1-Mavzu. Ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo shaharlari tarixi Reja


Download 398 Kb.
bet6/45
Sana09.01.2022
Hajmi398 Kb.
#268722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
Shahar 210121161844

Toshkent.
Toshkent shahrining nomlanishi xususida to’xtalib o’tib, Xitoy manbalarida «tosh» tosh ma’nosini beruvchi «shi» nomi bilan, «chjeki yuni» «Yuyuani» kabi nomlar bilan atalgan. Milodning boshlarida oid Eron sosoniylari manbalarida shahar nomi «choch» tarzida e’tirof etiladi.

V-VIII asrlarda Toshkent – Choch, Shosh, Shoshkent kabi nomlar bilan atalib, shu nomlar bilan mavjud davlatning poytaxti xam bo’lgan.

Shaharning so’g’dcha nomi xam «tosh» ma’nosini bildiradi. «Choch» toponimii yozma shaklda ilk bor sosoniy podshoh Shopur I farmoniga ko’ra «Zardo’sht ka’basiga» bitilgan yozuvlvrda (milodiy 262) viloyat nomi sifatida uchraydi.

Shuningdek ilk urta asr tangalari, kumush idish va Fatuvarning Divashtichga yozgan xatida «choch» toponimi bor.

O’rta asr forsiy yozma manbalarida xam shahar nomi «choch» shaklida berilgan. Masalan, 983 yilda yozilgan «Xudud al-olam» nomli forsiy asarda choch katta viloyat va uning poytaxti Binkat ekanligi ta’kidlangan. Arab manbalarida «choch» toponimii «Shosh» shaklida ifodalangan.

Muxammad Jarir at Tabariyning «Kitob ar-rusul val muluk» asarida Shosh viloyati bir necha bor tilga olinadi. Abu Is’hoq Al-Istaxriyning «Kitob masolik al-mamolik» asarida shahar darvozalarining (jami-20 ta) nomlari sanab utilgan.

IX asr urtalaridan boshlab, hozirgi eski Juva, Chorsu, Xadra oraligida Yangi shahar shakllanadi va u o’sha davr yozma manbalarida «Binkat nomi bilan» qayd etiladi. X-asrning oxirida Toshkent shahri Qoraxoniylar davlati tarkibiga kiradi va u Toshkent deb atala boshlaydi. M. Qoshg’ariy «Devon lug’atit at-turk» (XI) as rva Beruniyning «Qonuni Ma’sudiy» asarlarida «Binkatning» turkiy nomlanishi «Toshkentdir» deb izohlangan.

«Boburnoma» asarida «Toshkent nomini Shosh, ba’zan Choch deb ataydilar» Eramizning VI asridan boshlab Choch shahri ko’pgina to’qnashuvlarning markazida bo’lib qoladi. 550 yilda turk hoqonligi tuzaladi, unda turklar zabt etgan Choch shahri ham kirgan. Shaharda ko’chmanchi turk kabilalarining ko’p sonli aholisi kelgan. Turk hoqonligining ag’darilgandan so’ng, Choch shahrini mahalliy hukmdarlar boshqargan.

O’rta Osiyoning shimoliy – sharqiy tumani hisoblangan, Choch, O’rta Sirdaryo dehqonlar va ko’chmanchilar aloqasida shakllangan yirik mulk hisoblangan. Uning yadrosi oazisi hisoblanadi. Yozma manbalar va moddiy tadqiqotlari shunday dalolat beradiki. Ilk o’rta asrlar davri – Chochda iqtisodiy-ijtimoiy va siysiy rivojlangan davr hisobalangan.

Eramizning I ming yil o’rtalarida Choch Eftalitlar davlati tarkibiga kirgan.

VI asrda siyosiy maydonga yangi ko’chmanchi mulk – Turk hoqonligi chiqqach Turklar tezlik bilan sharqdan O’rta Osiyoga kirib keldilar 555 Sirdaryo ikki davlat urtasidagi chegara bo’lib koladi. Hoqonlik hukmdori Istami Eftalitlar Bilan uzoq urush olib borib va nihoyat Buxoro yaqinida sakkiz kunlik jangdan so’ng, eftalitlar to’liq mag’lubiyatga uchrab, chekindilar choch – mustaqil mulk sifatida, Istalin davlatining tarkibiga kirgan. 586 yildaga o’zaro urushdar tufayli, hoqonlik ikkiga bo’linib ketadi.Choch esa G’arbiy hoqonlik tarkibiga kirib mahalliy hukmdor tomonidan boshqariladi. Hoqonlik bo’linganlikki qaramay G’arbiy va Sharqiy hoqonliklar o’rtasida o’zaro urush to’xtamadi. Bundan foydalangan Choch xukmdori 600 yilda qo’zg’alon ko’tarib, turklar hokimiyatidan ozod bo’lishga intildi. Lekin qarshiliklarga qaramay, ular yana Ashik urug’idek bo’lgan turk podshoxi qo’liga o’tdi.

618 yilda g’arb hoqonliridan biri Tonshexu kuchayib ketib o’z poytaxtini sharkdan choch mulkining shimoliy tomoniga ko’chiradi. Tonshexu kuchli, uzoq qo’ruvchi hukmdor va doimi g’alaba qozonuvchi, bir qancha yuz mingdan ziyod kamonchilarga ega bo’lgan xukmdor sanalgan.

Lekin Tonshexu davrida Yana o’zaro nizolar kelib chikib, uning vorisi uz mulklarini 10 aymoklariga bo’lishi majbur bo’ldi. Choch xam jon Iloq viloyati bo’lib ikkiga bo’linib ketadi. Bu yerlarni kuchli dexkonlari boshkargan bo’lib ular xam ba’zida bir birlari Bilan dushmanlik munosabatda bo’lganlar va fakat turk xukmdoriga buysunganlar. Bu haqida 629 yil Choch orkali utgan budda missioneri Syuan Szyan ma’lumot berib utadi.

VII asrning 40 – 50 yilliradi Choch bir muncha mustakil bo’lib oladi. Bu davrda u So’g’d boshchiligidagi O’rta Osiyo bir kancha mulklari bilan itifokiga kirdi kaysini, bu ittifok Buyuk Ipak yulidagi nazoratga karatilgan bo’lib, asosiy kuruklikdagi tarmogi- Samarkandan shimolga Choch va Fargona tomon yurardi,shimoliy tarmok- Chochdan Yettisuvning cho’l tumanlari sung Dunxuanga ketilardi. Bu yerlar turklar nazoratida bo’lib, xokonliklarga katta daromad keltirgan.

Shuning uchun Afrasiyobdagi So’g’d ixshidi Varxuman saroyidagt devoriy suratlarda Choch elchilarining tasvirlanishi bejizga emas. So’g’dning arablar bilan birga urush olib davrda chochliklarning harbiy otryadi Samarkandga yordamga keladi va arablarga karshi birgalikda bir necha marta turklar bilan ittifokda ishtirok etdi. Ma’lumki, 723-724 yillarda Choch, Fargona va Nasafliklarning birlashgan kushini arablarga kattik zarbalar bergandi. Baribir, arablar, turk hoqonligi qulagach, Chochga uz noibi yubordi, lekin bu yurt baribir mustakilligini saklab qoldi. Shundan emasmi, arablarda bir makol bor: «Chochdan o’tsang agar etagingni yukorirok kutarib ut, chunki bu shaytonlar mamlakati bo’lib xatto xukmdor xam kochadi».

VIII Chochni kuchli turk xukmdori Moxedo tudun boshkargan. Uning mustakil yuritgan siyosati xitoyliklarga yokmaydi. Natijada, maxalliy mulklarning arablarga Karshi kurashdan foydalanib, bu yerga sharkdan tezlik bilan siljib kela boshladilar. 749 yilda koreys polkovnigi Gao Syan Chji boshchiligida Xitoy armiyasi chochni egallab, poytaxtni vayron etdi. Hukmdor o’ldirildi, uning o’g’li esa arablardan yordam surab murojaat etdi. 751 yilda urta osiy – arablar birlashgan kushini talasgacha yetib borib, kup kunlik jangdan sung, xitoyliklar mag’lub etildi. Shundan sung, Choch, arab xalifaligi tarkibiga kirdi.

Shunday kilib ilk urta asrlarda Choch uzi xos viloyat xisoblanib, uning tarkibiga sharkda, shimolda va junubdek boy rudalarga ega turgan chotkoya va kurama tizma toglari va Sirdaryoning ung irmog’idagi serxosil vodiylar – Chirchik va Oxangaron kirgan.

Ilk urta asrlarda Chochda turli xil kishlok xujaligi ishlab chikarishi rivojlangan edi. Xitoy manbalarining ma’lumot berishicha, Shida bugdoy, arpa tarik yetishtirilgan. Vodiy va tog etaklarida ajoyib boglar va mul – kul yer suvlar bor edi.Choch xam Fargona bilan birgalikda, kuchli zotli otlari Bilan mashxur bo’lgan.

Haqikatan xam tadkikotlarning kursatishicha bu davrda sugurma dexkonchilikning o’sishi, umuman sug’urish tarmoqlari kengayib bordi. Birgina Chirchiq baseynida 30 dan ziyod yirik sug’orish inshootiga mo’ljallangan kanallar aniklangan.

Shuningdek, xududda usha davrga oid 250 ta kishlok va 30 dan ziyod kal’a va shaharlar ochib aniklangan.

Ilk o’rta asrlarda Choch O’rta Osiyoning yirik ruda – metallarga boy viloyatiga aylanib, asosan, rangli va kimmat metallarni kazib olish va kayta ishlash, shuningdek kisman, eruvchan temir rudasi Bilan shugullanilgan va rangli metallarni kazib oladigan Chochning janubiy viloyati Iloq hisoblangan. Bu yerda ko’krelda misni, Qizilalma va Kochbo’lokdaoltin konlari Lashkerek va Konimansurda kumush, Shavvaz Soy, Boashuchbau va Kattasoyda temir rudalarini kayta ishlash va eritish punktlari ochilgan edi.

Metalni ishlashdan tashqari, shahar xunarmandchiligida qurol – yarog’ tayyorlash aslaha, mexnat kurollari, ot abzali, sopol va shisha idishlar, jun va gazlama matolar, chorvachilik maxsulotlariniishlash yulga kuyilgan edi.

Dasht va utlok xalklar alokalari urtasidajoylashgan Choch Sibirdan, dasht yerlardan va Xitoydagi savdo munosabatlar tutashgan yirik markaz kismi undan Yana Buyuk Ipak Yo’lining asosiy tarmogi utgan edi.

Choch chetga oltin, rangli tuzlar moviy yarkirama toshlar – Firuza, Yarog – aslaxa ot abzallari, mashxur «yukori koshli egarlar», kurol – yarog’, gilam va matolar chikargan. Sharkiy Turkistondan Osiyo savdogarlari orasidagi ruyxatda uchinchi o’rinni Samarkand va Buxoro savdogarlaridan sung, Chochliklar egallagan. Savdoda boshka davlatlarning xam tangasi – Viziantiyadan Xitoyga kadar bo’lgan, lekin asosan O’rta Osiyodagi mulklar, birinchi navbatda So’g’d tangasi turgan. O’z navbatida Choch tangasi xam kushni mulklarda muomilaga kiritilgan.

Shaharlarning usish soni, ularning topografik bo’linishi, iktisodiy va ijtimoiy – siyosiy rivojlanish omillari bilan boglik edi.

Sirdaryo (Yaksart) buylaridagi yirik shahar xisoblangan «Madina chochi» 35 ga maydonga ega bo’lib, to’g’riburchakli shahriston va katta bo’lmagan sitadeldan iborat.

Sыtadel va shahristonning qal’a devorlari aylanma yulaklardan, to’g’riburchak minora, teshiklarsiz, panjara bilan mudofaaga muljallangan.

Sыtadelda – Saroy joylashgan bo’lib, u tantana, uy – joy,ibodat va xujalik ombor kismlaridan iborat. Bayram zallari va ibodatxonalari xashamatli naqshlar bilan bezatilgan bo’lib, arablar bilan kurash vaqtida yonib ketgan.

Chochda alokalarning keng rivojlanishi natijasida, bu yerda kupgina din vakillarining yashashiga imkon bo’ldi, xususan zardushtiylik, xristianlik, moniyxelik va qisman buddizm. Boshka mulklardagi kabi, bu yerda ham zardo’shtiylik sosoniylarning diniy qoidalaridan farq qilgan. Xususan bu yerda ajdodlar ruhiga sig’inish diniy amallari keng quloch yoygandi. Bu yozma manbalarda, xususan xitoy yilnomalarida ayniksa, Beyish va Suyshularda (ilk urta asrlarga oid) eyatirof etilgan. Choch xalqining odatlari haqida kuyidagilarni ma’lumot beradi: Rezidensiya janubiy – sharkiy tomonida bir bino bo’lib, uning urtasida mingbar kuyilgan. Birinchi qamar (oy) ning 6 sanasi va yettinchi qamar (oy) ning 15 sanasida bu minbarga xukmdorning marhum ota – onasining kuydirilgan suyaklar kuli solinganoltin ko’racha (kuydirilgan jasadning kuli saqlanadigan ko’ra) qo’yiladi, so’ng minbar atrofida aylanib utib, xushbo’y gullar va turli mevalarni sochadilar. Hukmdor amaldorlar bilan qurbonlik go’sht (manbalarda ot go’shti) qo’yadilar. Marosim to’g’agach xukmdor uz xotini bilan aloxida qarorgohga ketadi. Amaldor va boshkalar tartib bilan utirib va stol nixoyasida tarkaladilar.

Madaniyatni bildiruvchi omillardan biri – til va yozuvdir. Yozma manbalar.

O’rta Osiyo mulklaridagi tillar haqida suzlay turib, ko’pgina deolektlarni e’tirof etadilar.lekin 3 ta asosiy tilni – So’g’d, Xorazm va Choch tillarini ajratib kursatadilar. Oxirgisini eng yaxshi Xoytal tili sifatida e’tirof etadilar. O’rta asr manbalarida, Xaytallar deb – eftalitlar nazarda tutilgan, hatto ba’zida bu termin turklarga tegishli deb xam yuritilgan.


Download 398 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling