Umumilmiy yondashuvlarning muhim roli shundan iboratki, o ’zining
«oraliq xususiyati»ga ko ’ra, ular falsafiy va alohida ilmiy bilim (shuningdek,
tegishli metod)laming o ’zaro o ’tishida vositachilik qiladi. Mazkur metodlar
barcha fanlarda qoilanilganligi uchun ham ular umumilmiy metodlar deb ataladi.
Ammo ulami fanlarda qo‘llashda har bir fan yoki fan sohasining xususiyatlari,
tabiiy, ijtimoiy va ma’naviy hodisalami bilish xususiyatlari e’tiborga olinadi.
Tadqiqotning umumiy mantiqiy metodlari - mantiqiy mushohada yuritish
orqali egallangan bilimlar majmui bo ’lib ular quyidagilar:
analiz-obektni amalda yoki fikran tarkibiy qismlarga ajratish;
sintez - qismlardan butunni, xuddi shunday tarzda, qayta birlashtirish.
Sintez natijasida mutlaqo yangi obekt hosil bo‘ladi.
Analiz (tahlil qilish faoliyati) jarayonida fikr murakkablikdan oddiylikka,
tasodifdan zaruratga qarab, xilma-xillikdan ayniyatga va birlikka qarab harakat
qiladi. Analiz qilishning maqsadi qismlami, murakkab butunning unsurlari sifatida
bilish va ular o‘rtasidagi aloqa va qonuniyatlami aniqlashdan iboratdir. Biroq analiz
mohiyatni ajratib qarashga olib keladiki, mavhum holda qolayotgan birlik, xilma-
xillikdagi birlik sifatida hali ochilmagan bo‘ladi. Sintez, aksincha, analiz vositasi
bilan ajratilgan qismlar, xossalar, munosabatlarni yagona bir butunga birlashtirish
jarayonidan iborat. Sintez birlikdan tafovutga va xilma-xillikka qarab yo‘naltirilgan
bo‘lib, umumiylik va ayrimlikni, birlik va xilma-xillikni muayyan jonli butunga
birlashtiradi. Analiz va sintez chambarchas bog‘liq holda amal qiladi.
Mavhumlashtirish-o ’rganilayotgan hodisaning bir qancha xossalari va
nisbatlaridan fikran uzoqlashish, ayni paytda tadqiqotchini qiziqtirgan xossalarni
Do'stlaringiz bilan baham: |