Evristika sirlariga yaqinlashishga bo‘lgan eng so ’nggi urinishlardan
A.F.Osbornning
«miyaga
hujumimi
qayd
etish
mumkin.
Unda
kashfiyotchilikning o ’rindoshlik, o ’tkazish, birlashtirish va ajratish bilan bog‘liq
an’anaviy usullari bilan bir qatorda, xayolni rag‘batlantiruvchi usullar: tig‘iz
muddatlar tizimi, muammoni tanqidsiz vaziyatda erkin muhokama qilish,
tortishuvlik muhitini yaratish, shuningdek, hazil taxminlar qilish qayd etiladi.
Ammo evristika yo‘nalishining vakili D. Poyya ilgari surgan ijodning (yoki
muammolarni samarali hal qilishning) muqarrar tarzda amal qiladigan qoidalarini
ishlab chiqish amalga oshirib bo‘lmaydigan vazifa, degan g‘oyasi yanada
an’anaviyroq hisoblanadi.
Darhaqiqat, evristika o‘ziga xos metodologiya, ya’ni ijodiy faoliyat
metodlarining majmui sifatida ma’lum talablar qo‘yadi:
u oddiy tanlash usullariga emas, balki muammoni hal qilish vaqtini
qisqartirish imkonini beradigan usullarga tayanadi;
qo‘llaniluvchi usullar an’anaviy qabul qilingan va eskirgan usullardan jiddiy
farq qilishi mumkin;
usullardan foydalanishga tadqiqot ko‘rsatkichlariga qo‘yiladigan tashqi
cheklashlar qarshilik ko‘rsatadi;
izlanish modellari jiddiy darajada individuallashtirilgan bo‘lib, bilish
subektining ruhiy faoliyati bilan chambarchas bog‘liq.
4. Asosiy metodologik tamoyillar. Metodologik tamoyillar yangini bilishga
aniq yo‘l ko‘rsatib bera olmaydi. Bu nuqtai nazardan ular ancha mavhumdir. Ammo
evristik ta’limotlardan farqli o‘laroq, metodologik tamoyillarni aniq, izchil shaklda
ta’riflab berish mumkin. Bilishning mazkur yondashuvlari tamoyillar tarzida
ta’riflangunga qadar ham qadim-qadimlardan qo‘llanilib kelingan, ammo ularni
refleksiya qilish, muayyanlashtirish, ulaming amal qilish sohalarini mufassal tahlil
qilish asosan XX asr metodologiyasida amalga oshirildi.
Har bir tamoyil yuzasidan shu qadar ko‘p adabiyotlar borki, ulami bir yerga
to‘plasa, tog‘ hosil bo‘ladi. Ammo ulami o‘qish mazkur tamoyillaming muxtasar
tavsifiga taqqoslaganda tadqiqotchiga juda kam metodologik ma’lumotni beradi.
Mufassal
tadqiqotlar
professional
metodologlarga
o‘z
qarashlarini
muayyanlashtirish va himoya qilishlari uchun foydalidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |