krausset va boshqalarning asarlaridan iqtibos keltiradi. Edgar Knoblichning mazkur asarida tilga olingan voqealar mahalliy adabiyotlardagi fikrlarga mos keladi.
Xorijda nashr etilgan adabiyotlar orasidan “Mo’g’ullar dunyoviy imperiyasi. 1206-1370” kitobini alohida tilga olish kerak. Kitobda chet elda chop etiladigan turli jurnal va gazeta sahifalarida bosilgan maqolalar jamlangan. To’plamdan joy olgan maqolalar orasida “Historians of the Meddle East” jurnalida 1962 yilda chop etilgan “Juvayniy va Rashididdin asarlari mo’g’ullar tarixi manbalari sifatida” maqolasi ham qiziqarli bo’lib, unda bir qancha xorijlik mualliflarning asarlari tahlil etilib, quyidagicha yoziladi: “D ,Ossonning mo’g’ullar tarixi bo’yicha yozgan asarida ... bu ikki ma’murlar (Juvayniy va Rashididdin haqida so’z barmoqda – S.S.)ning taassurotlari umuman bir-biriga mos bo’lmaganligi uchun ularning asaridan iqtiboslar keltiriladi, ularning qaysi biriga ishonish kerakligi aniqlanmagan. Bu noaniqlik Krausset asarida ham davom etib, u Juvayniyni ham Rashididdinni ham qayd etadi va bunga Desmond Martin ham qo’shiladi”. Bu erda ikki tarixchi o’zlarining ma’lumotlarini bir- biriga qarama-qarshi manbalardan olgan degan mazmun kelib chiqadi. Bu holda Rashididdinning manbasi yaxshi ma’lum va buni uning o’zi ham aniq
qayd etgan. Bu doimo sodiq, yoshi ulug’ amirlarning qo’llarida ehtiyot qilib saqlangan xonning qimmatli buyumi “Oltin daftar” (Altin Debter – Golden book)” edi. Rashididdin mo’g’ullarning muqaddas hisoblangan bu rasmiy solnomasidan bevosita foydalana olmagan, unga Bulat Chingsang tomonidan og’zaki tushuntirib berilgan. (Bulat Chingsang – elchi bo’lib, u Chingizxonning Eron saroyidagi vakili edi. “Oltin daftar”ning mo’g’ulcha
asl nusxasi bizgacha etib kelmagan, ammo uning xitoycha tarjimasi 1285 yildan oldinroq yozilgan.
Turkiyalik taniqli olim Oydin Tonariy qalamiga mansub “Jaloliddin Xorazmshoh va uning davri” asari ko’pgina asl manbalar, jumladan, arabiy, forsiy, gurji va armani qo’lyozmalari asosida yaratilgan.
Ushbu kitobda bayon etilgan ko’pgina voqea-hodisalar, tarixiy jarayonlar, o’sha zamondagi davlat, armiya va adliya tashkilotlari, turli mansabdorlar, marosimlar to’g’risidagi ma’lumotlar yangilik bo’lishi shubhasiz.
G. Brokkelmanning “Islom millatlari tarixi”6 kabi asarlar ham qimmatli ma’lumotlarga boydir va boshqalarning asarlari va ilmiy tadqiqotlari (jumladan, H.Muhamedov)dagi fikrlari Xorazm davlatchilik tarixini ilmiy tahlil etishda asoslanildi.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling