1-мавзу: “Хоразмшоҳлар давлати тарихи” махсус курсининг мақсад ва вазифалари


Download 0.77 Mb.
bet9/19
Sana06.04.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1329797
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
Хоразмшолар маъруза 2017 китобча

Jamoliddin Muhammad Isfahoniy va uning o’g’li Kamoliddin Ismoil Isfahoniylar o’z davrining atoqli shoirlari edilar. Jamoliddin Muhammad kambag’al oiladan chiqqan bo’lib, o’z mehnatsevarligi bilan zargar, naqqosh va minatyurachi rassom bo’lib yetishdi. Jamoliddin qasida va g’azallar yozardi, ammo saroy xizmatiga kirmagan edi. Uning ayniqsa, isfahonlik Sa’d va Xo’jandiy xonadonlariga bag’ishlangan g’azallari mashhur bo’lgan. Jamoliddin Muhammad ijodi g’azalchilik ravnaqida muhim o’rin tutadi.
Kamoliddin Ismoil Isfahoniy (1172-1232) atoqli qasidago’y shoir bo’lgan. U arab va fors tillarida g’azallar bitgan. Uning 20 yoshida otasining o’limiga bag’ishlab yozgan marsiyasi mashhur bo’lgan. O’z she’rlarida go’zal ma’nolarni ochganligi bois Kamoliddin Ismoil “Xalloqi ma’noiy” (“Ma’nolar yaratuvchisi”) degan nom olgan. U xorazmshohlardan Takashga, Alouddin Muhammad, Jaloliddin Manguberdi, G’iyosuddin Pirshoh, Fors otabegi Sa’d ibn Zangiy va uning o’g’li Abu Bakrga atab qasidalar yozgan. Mo’g’ullar Isfahonni zabt etganda, bir mo’g’ul jangchisi xazina izlab shoirni o’ldiradi. So’nggi ruboyisini shoir o’z qoni bilan yozdi.
Xoja Zahiruddin Tohir ibn Muhammad Faryobiy (1160-1202) iste’dodli shoirlardan bo’lgan. U bir vaqt Nishopurda Muayyid Oy-Aboning o’g’li To’g’onshoh saroyida yashab ijod qildi. Keyinchalik Isfahonga ko’chib bordi va Xo’jandiylar xonadoniga mansub Isfahon sadrlari himoyatida ijod etdi. So’ngra shoir Mozandaron hokimi Ardasher ibn Hasan saroyidan himoyat topdi. Hokim shoirga kambag’allikdan qutulib, bemalol ijod qilish uchun sharoit yaratib berdi. Ko’p o’tmay Zahiruddin Faryobiy Tabrizga, Ozarbayjon otabegi Qizil Arslon saroyiga taklif qilinadi. Bu yerda u mashhur shoir Xoqoniy bilan tanishadi va unga ergashib qasidalar yozadi. Zahiruddin Faryobiy Tabrizda vafot etadi va Sarhobdagi Shoirlar mozorida, Xoqoniy qabri yonida dafn etiladi.
Asiriddin Axsikatiy (vaf. 1184) Xorazmshohlar zamonidagi atoqli shoir va ulamolardan biri bo’lib, “sulton ul-fuzalo” (“fozillar sultoni”) degan faxriy nomga sazovor bo’lgan. U asli Farg’ona viloyatining Axsikent shahridan edi. U haqida Davlatshoh Samarqandiy quyidagilarni yozgan edi: “Donishmand va fozil kishi ermish. Shirinsuxanlikda oliy martaba hosil qilgan edi. ...Fazl egalari Asiriddinning shoirligiga tan bergan edilar”.
Xorazmshoh El-Arslon va Takash hukmronligi davrida Buxoroda yashab ijod etgan taniqli shoirlardan biri Sayfiddin Isfarangiy edi. U ham g’azallar va qasidalar yozgan. U haqida Davlatshoh Samarqandiy quyidagilarni yozadi: “Sayfiddin tolibi ilm va ahli dil edi. Xushsuxanlikda oliy martaba topgan. Ulamo va fuzalo uning devonini Ulug’bek ko’rgan majlislarida o’qir edilar. ...Mavlono Sayfiddinning devoni 12 ming baytdan iborat”.
Xorazmshohlar davlatida yashagan va ijod etgan shoirlardan yana G’iyosuddin Jandiy, Abul Qosim al-Xorazmiy, Abu Hafz Umar al-Xorazmiy, Kamoliddin Samarqandiy, Abu Sa’id Ibrohim Xorazmiy kabi ijodkorlarning nomlarini keltirib o’tish mumkin.
X
Ilm-fаn rаvnаqi
orazmshohlar davlatida ilm-fan ham ravnaq topgan edi. O’sha zamonda yashab ijod etgan olimlaridan quyidagilarni zikr etish mumkin.


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling