mavhumga tomon harakati xususiydan umumiyga tomon harakat demakdir. Bu
yerda tahlil va induksiya singari mantiqiy usullar yetakchilik qiladi. Mavhumdan
muayyan hissiylikka yuksalish-ayrim umumiy
mavhumlik- lardan ulaming
yagonaligiga, muayyan umumiyga tomon harakat jarayonidir. Bu erda sintez va
deduksiya usullari yetakchilik qiladi. Bilishning
bunday harakati formal, texnik
prosedura emas, balki predmetning rivojlanishidagi
qarama-qarshilikni, ichki
qarama- qarshiliklarga muvofiq uning bir darajadan boshqa darajaga o‘tishini aks
ettiruvchi dialektik ziddiyatli harakatdir.
Umumilmiy
tadqiqot metodlari - falsafa bilan maxsus fanlarning
fundamental nazariy-metodologik qoidalari o ’rtasida o ’ziga xos «oraliq
metodologiya» bo ’lib xizmat qiladi. Umumilmiy tushunchalar qatoriga ko‘pincha
«axborot», «model», «tuzilma», «fimksiya», «tizim», «element», «oqilonalik»,
«ehtimollik» singari tushunchalar kiritiladi.
Birinchidan, bir qancha xususiy fanlar hamda
falsafiy kategoriyalaming
alohida xossa, belgi va tushunchalari umumilmiy tushunchalaming mazmuniga
«singdirib»
yuborilganligi, ikkinchidan, (falsafiy kategoriyalardan farqli o‘laroq)
matematik nazariya va simvolik mantiq vositalari
bilan ulami formallashtirish,
ularga aniqlik kiritish mumkinligi umumilmiy tushunchalaming o’ziga xos
jihatlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: