1-мавзу: “Хоразмшоҳлар давлати тарихи” махсус курсининг мақсад ва вазифалари


Download 0.77 Mb.
bet10/19
Sana06.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1329797
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
Хоразмшолар маъруза 2017 китобча

Hakim Ali Hijoziy atoqli shifokor va barcha ilmlar bilimdoni edi. Uning tibbiyot ilmi va amaliyotiga oid nomalari saqlanib qolgan (rasoil). U sulton Sanjarga bag’ishlab “Kitob mafoxir ul-atrok” (“Turklarning faxrli ishlari haqida kitob”) va xorazmshoh Otsizga bag’ishlab “Kitob fi-l-hikmat” (“Hikmat kitobi”) nomli asarlarini yozgan. Hakim Ali Hijoziy 90 yil umr ko’rib, 1151 yilda vafot etgan.
Bahouddin Xorogiy o’sha davrda yashagan faylasuf olimlardan biri edi. U haqida Bayhaqiy quyidagi ma’lumotlarni keltiradi: “Marv donishmandlaridan biri, astronomiya va mantiqqa oid asarlar muallifi. Xorazmshoh Otsiz 1151 yilda uni Xorazmga chaqirib oldi. Bu olimning tarixiga oid kitoblari ham bor”.
Zaynuddin Ismoil ibn Hasan tib va boshqa ilmlar sohasida dong chiqargan olim edi. Xorazmshoh Otsiz uzoq yillar davomida unga homiylik qildi. Xorazmda Zayniddin Ismoil ibn Hasan quyidagi asarlarni yozdi:

    • “At-tib al-mulukiy” (“Shohlar uchun tib kitobi”)

    • “Kitob ul-ag’roz” (“Niyatlar kitobi”)

    • “Kitob fi radd ul-falosifa” (“Faylasuflarga raddiya”)

    • “Kitob tadbir yavm va mayla” (“Kecha-kunduz tadbiri”)

    • “Vasfnoma”

Abu Muhammad Mahmud al-Xorazmiy (1099-1172) – ilohiyotchi va tarixchi olim bo’lgan. “Kofiy ul-fiqh” va “Tarixi Xorazm” nomli kitoblarni yozgan.
Abul Vafo Muhammad Axsikatiy (vaf. 1126) adib va shoir, tilshunos va tarixchi olim edi.
Faxruddin Muhammad ar-Roziy (1148-1210) xorazmshoh Takash sharafiga “Javome’ ul-ilm” (“Ilmlar to’plami”) nomli qomusiy asar yozgan.
Shamsuddin Muhammad Samarqandiy (vaf. 1204) – “Risola fi adab ul-bahs” (“Bahs odobi haqida risola”) nomli asar muallifi.
Mahmud ibn Umar al-Chag’miniy al-Xorazmiy – astronom olim. “Al-mulaxxas fi-l-hay’at” (“Astronomiyadan muxtasar kitob”) nomli asar yozgan. Asarda sayyoralarning fazo va zamondagi harakati, Quyosh va oyning tutilishi, Yer qimirlashi sabablari, kecha va kunduz tengligi, qutblar, ekvator, meridian chiziqlari to’g’risida fikr yuritiladi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling