natijalari ko ’p jihatdan kuzatuvchining shaxsiga, uning hayotiy qarashlariga va
boshqa subektiv omillar ga bog‘liq bo‘ladi. Mazkur fanlarda oddiy (dalillar va
hodisalar chetdan turib qayd etiladi) kuzatish va ishtirokchilikka asoslangan ichdan
turib(bunda tadqiqotchi ma’lum ijtimoiy muhitga qo‘shiladi, unga moslashadi va
hodisalami «ichdan» tahlil qiladi) kuzatish farqlanadi. Psixologiyada kuzatishning
o‘z-o‘zini kuzatish (introspeksiya) va empatiya (boshqa odamlaming ruhiy
kechinmalariga kirib borish, ulaming ichki dunyosi-sezgilari, fikrlari, xohish-
istaklarini tushunishga intilish va h.k.) farqlanadi.
Etnometodologiya ichdan turib kuzatishning turlaridan biri bo ’lib, i
ijtimoiy hodisa va voqealami tavsiflash hamda kuzatish natijalarini ularni
tushunish g ’oyalari bilan to‘ldirishni nazarda tutadi. Mazkur yondashuv hozirda
etnografiya, ijtimoiy antropologiya, sosiologiya va kulturologiyada tobora keng
qo‘llanilmoqda.
Ijtimoiy eksperimentlar ular ijtimoiy tashkil etish va jamiyatni boshqarishni
oqilonalashtirishning yangi shakllarini amalga tatbiq etishga ko‘maklashmoqda.
Ijtimoiy eksperiment obekti odamlaming ma’lum guruhi eksperimentning bevosita
ishtirokchilaridan biri bo‘lib, ulaming manfaatlari bilan hisoblashishga to‘g‘ri
keladi, tadqiqotchi esa o‘zi o‘rganayotgan vaziyatga bevosita qo‘shiladi. Ijtimoiy
eksperimentlar tadqiqotchidan axloqiy va yuridik norma va tamoyillarga qat’iy rioya
etishni talab qiladi. Bu erda (tibbiyotda bo‘lgani singari) «ziyon etkazma!» tamoyili
muhim ahamiyatga ega. Insonning intim dunyosiga kirish quroli bo‘lib xizmat qilish
- ijtimoiy eksperimentlaming asosiy xususiyati.
Shakllantiruvchi
eksperimentda
muayyan
ruhiy
faoliyat
Do'stlaringiz bilan baham: |