ijtimoiy-madaniy kontekst deb tushuniladi. Vaziyatli
tadqiqotlarning ustunligi
shundaki, ularda bilim tizimining mazmuni shartlaming pirovard to‘pIami, hayotiy
vaziyatlaming muayyan va alohida shakllari nuqtai nazaridan ochib beriladi.
Hozirgi zamon metodologiyasi o‘z an’anaviy metodlarining universalligi
cheklanganligini tushunadi. Masalan, gipotetik-deduktiv metod ishni tayyor
gipotezalardan boshlab, «dalillarni eng yaxshi tushuntirish»
bosqichidan sakrab
o‘tganligi uchun tanqid qilinadi.
Abduksiya
fikr yuritish orqali empirik dalillardan ulami tushuntiruvchi
gipotezaga yuksalishni nazarda tutadi. Bunday fikr yuritish turmushda va
amaliyotda ko‘p uchraydi. Har bir inson tushuntirish yo‘llarini
izlashda beixtiyor
abduksiyaga murojaat etadi. Masalan, vrach kasallik alomatlariga qarab, uning
sababini, detektiv esa jinoyat izlariga qarab jinoyatchini qidiradi. Xuddi shuningdek,
olim ham sodir bo‘layotgan hodisani tushuntirishda
abduksiya metodidan
foydalanadi. Mazkur atama induksiya va deduksiya singari mashhur, keng e’tirof
etilgan bo‘lmasa ham, u yangi hamda samarali metodologik strategiyani ishlab
chiqishda muhim rol o‘ynaydi.
Evristika. Evristika
yunoncha heurisko-topaman, kashf etaman, degan
so‘zdan kelib chiqqan. «Evristika» atamasining qo‘llanilishi qadimgi yunon olimi
aleksandriyalik Papp (miloddan awalgi Sh asr) nomi bilan bog‘lanadi.
Bu nuqtai
nazardan evristika matematika masalalarini yechishni o‘rganishni istaganlarga
mo‘ljallangan qoidalaming maxsus to‘plami sifatida namoyon bo‘ladi. «Mahorat
sirlari» hamisha qat’iy sir tutilgan va tavsiflanmagan. Evristikani kashfiyotlar
to‘g‘risidagi fan sifatida tavsiflash barcha zamonlarda ham juda murakkab vazifa
hisoblangan. G. Leybnitsning «Kashfiyot san’ati» g‘oyasi amalga oshmadi. B.
Spinoza to‘g‘ri metod oqilona tanlashni ta’minlashi, noma’lumni bilish qoidalariga
ega bo‘lishi, foydasiz imkoniyatlami chetlatish tartibini belgilashi lozimligini qayd
etgan bo‘lsa-da, buni asoslovchi nazariyani yaratmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: