1-mavzu; Huquq–shaxs va davlat munosabatlarining mustahkam asosi reja


-Mavzu; Mehnatga haq to‘lash va intizom


Download 96.1 Kb.
bet18/27
Sana07.04.2023
Hajmi96.1 Kb.
#1336979
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
Bog'liq
Huquq maruza (2)

10-Mavzu; Mehnatga haq to‘lash va intizom
Reja

  1. Mehnat haqi miqdorini belgilash

  2. Mehnat intizomi

  3. Mehnat uchun rag‘вatlantirishlar

Mehnat qonunlariga binoan bayram kunlarida ishlash qat’iyan taqiqlanadi. Biroq ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram kunlari xodimlarni ishga jalb etish zarur bo‘lgan vaziyatlar tug‘iladi: tabiiy ofat yoki ishlab chiqarish falokatining oldini olish yoki tugatish; baxtsiz hollar yoki mol-mulk yo‘qolishining oldini olish zaruriyati; korxonaning kelajak ishi uchun zarur bo‘lgan tezkor ishni bajarish, masalan, elektr uzatish liniyasining uzilishi, elektrotransformatorni almashtirish zarurati, neft quvuri yoki gaz quvurining teshilishi, yo‘ldagi o‘pirilish va hokazo. Ish haqi quyidagi hollarda ikki hissa miqdorida to‘lanadi: — ish vaqtidan tashqari; — dam olish kunlari; — bayram kunlari; — yoki boshqa dam olish kunini (otgul) berish bilan qoplanishi mumkin.


MEHNAT INTIZOMI Korxonada mehnat intizomini ta’minlashning zaruriy sharti mehnat jamoasi tasdiqlagan Ichki tartib qoidalari belgilaydigan aniq mehnat tartibini o‘rnatish hisoblanadi. Shunga binoan har bir xodim ishga tushishdan oldin o‘z huquq va majburiyatlari bilan tanishtirilishi kerak. Asosan mehnat intizomi mehnatga ongli munosabatda bo‘lish bilan asoslanadi, biroq mehnat qonun hujjatlari nopok xodimlarga nisbatan intizomiy ta’sir choralari belgilanishining zarurligini ham hisobga oladi. Intizomni buzganlik uchun ish beruvchi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli.Uni qo‘llashdan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilinishi lozim.Intizomiy jazo bevosita nojo‘ya xatti-harakat aniqlanganidan keyin, ammo bu harakat aniqlangan kundan boshlab uzog‘i bilan 1 oy ichida qo‘llanadi.Moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijalariga binoan — sodir etilgan kundan boshlab ikki yildan kechikmasligi lozim.
Intizomiy jazo berilgani to‘g‘risidagi buyruq xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasi Mehnat intizomini buzgandagi jazo turlari: — xayfsan; — jarima — o‘rtacha oylik ish haqining 30% idan ortiq bo‘lmagan miqdorda (ichki tartib qoidalariga muvofiq bundan ham katta jarima nazarda tutilishi mumkin, lekin u o‘rtacha oylik ish haqining 50% idan oshmasligi shart); — mehnat shartnomasini bekor qilish.



Download 96.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling