1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Reja


Download 398 Kb.
bet3/45
Sana09.01.2022
Hajmi398 Kb.
#268722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
Shahar 210121161844

Dars o’tish vositalari:

(Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar,mavzu yuzasidan har xil testlar, kompyuter, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug’atlar)

  • Dars o’tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol javob (mavzuni o’zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o’tkazish, erkin fikrlash va so’zlashga o’rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o’tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O’qituvchi va talabalar o’rtasida berilgansavollarni tahlil etish. Tarqatma testlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o’zlashtirgani aniqlash. Talabalarni veqyealarni tahlil etishga o’rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o’rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil berish.

  • Darsning xrono kartasi-80minut.

  • O’qituvchi dars davomida qo’yidagi ishlarni bajaradi.

  • Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati, talabalarning davomi-2 minut

  • Hafta davomida bo’lgan yangiliklar-5minut

  • Yo’qlama-5 minut

  • Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish-10 minut

  • Yangi mavzu bayoni-50 minut

  • Sinov savollari namunasi-5 minut

  • Uyga vazifa berish-3 minut

Ilk o’rta asrlar vatanimiz xududida davlatchilik jarayonlarining shakllanishida muhim bosqichlardan hisoblanadi.

Bu davrda shaharlar taraqqiyoti ko’zga tashlanib, shaharlarda ijtimoiy-siyosiy, iktisodiy va madaniyat o’ziga xos rivojlangan. Bu davrda eng yirik shaharlardan Buxoro, Samarqand, Panjakent, Xiva, Termiz va boshkalarni aytib o’tish lozim.

So’g’d.

Qashkadaryo va Zarafshon voxalari – So’g’d deb atalgan.

VIII asr voqyealarini e’tirof etgan yozma manbalar So’g’dda – Samarkanddan tashkari, Ishtixon, Robinjon, Dabusiya, Panjakent Barket (Abarket), Varagsar, Kamarja qal’asi shaharlar xususida eslatib utiladi. Bu vaktda nafakat Samarqand, balki Ishtixon (ixshidlar rezidensiyasi) va Kushaniya yirikligi jixatidan Buxorodan utib ketgan. Ulardan xam xatto Dabusiyaning 22-23 ga ega bo’lgan shahristoni bo’lgan. Buxoro voxasi singari, So’g’dda ko’pgina katta bo’lmagan viloyatlarga (knyajestva) bo’lingan bo’lib, ularning markazlari katta bo’lmagan shaharlardantashkil topgan edi. Bunday shaharlarning ba’zilari bizlarga ma’lum. Masalan: Kofir – qal’a (Narpayda), chelak, Quldor – tepa va haqazo. VIII asr So’g’d shaharlari Buxoro voxasiga nisbatan kichik bo’lmagan Al – Istaxri va Al – Muqqadasi fakat 12 ta shaharni nomini tilga olib utganlar.

X asrda bu serxosil voxada Buxoro voxasiga nisbatan kamrok shaharlar mavjud bo’lib, yangi markaz sifatida birontasi ildam siljimaydi (albatta Samarqanddan tashqari). Albatta eskilari, masalan Dabusiya singarilari birmuncha usdi, 50 dan ziyod bo’lgan rabotga, shukningdek, Robinjon xam 70 ga kam bo’lmagan rabotga ega bo’lgan.

X asrdan so’ng bu xududdagi shahar rivoji xaqida juda kam ma’lumotlar bor. Shuningdek, XI-XII asrlarda bu yerlarda yangi shaharlar paydo bo’lganligi kuzatilmaydi.


Download 398 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling