Muvofiqlik tamoyili. Ilmiy bilishning mazkur sohasidagi bilimlarni yangi
tamoyillar (g‘oyalar, konsepsiyalar, nazariyalar) asosida tizimga solish bu
sohadagi «eski» bilimni ushbu tizimning unsuri sifatida (xususiy hodisa, eng
so‘nggi hodisa sifatida va sh.k.) o‘z ichiga olishi lozim. Masalan, relyativistik
mexanika jismlar past tezlikda harakatlanganida Nyutonning klassik
mexanikasiga o ’tadi.
Ilmiy bilish metodologiyasida muvofiqlik tamoyilining shakllanishi odatda N.
Bor nomi bilan bog‘lanadi. Vaholanki, muvofiqlik tamoyili g‘oyalari turli shakllarda
undan oldin ham ilgari surilgan. Adabiyotlarda, jumladan, shunday deb ko‘rsatiladi:
«Nils Bor 1913-yilda mashhur «muvofiqlik tamoyili»ni ta’riflab berdi. Mazkur
tamoyil nurlanishning klassik nazariyasi bilan kvant nazariyasi o‘rtasida qonuniy
munosabat o‘matdi. U atom nazariyasining rivojlanishida shu qadar muhim rol
o‘ynadiki, A. Zommerfeld N. Boming «muvofiqlik tamoyili»ni «sehrli
tayoqcha» deb ta rifladi»
1
. Ammo o‘tgan asrga nazar tashlaydigan bo‘lsak,
shunga o‘xshash g‘oyalami Butlerovda ham uchratishimiz mumkin. U, jumladan,
shunday deb yozadi: «Kimyoviy energiya va atomlar harakatining tabiatini tushunib
yetsak, mexanika qonunlari bu yerda ham amal qila boshlasa, kimyoviy tuzilish
haqidagi ta’limot kimyoning eski nazariyalari singari o‘z ahamiyatini yo‘qotadi.
Ammo u faqat yo‘qolish uchun emas, balki o‘zgargan shaklda yangi, yanada keng
qarashlardan o‘rin olish uchun o‘z ahamiyatini yo‘qotadi»
2
.
Mazkur tamoyil aksariyat hollarda ilmiy va noilmiy bilimni farqlashga
ko‘maklashadi.
To‘Idiruvchanlik
tamoyili.
Tadqiqotning
ko
’pgina
obektlari
(mikrodunyoning elementar zarralarga o‘xshash eng oddiy obektlaridan tortib to
Do'stlaringiz bilan baham: |