1-мавзу: “Хоразмшоҳлар давлати тарихи” махсус курсининг мақсад ва вазифалари
-mavzu: Xorazmshohlar davlatining zavol topishi
Download 0.77 Mb.
|
Хоразмшолар маъруза 2017 китобча
- Bu sahifa navigatsiya:
- Мo’g’ullаr tоmоnidаn Моvаrоunnаhrning bоsib оlinishi orazmshohlar hudud va harbiy jihatdan ulkan davlat bo’lishiga qaramay, siyosiy jihatdan zaif
- Jаlоliddin Маngubеrdining mo’g’ullаrgа qаrshi kurаshi
- Vаtаndаn kеtgаn хоrаzmliklаr tаqdiri
6-mavzu: Xorazmshohlar davlatining zavol topishi
Reja: Mo’g’ullar tomonidan Movarounnahrning istilo qilinishi Jaloliddin Manguberdining mo’g’ullarga qarshi kurashi Vatandan ketgan xorazmliklar taqdiri X Мo’g’ullаr tоmоnidаn Моvаrоunnаhrning bоsib оlinishi orazmshohlar hudud va harbiy jihatdan ulkan davlat bo’lishiga qaramay, siyosiy jihatdan zaif edi. Buning bir necha sabablari bor edi. Birinchidan, Xorazmshoh Alouddin Muhammadning hokimiyati mutlaq emas edi. Uning onasi Turkon xotun o’zining qudratli qipchoq qabilasi amirlariga tayangan holda, davlat ishlariga aralashar, hatto o’g’lining farmonlarini bekor qilish darajasiga yetib borar edi. Ikkinchidan, Xorazmshohlar davlatida turli turkiy qabilalar o’rtasida davlatni boshqarishda yetakchi mavqega ega bo’lish uchun zimdan kurash ketardi. Bu kurashda Turkon xotunning qo’llab-quvvatlashi tufayli qipchoqlarning qo’li baland keldi. Qipchoqlar davlat boshqaruvi va qo’shinda yetakchi rol o’ynar edilar. Hatto xorazmshoh Alouddin Muhammad ham ulardan qo’rqar va ularning ra’yiga qarshi borolmas edi. Uchinchidan, Xorazmshoh bosib olgan hududlarida bu yerdagi oldingi hukmdorlarni asir etib, keyin qatl etib yubordi. Xorazmliklar bo’ysundirilgan mamlakat va viloyatlarda o’zlarini haqiqiy bosqinchilar sifatida namoyon etdilar, xalqqa jabr-zulm o’tkazdilar. Natijada xalq ommasi eng qiyin paytlarda, ya’ni mo’g’ullar istilosi davrida davlatni qo’llab-quvvatlamadi. Xorazmshohlar davlatining ahvolini og’irlashuviga Alouddin Muhammadning tashqi siyosatda ham yo’l qo’ygan xatoliklari sabab bo’ldi. Sharqdan davlat uchun juda katta xavf-xatar paydo bo’lgan bir paytda u qo’shni davlatlar bilan munosabatlarni yaxshilashi, ular bilan ittifoq tuzishi zarur edi. Ammo xorazmshoh bunday qilmadi, aksincha, Sharqiy Turkiston hukmdori Qushluxon hamda Bag’dod xalifasi an-Nosir bilan do’stona munosabatda bo’lmadi. Alouddin Muhammadning Bag’dodga qilgan muvaffaqiyatsiz yurishdan so’ng (1217) xalifa an-Nosir Chingizxonga maktub yo’llab, uni Xorazmshohlar davlatiga yurish qilishga undadi. Xitoyning poytaxti Pekinni bosib olgan Chingizxon dastlab Xorazmshohlar davlati bilan elchilik aloqalarini yo’lga qo’yib, tinch-totuv yashash va ikki tomonlama savdo aloqalarini rivojlantirish istagini bildirdi. Ammo ayni paytda u elchi va savdogarlar, ayg’oqchilar orqali Xorazmshohlar davlati haqida ma’lumotlar to’plab bordi. 1218 yilning bahorida Buxoroga Mahmud Yalavoch boshchiligidagi Chingizxon elchilari va savdo karvoni yetib keldi. Chingizxonning xorazmshohga yuborgan maktubida quyidagi so’zlar bor edi: “Sen bilan totuvlikni saqlashni men o’zimning vazifalarimdan biri deb bilaman. Sen mening uchun eng aziz o’g’limdeksan. ... Agar sen ikkala taraf savdogarlariga yo’l ochish mumkin deb topsang, bu hamma uchun va umumiy manfaat uchun foydali bo’lardi”. Ushbu parchada Chingizxon xorazmshohni “o’g’limdeksan” deb ataydi. Bu esa sharq diplomatiyasi tilida xorazmshohga o’zining vassali sifatida qarayotganligini bildirardi. Demak, Chingizxonning O’rta Osiyoni bosib olish niyati bo’lgan va xorazmshohni g’aflatda qoldirib, yurish boshlash uchun qulay payt poylar edi. Ko’p vaqt o’tmay Chingizxonning Xorazmshohlar davlatiga qarshi urush boshlashi uchun bahona topildi. 1218 yilning kuzida chegaradagi shahar O’trorga Chingizxon yuborgan navbatdagi savdo karvoni yetib keldi. Karvonga Umarxo’ja al-O’troriy, Jamol al-Marog’iy, Faxriddin Dizakiy va Aminuddin Hiraviylar boshchilik qilar edilar. Hammasi bo’lib savdo karvoni bilan 450 nafar musulmon savdogarlar va 100 yaqin mo’g’ul elchilari O’trorga keldilar. Elchilar har bir mo’g’ul qabilasidan 2-3 nafardan tanlab olingan bo’lib, ularga Uhuna ismli zodagon kishi boshchilik qilardi. Biroq, O’trorga kelganda Chingizxonning karvoni, savdogarlari va elchilarini O’tror noibi, xorazmshoh tog’asining o’g’li G’ayirxon Inal ushlab qoldi. Xorazmshoh nomiga yuborgan maktubida G’ayirxon elchi va savdogarlarni josuslar sifatida asir qilganligini ma’lum qildi. Xorazmshoh ularni tutqunlikda saqlashni buyurdi, ammo G’ayirxon ularning hammasini qatl etdi va karvondagi hamma narsani olib qo’ydi. Chingizxon O’trordan qochib, omon qolgan birgina savdogardan elchi va savdogarlarning taqdiridan ogoh bo’lgach, urush boshlashga qaror qildi. Uning o’g’illari va amaldorlari darhol urush boshlash tarafdori edilar, ammo Chingizxon hujumni biroz kechiktirib, Xorazmshoh huzuriga Ibn Kafroj Bug’ro boshchiligida elchilar yubordi. Xorazmshoh nomiga yuborgan maktubida u Inalni unga topshirishni talab qilib, aks holda urush boshlanishi muqarrar ekanligini ma’lum etdi. Ammo xorazmshoh Inalni Chingizxon huzuriga yuborishdan bosh tortdi, chunki qo’shin va oliy martabali amirlarning ko’pchiligi Inalning qarindoshlari edi. Shuning uchun u elchi va savdogarlar uning, ya’ni xorazmshohning buyrug’i bilan o’ldirildi, deb ma’lum qildi. Xorazmshoh ibn Kafroj Bug’roni ham o’ldirishni buyurdi. Bu hol Chingizxon sabr kosasini to’ldirgan so’nggi tomchi bo’ldi. Mo’g’ullar bosqini arafasida xorazmshoh chaqirgan harbiy kengashda atoqli davlat arbobi Shahobiddin Xevaqiy hamma qo’shinni Sirdaryo bo’yida to’plashni va uzoq yo’l bosib kelayotgan dushmanga hujum qilishni maslahat berdi. Biroq, Alouddin Muhammad harbiy kengashda mo’g’ullarga qarshi harakatning taklif etilgan barcha rejalarini rad etdi va noto’g’ri qaror qabul qildi. U barcha qo’shinni shahar va qal’alarga bo’lib tashlash hamda ularni alohida mudofaa qilish haqida ko’rsatma berdi. Mo’g’ullar birinchi zarbani 1219 yil sentyabr oyida O’trorga berdilar. Bu shaharning noibi G’ayirxon bilan Chingizxonning alohida hisob-kitobi bor edi. Shaharni Inalxon boshchiligidagi 50 ming va Qoracha hojib qo’l ostidagi 10 ming askar himoya qilar edi. Shahar yaxshi istehkomlangan edi. Chingizxon O’tror qamali uzoqqa cho’zilishini tushunib, shahar yaqinida o’g’illari Chig’atoy va O’qtoy boshchiligida qo’shinlarning bir qismini qoldirdi. Shundan so’ng lashkarining asosiy kuchlarini uch qismga bo’ldi: birini katta o’g’li Jo’chi boshchiligida O’trordan shimoldagi Jand va Barchig’likentni bo’ysundirishga yubordi, ikkinchisini Uloq nuyon va Sukstu Cherbi boshchiligida O’trordan janubdagi Banokat va Xo’jandni bosib olishga yubordi. O’zi esa o’g’li To’luy hamda Jebe va Subutoylar bilan Movarounnaharga hujum qilib, Buxoro tarafiga yurdi. O’tror qamali besh oy davom etdi. O’trorliklarning qahramonona qarshiligiga qaramay, ularning ahvoli tobora og’irlashib bordi, oziq-ovqat tanqisligi sezildi. Shu paytda Qoracha hojib Inalxonga qarshilikni to’xtatish va shaharni mo’g’ullarga topshirishini taklif etdi. Ammo Inalxon uning taklifini rad etdi. Shundan so’ng Qoracha hojib o’z askarlari bilan shaharni tashlab ketdi va mo’g’ullarga taslim bo’ldi. Uning xiyonati mo’g’ullarga So’fixona darvozasi orqali shaharga kirish imkonini berdi. Inalxon 20 ming askar bilan shahar qo’rg’oniga bekinib, yana bir oy dushmanga qarshilik ko’rsatdi. Nihoyat, qo’rg’on olingandan so’ng Inalxon va uning askarlari halok bo’ldilar. Qoracha hojib esa Chingizxon o’g’illari oldiga keltirilganda, ular o’z xojasiga xiyonat qilgan shaxs mo’g’ullarga ham sadoqat ko’rsatmasligini aytib, u va uning askarlarini qatl etishga buyurdilar. Bu paytda Sirdaryoning quyi oqimida harakat qilayotgan Jo’chi boshchiligidagi qo’shin Sig’noq shahriga yaqinlashib keldilar. Jo’chi savdogar Hoja Hasanni elchi sifatida yuborib, taslim bo’lishni taklif etdi. Ammo sig’noqliklar bu taklifni rad etdilar va Hoji Hasanni o’ldirdilar. Shundan so’ng shahar uchun 7 kun qattiq janglar bo’ldi. Mo’g’ullar shaharni olib, barcha sig’noqliklarni qirib tashladilar. Shundan keyin Jo’chi askarlari O’zgand, Barchig’likent va Ashnosni bosib oldilar. Jand shahridagi xorazmshoh noibi Qutlug’xon esa o’zining 10 ming askari bilan shaharni o’z holiga tashlab, Xorazmga qochib ketdi. Shahar mo’g’ullar tomonidan jangsiz olinib, talon-taroj etildi. Mo’g’ul askarlarining Sirdaryoning yuqori oqimida harakat qilayotgan guruhi Oloq qo’yon, Suketu Cherbi va Toqay boshchiligida Banokat shahrini uch kunlik janglardan keyin egalladilar. Aholi shahardan haydab chiqarildi. Ular orasidan usta va hunarmandlar ajratib olinib, qolganlarni boshqa shaharlarni qamal qilish ishlariga jalb qildilar. Xo’jand shahri mudofaasini jasur lashkarboshi Temur Malik boshqardi. Mo’g’ul qo’shini 20 ming askar va 50 ming hashar ishlariga haydab kelingan mahalliy aholidan iborat edi. Temur Malik bu qo’shinga qarshilik ko’rsatish befoyda ekanligini anglagan holda, mingta dovyurak yigit bilan Sirdaryo o’rtasidagi orolga o’rnashib oldi. Temur Malik 20 ta sol yasab, ularni loy surtilgan namat bilan o’ratib, sirka septirdi. Natijada ular dushmanning o’qlari va o’t yondiruvchi qurollariga bardosh beradigan bo’ldi. Har kecha u o’z askarlari bilan dushmanga hujum qilib, unga katta talofat yetkazar edi. Dushman hashar ishlariga jalb qilingan aholi yordamida sohildan orolga qarab toshdan to’g’on barpo etishga kirishdilar. Temur Malik esa orolni himoya qilishga ko’zi yetmay, o’z askarlari bilan 70 ta qayiqda Sirdaryoning quyi oqimiga qarab suzib ketdi. Mo’g’ullar sohil yoqalab harakat qilib, ikki tomondan ularga o’q uzar edilar. Banokat shahri yaqinida ular sohildan sohilgacha zanjir tortib, Temurmalikni to’xtatmoqchi bo’ldilar, ammo u zanjirni kesib tashlab, o’z yo’lida ketaverdi va Sirdaryoning quyi oqimidagi Barchig’likent shahriga yaqinlashdi. Bu yerda mo’g’ullar sohildan sohilgacha qayiqlardan ko’prik yasab, uning oldini to’sdilar. Temur Malik o’z askarlari bilan sohilga chiqishga majbur bo’ldi. Mo’g’ullar bilan janglarda uning barcha askarlari halok bo’ldi, o’zi esa omon qolib, Urganch shahriga yetib keldi. Mo’g’ul qo’shinlarining asosiy qismi Chingizxon boshchiligida O’trordan Qizilqum orqali Buxoro sari harakat qildi. Ular yo’ldagi Zarnuq shahriga yaqinlashdilar. Shaharga Chingizxon hojib Donishmandni elchi qilib yubordi va u orqali taslim bo’lishini taklif etdi. Zarnuq jangsiz taslim bo’ldi. Chingizxon bundan mamnun bo’lib, bu shaharni “Qutlug’ Baliq” (“Qutli shahar”) deb atadi. Undan keyin Nuri Buxoro shahri ham xuddi shu yo’sinda egallandi. 1220 yilning 7 fevralida Chingizxon Buxoro shahrini qamal qila boshladi. Shaharni himoya qilish amir Ixtiyoriddin Qushlu va hojib O’g’ul Inonchlar boshchiligidagi 30 ming askar zimmasiga yuklatilgan edi. Shahar devorlari yonida uch kun qattiq janglar bo’ldi. Ammo amir Tohur Qushlu va boshqa amirlar shaharni himoya qila olishga ko’zlari yetmay, mo’g’ullar qurshovini yorib o’tib, bu yerdan ketishga qaror qildilar. Ularning kutilmagan hujumidan mo’g’ullar esankirab qolib, chekinishga majbur bo’ldilar. Ammo dushmanni ta’qib etib, unga zarba berish o’rniga, xorazmshoh askarlari o’zlarining jonini saqlab qolish maqsadida qocha boshladilar. Mo’g’ullar birinchi zarbadan o’zlarini o’nglab olib, qochqinlarni ta’qib etdilar va ularning deyarli barchasini qirib tashladilar. Faqat amir Qushlu bilan kichik bir guruh qochib qutuldi, xolos. Xorazmshoh askarlari shahardan qochib ketgandan so’ng, buxoroliklar noiloj qozi Badriddinni Chingizxon huzuriga elchi qilib yubordilar va taslim bo’lishga qaror qildilar. 1220 yil 10 fevralda mo’g’ullar shaharga kirdilar. Ammo 400 nafar himoyachi shahar qo’rg’oniga bekinib, yana 12 kun qarshilik ko’rsatdilar. Bunga javoban mo’g’ullar ularning hammasini qatl etdilar. Shahar talon-taroj qilindi. Barcha erkaklar Samarqandni qamal qilishga jalb etildi, ayollarni esa mo’g’ul askarlariga bo’lib berishdi. Shundan so’ng shahar yondirildi. Buxoroni zabt etib, Chingizxon Samarqand sari yo’l oldi. Shaharni 60 ming turk, g’o’r, xalaj va xurosonlik askarlar, shuningdek 50 ming “lashkari birun”dan iborat qo’shin himoya qilardi. Ularga Turkon xotunning ukasi Tog’ayxon boshchilik qilardi. Tog’ayxon ikki marta o’z qo’shinini shahardan tashqariga olib chiqib, mo’g’ullar bilan jang qildi, lekin har gal muvaffaqiyatsizlikka uchradi va ko’p talofat berdi. Shundan so’ng Samarqand aholisi shahar qozisi va shayxulislomni Chingizxon huzuriga yuborib, omonlik tiladilar. Shahar 1220 yil 17 martda mo’g’ullar qo’liga o’tdi. Bosqinchilar barcha erkak turklarni o’ldirib (30 ming kishi), ularning xotin va mollarini mo’g’ul askarlariga bo’lib berdilar. 30 ming hunarmand asir qilib olib ketildi. Qisman shaharliklar hashar ishlariga jalb qilindi. Qolgan aholiga 200 ming dinor “jon solig’i” solindi. Xorazmshoh Muhammad esa Movarounnahrni tashlab, Xurosonga qochib ketdi. Chingizxon uni ta’qib etish va qo’lga olish uchun Jebe no’yon va Subutoy bahodir boshchiligida 20 ming saralangan askar yubordi. Xorazmshoh mo’g’ullardan qo’rqib shaharma-shahar qochib yurishga majbur bo’ldi. Uning xazinasi qisman Amudaryoni kechish paytida suvga cho’kib ketdi, qisman mo’g’ullar qo’liga tushdi. Alouddin oxir-oqibat Jurjon (Kaspiy) dengizining janubiy havzasidagi Ashur oroliga o’tib oldi. Bu yerda u qayg’u-alam va mahrumliklar tufayli betob bo’lib qoldi. O’limidan oldin u onasining tazyiqi ostida Qutbiddin O’zloqshohni valiahd deb tayinlagan qarorini bekor qildi va katta o’g’li Jaloliddinni taxta vorisi etib tayinladi. Alouddin Muhammad 1220 yil dekabr oyida vafot etdi va o’sha orolda ko’mildi. O’likni o’rash uchun hatto kafan ham topilmadi. Keyinchalik Jaloliddin otasining xokini Isfahonga, uning xotirasiga qurilgan madrasaga ko’chirishni buyurdi. Isfahon mo’g’ullar tomonidan olingandan so’ng, ular Alouddin Muhammad suyaklarini qabridan kavlab olib, yoqib yubordilar. Mamlakat poytaxti Gurganj shahrida Turkon xotun hukmronlik qilardi. Chingizxon uning huzuriga hojib Donishmandni elchi qilib yuborib, sulh tuzishni va Jayhundan janubdagi yerlarni unga berishini ma’lum qildi. Ammo vahimaga tushgan Turkon xotun Xorazmshohning xazinasi, xotin va bolalarini olib shaharni tashlab ketdi. U Mozandarondagi Ilal qal’asiga yashirindi. Mo’g’ullar bu yerga yetib kelib, 4 oy davomida qal’ani egallab oldilar. Suvsizlikdan tinka madori qurigan Turkon xotun dushmanga taslim bo’ldi. Mo’g’ullar xorazmshohning bolalarini o’ldirib, xotinlarini Chingizxonga yaqin kishilarga taqsimlab berishdi. Turkon xotun Chingizxon huzuriga, so’ngra Qoraqurumga yuborildi va xoru zorlikda 1233 yilda vafot etdi. Otasini ko’mgandan so’ng Jaloliddin o’z ukalari O’zloqshoh va Oqshoh bilan Gurganjga yetib keldi. Ammo qipchoq amirlari Jaloliddinning taxtga bo’lgan huquqini tan olmadilar. Ular Turkon xotunning ukasi Xumor Tekinni sulton deb e’lon qildilar. Uning ixtiyorida 90 ming turk askarlari bor edi. Amirlar Jaloliddinga qarshi suiqasd uyushtirdilar, ammo u bundan xabar topib, qochishga ulgurdi. Jaloliddin uch yuz askari hamda Temurmalik bilan birga Gurganjni tashlab ketishga majbur bo’ldi. Tez orada Gurganjga mo’g’ullarning ilg’or qismi yetib keldi. Dushman shaharni qamal qila boshladi. Ularning soni 100 ming kishidan ortdi. Ammo gurganjilklar shaharni matonat bilan himoya qildilar. Qamal 7 oyga cho’zilib ketdi. Bunga asosiy sabab qamalga boshchilik qilgan Chingizxon o’g’illari o’rtasidagi raqobat edi. Shunda Chingizxon butun mo’g’ul qo’shinlari va shahzodalarni kenja o’g’li O’qtoyga bo’ysundirdi. Shundan so’ng mo’g’ullar ishtiyoq bilan Gurganjga muntazam hujum qila boshladilar. Xumortegin va uning mulozimlari mo’g’ullarga taslim bo’lishga qaror qildilar. Ammo Gurganj aholisi 7 kun davomida mo’g’ullar bilan ko’cha janglari olib bordi. Shahar olingandan so’ng hunarmandlar ajratib olinib, qolgan aholi qirib tashlandi. So’ngra Amudaryo to’g’oni buzilib, shahar suvga bostirildi. Tarixiy manbalardan birida yozilishicha, Gurganj “qashqirlar makoni hamda boyo’g’li va qarg’alarning maskani”ga aylandi. J Jаlоliddin Маngubеrdining mo’g’ullаrgа qаrshi kurаshi aloliddin Gurganjni tashlab ketgach, Niso shahriga yaqinlashdi va bu yerda 700 otliqdan iborat mo’g’ul to’dasini qirib tashladi. U Nisodan Nishopurga kelib, turli viloyatlarga chopar yuborib, qo’shin to’plashga kirishdi. Ammo mo’g’ullar bunga imkoniyat bermasdan, unga hujum qildilar. Jaloliddin bu yerdan G’aznaga yo’l oldi. Qandahor yaqinida unga amakisi Amin al-Mulk 10 ming otliq turklari bilan kelib qo’shildi. Ular birgalikda Qandahorni qamal qilgan mo’g’ullarga hujum qilib, uch kunlik jangdan so’ng ularni yengdilar. 1221 yilda Jaloliddin G’aznaga yetib keldi. Sayfiddin Ig’roq, Balx hokimi A’zam Malik, afg’on ko’chmanchilari boshlig’i Muzaffar Malik va qarluq guruhlari sardori al-Hasanlar o’z qo’shinlari bilan kelib qo’shildilar. Katta kuchga ega bo’lgan Jaloliddin Valiyon qal’asini qamal qilgan mo’g’ullarni tor-mor qildi. Ushbu voqealardan xabar topgan Chingizxon Jaloliddinga qarshi Shiki Qutihu no’yon boshchiligida 45 ming askardan iborat qo’shin yubordi. Parvon dashtida bo’lgan jangda Jaloliddin ularga halokatli zarb berdi. Shiki Qutihu no’yon o’z askarlarining qoldiqlari bilan Chingizxon qarorgohiga, Tolikonga chekindi. Bu voqeadan so’ng Chingizxon katta qo’shin bilan shaxsan o’zi Jaloliddinni jazolashga qaror qildi. Xuddi shu paytda Jaloliddinning amirlari orasida Parvon jangida qo’lga kiritilgan o’ljalarni taqsimlash masalasida nizo chiqdi. Natijada xalajlar, afg’onlar va qarluqlar uni tashlab ketdilar. Pirovardida Jaloliddin qo’shini zaiflashib, ko’p sonli mo’g’ul qo’shiniga qarshi turish imkoniyatini yo’qotdi. Shu boisdan bu yerga Chingizxon qo’shinlari kelayotganligini eshitgan Jaloliddin G’aznadan sharqqa chekinishga majbur bo’ldi. Chingizxon chekinayotgan Jaloliddinga Sind daryosi bo’yida yetib oldi. Uch kunlik og’ir janglardan so’ng mo’g’ullar Jaloliddinni daryo qirg’og’iga siqib bordilar. Chingizxon Jaloliddinni tiriklayin qo’lga olishni buyurdi. Og’ir vaziyatga tushib qolgan Jaloliddin harami, ya’ni akasi, xotinlari va bolalarini suvga cho’ktirishga buyurdi, o’zini esa oti bilan daryoga otdi va narigi qirg’oqqa suzib o’tdi. Uning amirlari Qo’lbars Bahodir va Kabko’h Sa’diddin Ali boshchiligidagi 4 mingga yaqin askar ham Sind daryosining chap qirg’og’iga suzib o’tdilar. Keyinchalik Chingizxon Jaloliddin va uning askarlarini yo’q qilish uchun To’rboy Tukshin va Bola no’yonlar boshchiligida 20 ming kishilik qo’shin yubordi, biroq mo’g’ullar issiqqa chidolmay, Multondan orqaga qaytdilar. Madorsizlangan va yengilgan Jaloliddin o’zining kam sonli, och va tinkasi qurigan safdoshlari bilan Shimoliy Hindistonga, notanish yurt va g’azabnok aholi orasiga tushib qoldi. Uning ayanchli ahvolidan Shatra viloyatining ranasi (podshosi) foydalanmoqchi bo’ldi. U bir ming otliq va 5 ming piyoda askar bilan Jaloliddinga hujum qildi. Jaloliddin “o’z askarlarining jasorat va matonatini oshirib” o’zi hindlar ustiga hujum qildi va shaxsan ranani o’ldirdi. Ushbu g’alaba tufayli katta miqdorda o’ljalar qo’lga kiritilib, Jaloliddinning askarlari o’z moddiy ahvolini yaxshilab oldilar. Ushbu g’alaba tufayli Shimoliy Hindistondagi bir necha viloyat hukmdorlari Jaloliddinga tobe ekanliklarini e’tirof etdilar. Birozdan so’ng Jaloliddinning ukasi Pirshohni tashlab ketgan amirlar Sanjaqonxon, Elchi Pahlavon, Sayirja va Tekcharoq Xonkishilar o’z askarlari bilan kelib qo’shildilar. Bunday madaddan so’ng Jaloliddin dadillashib, bir necha viloyatlarni bosib oldi. Bu yerlarda o’z nomidan tangalar zarb etdi, uning nomiga xutba o’qildi. Ammo kelgindi sultonning hatti-harakatlari mahalliy hukmdorlarni unga qarshi birlashishga majbur etdi. Dehli sultoni Eltutmish va boshqa rojalar, noiblar va lashkarboshilar birlashib, Jaloliddinni tor-mor qilishga ahd qildilar. Shamsuddin Eltutmish 30 ming otliq, 100 ming piyoda askarlar va 300 ta jangovar fil bilan unga qarshi yurish boshladi. Xuddi shu payt Jaloliddinning ikkita yirik lashkarboshlari – Yazdan Pahlavon va Sunqurjiqlar Eltutmish tarafiga o’tdilar. Shu munosabat bilan Jaloliddin harbiy kengash chaqirdi. Unda, nima qilmoq kerak: Hindistonda qolishmi yoki ketishmi, degan masala muhokama qilindi. Bir toifa Hindistonda qolish va atrofdagi hokimlarni bo’ysundirib, shu yerda kuch to’plash tarafdori edilar. Ikkinchi toifa G’iyosiddin Pirshohni tashlab kelgan amirlar bo’lib, ular Iroqqa borish va uni Pirshohdan olib qo’yish kerak, deb hisoblar edilar. Jaloliddin ularning taklifini qabul qildi. Sulton Jaloliddin va uning hamrohlari Hindiston va Kirmon o’rtasidagi sahrolarni qiyinchiliklar bilan bosib o’tdilar. Katta talofatlarga uchrab, Jaloliddin to’rt ming askar bilan Kirmonga yetib keldi. Bu yerlarda hukmronlik qilgan G’iyosiddin Pirshoh o’z askarlari bilan akasiga qarshi jang qilmoqchi bo’ldi. Lekin Jaloliddin uning amirlari bilan muzokara olib borib, ularni o’z tomoniga o’tishga ko’ndirdi. G’iyosiddinning onasi ham sulton tarafiga o’tib, o’g’lini umumiy maqsad yo’lida akasiga bo’ysunishga ko’ndirdi. Jaloliddin Iroqi Ajam (hozirgi Janubi-G’arbiy Eron) va fors viloyatlaridagi mahalliy hokimlarni o’ziga bo’ysundirib, Ozarbayjonni egalladi va Gurjistonga ham zafarli yurishlar qildi. Ayni vaqtda u qo’shni davlatlar rahbarlari – Qo’niya sultoni Alouddin Qayqubod I, Damashq hokimi al-Malik al-Mu’azzam va Misr hokimi al-Malik al-Komilga maktublar yo’llab, ular bilan yaxshi qo’shnichilik munosabatlarni yo’lga qo’yishga harakat qildi. Lekin uning Bag’dod xalifasi an-Nosir bilan munosabati yaxshi emas edi, chunki Jaloliddin xalifani Xorazmshohlar davlatining dushmani deb bilardi, uning Chingizxon bilan yozishmasidan xabardor edi. Jaloliddin Eronda hukmronlik qilgan paytda ham mo’g’ullar bilan kurash olib bordi. Jumladan, 1227 yil 5 sentyabrda Isfahon yaqinida u katta mo’g’ul qo’shini yakson qildi. Bu g’alaba tufayli Jaloliddin butun Yaqin Sharq mamlakatlari hukmdorlari nazdida islom himoyachisi sifatida shuhrat qozondi. Kichik Osiyo, Suriya va Iroqdagi viloyat hokimlari u bilan ittifoq tuzishga va mo’g’ullar xurujiga birga qarshi turishga intilar edilar. Ammo Jaloliddin vaziyatga to’g’ri baho bermay, bu viloyat hukmdorlari tasarrufidagi hududlarga talonchlik yurishlar qildi. Natijada Kunyo sultoni Alouddin Qayqubod I ning tashabbusi bilan Jaloliddinga qarshi koalitsiya yuzaga keldi. Unga Damashq hokimi al-Malik as-Ashraf, Hilot hokimi Ibrohim Shirkuh, Xartabart hokimi Artuhxon, Halab hokimi Savob, Mayforiqin sultoni Shahobiddin G’oziy va Baniyos sultoni al-Aziz Usmonlar kirdilar. Xalifa al-Muntansir (1226-1242) mo’g’ullarning yangi hujumi xavfi mavjud bo’lgan sharoitda musulmon hukmdorlarining o’zaro urushlarini oldini olishga harakat qildi. Ammo xorazmshohni harbiy ittifoq tuzgan sultonlar bilan yarashtirib bo’lmadi. Xorazmshoh Jaloliddin bilan ittifoqdosh qo’shinlar o’rtasidagi asosiy jang 1230 yilning 10 avgustida ro’y berdi. Bu jangda Jaloliddin mag’lubiyatga uchrab, Hilot tomonga qochdi. Jaloliddinning bu mag’lubiyatini eshitgan usmoniylarning doiysi Alouddin Muhammad III mo’g’ullarga xat yozib, ularni xorazmshohga qarshi yurish qilishga undadi. Mo’g’ullar Jaloliddinga qarshi yurish boshlab, 1230G’31 yillarda Ozarbayjonni bosib oldilar. Nochor qolgan Jaloliddin yaqindagina uni mag’lubiyatga uchratgan ittifoqchi davlatlar hukmdorlariga murojaat etib, ulardan yordam so’rashga majbur bo’ldi. Ammo hech kim unga yordam qo’lini cho’zmadi. 1231 yilning avgust oyida xorazmshoh aysh-ishrat va mastlikka berildi. Bazmlarning biridan so’ng Jaloliddin mast bo’lib, uxlab qolganda, mo’g’ullar uning o’rdasiga hujum qildilar. Jaloliddin amirlaridan biri O’rxon va uning askarlari yordamida qochishga ulgurdi. Mo’g’ullar ularning ketidan quvdilar. Shunda Jaloliddin o’ziga kelib, O’rxonga mo’g’ullarni chalg’itishni buyurdi, o’zi esa quvg’indan qutulib qolmoqchi bo’ldi. Nasaviyning yozishicha, sulton mo’g’ullar quvg’inidan birgina o’zi qochib xato qildi. Ayn qishlog’i yaqinida sultonni kurdlar tutib olib, uni taladilar. Ammo qaroqchi kurdlar boshlig’i unga yordam bermoqchi bo’lib, qishloqdagi uyiga olib keladi. U ot topib kelish uchun chiqib ketganida, nayza bilan qurollangan qo’shnisi kirib keladi va Hilot yaqinida xorazmliklar tomonidan o’ldirilgan ukasi uchun qasos olish maqsadida Jaloliddinni o’ldiradi. Bu voqea 1231 yilning avgust oyida ro’y beradi. Jaloliddinning o’limi bilan Xorazmshohlar-Anushtaginiylar davlati barham topadi. J Vаtаndаn kеtgаn хоrаzmliklаr tаqdiri aloliddin halok bo’lgandan so’ng uning ko’p sonli askarlari Yaqin Sharqning turli mamlakat va o’lkalariga tarqalib ketdilar. Bu mamlakatlarda hukmronlik qilgan podsholar va hokimlar o’z siyosiy maqsadlari yo’lida xorazmlik harbiy guruhlardan foydalandilar. Ular xorazmliklarni xizmatga olayotib, ularga iqto’ sifatida ayrim viloyat va shaharlarni, yirik yer-mulklarni ajratib berardilar. Jaloliddin o’limidan so’ng xorazmliklar Qirxon Malikni o’zlariga amir etib sayladilar. 1231 yilning avgust oyida Ko’niyo sultoni Alouddin Qayqubod I Qirxon Malik va boshqa xorazmlik amirlarga uning xizmatiga o’tishni taklif etdi. Amirlar uning taklifini qabul qildilar. Qayqubod I ularga Arzurum viloyatini tortiq etdi. Qirxonning o’zi esa iqto’ sifatida Arzinjonni oldi. Yaqin Sharqdagi qator mamlakatlarda (Misr, Suriya, Falastin) hukmronlik qilayotgan Ayyubiy hukmdorlar o’rtasidagi ziddiyatlardan foydalanib, Qo’niyo sultoni Alouddin Qayqubod I xorazmliklar yordamida ularning mulklariga hujum qildi va 1233 yilda Hilotni bosib oldi. Qayqubod I ushbu g’alabadan so’ng xorazmlik amirlarga yangi viloyatlar va tumanlarni iqto’ qilib berdi. Jumladan, amir Barakatxon Amasiyani, Qushlu Lorandni va Yo’g’on Tug’dixon Nigdani oldilar. Biroq, Qayqubod I 1237 yilda vafot etganidan so’ng saltanat taxtiga o’tirgan o’g’li Iziddin Qilich Arslon xorazmlik amirlarga shubha bilan qarab, ularni o’ziga sadoqat bilan xizmat qildirish uchun ularning amiri Qirxon Malikni qamab, garovda saqlashga qaror qildi. Qirxon Malik Zamantu qal’asida qamoqda saqlandi, ammo u bu yerda kasallanib, vafot etdi. Shundan so’ng xorazmlik amirlar ularning ham ahvoli shunday bo’lishidan xavfsirab, yer-mulklarini tashlab oila va bola-chaqalari bilan Anado’ludan chiqib ketdilar. So’ngra xorazmliklar Ayyubiylardan biri al-Malik as-Solihning xizmatiga kirdilar. U ularni Harron, Urfa, Saruj va Roqqa nohiyalarida joylashtirdi. Bundan keyingi 10 yil (1237-1246) davomida xorazmliklarning harbiy kuchlari Yaqin Sharqdagi siyosiy voqealarda muhim rol o’ynadi. Ularga amir Barakatxon ibn Davlat Malik boshchilik qildi. Uning qarorgohi Harron qal’asida edi. Xorazmliklar bilan ittifoqchilik rishtalarini mustahkamlash maqsadida Ayyubiy al-Malik as-Solih Barakatxonga o’z qarindoshlaridan bo’lgan bir qizni berdi. Ammo xorazmliklarning al-Malik as-Solih bilan munosabatlari doimo yaxshi bo’lgan emas. Al-Malik as-Solih Qohirani olib, Misr hukmdori bo’lganidan so’ng (1240) podshohsiz qolgan Suriyada xorazmliklar ko’p shahar va qal’alarga hujum qilib, talon-taroj bilan mashg’ul bo’ldilar, ko’p aholini qirdilar. Bunga javoban Suriya va Falastindagi qator Ayyubiy hokim va noiblar o’z kuchlarini birlashtirib, 1241 yil aprel oyida Frot daryosi bo’yida xorazmliklarni tor-mor etdilar. Xorazmliklarga iqto’ qilib berilgan barcha viloyat va shaharlar olib qo’yildi. Shundan so’ng xorazmliklar Suriyaning dasht qismlariga ko’chib o’tib, 1244 yilgacha ko’chmanchi tarzda yashadilar. 1244 yilda ularni Misr hokimi al-Malik as-Solih yana o’z xizmatiga da’vat etdi. As-Solih salibchilar bilan bo’lajak jangda ularning kuchidan foydalanishni rejalashtirgan edi. Ushbu rejaga binoan xorazmliklar Suriyadan Falastinga yurish qilib, 1241 yilning 11 iyunida Quddus shahrini bosib oldilar, undagi barcha xristianlarni qirdilar va cherkov hamda bu yerdagi avliyolarning qoqmurdalarini yondirdilar. Quddus qal’asidagi 6 ming ritsar (tampliyerlar va gospitalyerlar)ga shaharni tashlab chiqib ketishga ruxsat etildi. Lekin ritsarlar shahardan uzoqlashganda xorazmliklar ularga hujum qilib, deyarli barchasini qilichdan o’tkazdilar. Faqat 300 nafar ritsar omon qoldi, xolos. Al-Malik as-Solih misrlik va xorazmlik askarlar bilan Suriyada hukmronlik qilayotgan Ayyubiy qarindoshlari bilan jang qilishga qaror qildi. Suriyalik Ayyubiylar salibchilar bilan ittifoq tuzib, G’azza yaqinidagi Harbiya qishlog’iga yetib keldilar. Bu yerda bo’lib o’tgan jangla suriyaliklar va salibchilar to’liq tor-mor etildi. Bu g’alabaga xorazmliklar juda katta hissa qo’shdilar. Ushbu g’alabadan so’ng Misr hokimi G’azo, Falastin va Quddusni o’z mulklariga qo’shib oldi. So’ngra 1245 yilning 1 oktyabrida al-Malik as-Solih xorazmliklar yordami bilan Damashqni qo’lga kiritdi. Ammo u xorazmliklarga g’oliblar sifatida shaharga kirishga ruxsat bermadi. Natijada bunday munosabatni o’zlariga haqorat deb hisoblagan xorazmliklar Ayyubiylarga bo’ysunishdan bosh tortdilar.Ular Falastindagi Ayyubiylarning ayrim mulklarini egallab oldilar va Damashqqa qarab yo’l oldilar. Ammo 1246 yil may oyida Hims shahri yaqinida barcha Ayyubiylarning birlashgan qo’shini bilan bo’lib o’tgan jangda xorazmliklar mag’lubiyatga uchradilar. Jangda ularning bosh amiri Hisomiddin Barakatxon o’ldirildi. Ko’p xorazmliklar asirga olindi, qolganlari esa Suriya, Livan va Falastin bo’ylab tarqalib ketdilar. Xorazmliklarning eng so’nggi guruhi 1246 yil 1 sentyabrda Karaka yaqinda tor-mor qilindi. Shundan so’ng ularning bir qismi Misrga ketadi, yana bir qismi Qushluxon boshchligida mo’g’ullar xizmatiga o’tdilar. Hozirgi kunda ham Turkiya, Iroq, Suriya va boshqa mamlakatlarda “Hurzum” deb atalgan ko’p qishloqlar mavjud. Ushbu qishloqlarda o’sha zamonlarda bu yerlarga qolib ketgan xorazmliklarning avlodlari yashamoqdalar. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling