1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja
Metayaxlit xossalar - ontologik maqomi immanent, emerjentdir
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
ИЛМИЙ ТАҚИҚОТ МЕТОДОЛОГИЯСИ маъруза матни (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ad-hoc yaxlit xossalar - ontologik maqomi noimmanent, emerjentdir.
Metayaxlit xossalar - ontologik maqomi immanent, emerjentdir.
Epistemologik maqomi-tarkibiy qismlarining xossalariga nisbatan reduksiyalanmaydi, boshqacha qilib aytganda, mazkur butun nisbatan yuqori darajada uyushgan tizimda faoliyat ko‘rsatganida tabiiy tuzilmalar (tizimlar, yaxlitliklar)ning iyerarxik bog‘langanligida namoyon bo‘ladigan butunning oliy immanent potensial xossalari. Metayaxlit xossalarga misollar: molekulalaming o‘z-o‘zini tashkil etishi, DNKning axborot-tartibga solish xossalari, idiomatik iboralar, maqollar va matallaming alohida ma’nosi. Bilish usuli: kontrreduksiya tamoyili. Ad-hoc yaxlit xossalar - ontologik maqomi noimmanent, emerjentdir. Epistemologik maqomi-o‘z tarkibiga kiruvchi yaxlitliklarning xossalariga nisbatan reduksiyalanadi (murakkabga nisbatan reduksiyalanadi). Misollar: tirik hujayraning murakkab tizimlaridagi sodda noorganik moddalaming biokimyoviy (alohida holda mazkur moddalarga xos bo‘lmagan) funksiyalari; so‘zlar, gaplaming mazkur semantik birliklarga o‘z holicha, kontekstdan tashqarida xos bo‘lmagan katta kontekstdagi ma’nosi. Bilish usuli: Ad-hoc yaxlit yondashuv (ba’zan mazkur yondashuv «yaxlit yondashuv» tushunchasiga kiritiladi).Yuqorida zikr etilgan xossalar to‘rt turining xususiyatlarini moddiy va ideal tabiatning yaxlit obektlari misolida tushuntirib o‘tamiz. Ad-hoc yaxlit xossalar masalasi misollar bilan maxsus tushuntirish va asoslashga muhtoj emas, chunki mazkur xossalar bilish obektining mohiyatini tashkil etmaydi-ular unga noimmanent. Mazkur xossalar ayni obektga kattaroq yaxlitlik (tizim)ning ta’sir ko‘rsatishi natijasi. Aytish mumkinki, bu xossalar kattaroq yaxlitlikning «kuchi»ga nisbatan obektning «murosaga kelgan»ligi ifodasidir. Oliy darajada uyushgan molekulyar tuzilmalar-fermentlar, DNK, RNK singari biopolimerlaming jami xossalarini tadqiq qilish bilan bog‘liq fizik-kimyoviy, biologiya sohasi yuqorida zikr etilgan xossalaming o‘ziga xos xususiyatlarini yaqqol namoyon etadi. Misol uchun, DNK molekulasiga xos bo‘Igan jami xossalami bilish muammolarini olaylik. DNK molekulasini uning tarkibidagi alohida atomlaming xossalari, alohida kimyoviy va kuchsiz (bu yerda fizik) aloqalaming, funsional guruhlaming, elektr zaryadlaming, alohida fragmentlaming va hokazolaming tabiati orqali, ya’ni reduksiya metodi yordamida tadqiq qilish mumkin. Shu bilan bir qatorda, DNK molekulasining yaxlit tuzilma sifatidagi xossalarini, uning tarkibiy qismlari xossalariga to‘la bog‘liq bo‘lmagan xossalarini, ma’lum turkumga mansub moddalar bilan o‘zaro kimyoviy ta’sirga kirishish, tegishli muhitlarda ma’lum sedimentasion va reologik xususiyatlarga ega bo‘lish qobiliyatini ham tadqiq qilish mumkin. Ammo reduksiya metodi va yaxlit yondashuv asosida, ya’ni DNK molekulasiga yaxlit molekula hamda elementlar to‘plamidan iborat molekula deb qarab, unga xos bo‘lgan barcha xossalami bilish mumkin emasligini aniqlash qiyin emas. DNK molekulasini element sifatida tadqiq qilib, nisbatan yuqori darajada uyushgan tizimga kirgan taqdirimizdagina unga xos bo‘lgan oliy «metayaxlit xossalar»ni ochib berishimiz mumkin. DNK molekulasi uchun bunday yuqori darajada uyushgan tizim bo‘lib, tirik hujayra metabolizmining o‘zaro bog‘langan va tartibga solinuvchi jarayonlari tizimi xizmat qiladi. Shuni qayd etib o‘tish kerakki, bu yerda DNKning immanent oliy, ya’ni «metayaxlit» xossalari to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda. Bu tirik organizmlaming molekulyar tarkibiy unsurlari haqidagi ilmiy bilimlaming rivojlanish tarixidan yaxshi ma’lum. Darhaqiqat, XIX asrda tirik organizmlardan nuklein kislotalar va oqsilli jismlar ajratib olinib, turli-tuman kimyoviy eksperimental vaziyatlarda kimyoviy obektlar sifatida tadqiq qilindi. Natijada XX asming o‘rtalariga kelib ulaming makromolekulalar sifatidagi tuzilishi va asosiy fizik-kimyoviy xossalari kashf etildi, ammo ulaming oliy axborot va tartibga solish xossalari mazkur molekulyar (kimyoviy) obektlaming tirik hujayradagi faoliyatini tadqiq qilish natijasidagina ochib berildi. Boshqacha qilib aytganda, faqat yuqorida zikr etilgan holatdagina biz genetik axborot tashuvchisi bo‘lgan DNK molekulasida zohir xossalami topish va nukleoidlaming ketma-ketligi ma’lum tabiatga ega guruhlar (azotli asoslar)ning tasodifiy to‘plami emas, balki genetik kod ekanligini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Aynan shu yerda biz «kontrreduksiya tamoyili» deb nomlangan o‘ziga xos bilish usuli yordamida DNKning oliy, «metayaxlit» xossalarini bilish imkoniyatini qo‘lga kiritamiz. (Mazkur xossalar faqat tizimdagi muayyan ta’sirlar natijasida yuzaga kelmaydi, ular mazkur obektga xosdir.) Bu yerda kontrreduksiya tamoyili obekt muqarrar tarzda o‘zgarishi, takomillashishi va shu kabilar natijasida muayyan tizim tarkibiga kirganida qo‘shimcha tarzda. paydo bo‘ladigan xossalamigina emas, balki obektga immanent bo‘lgan bir qancha muhim xossalami ham bilish imkonini beradi. Masalan, DNKning aminokislota ketma- ketligi qayd etilgan matritsa sifatidagi xossalarini aniqlab, shundan so‘ng alohida ajratilgan DNK bilan ishlash va genetik kodga qarab muayyan oqsillaming tegishli aminokislota ketma-ketliklarini aniqlashimiz yoki aksincha, alohida ajratilgan oqsillaming aminokislota ketma-ketliklariga qarab DNKdagi nukleoidlaming ketma-ketligini aniqlashimiz mumkin. Buning ustiga, DNK, RNK molekulalarining axborot va tartibga solish xossalari, tirik hujayra tizimlaridagi metokontrreduksiyaga asosan aniqlangan fermentlaming biokatalitik hamda tartibga solish xossalari moddiy tarkibiga ko‘ra ham, tashkil etilishiga ko‘ra ham nativ («jonli») tizimlardan farq qiladigan sun’iy tizimlarda ro‘yobga chiqarilishi mumkin. Kontrreduksiya tamoyilini tabiatshunoslik sohasida amalda qo‘llash obektlaming oliy xossalarini faqat statistik moddiy tizimlar yoki aksiyalashtirish vaqti cheklangan tizimlar (masalan, sun’iy tashkil etilgan kimyoviy jarayonlar yoki alohida muayyan organizmlardagi jarayonlar)dagi obektlaming oliy xossalarini tadqiq qilish bilangina cheklanmaydi. Metodning imkoniyatlari ancha keng, chunki kontrreduksiya metodiga nisbatan uning yuqori darajada uyushgan tizimi, deganda zamon va makondagi har qanday, shu jumladan tadrijiy rivojlanayotgan tabiiy tizimni tushunish lozim. Zamon va makondagi tizim (yoki xususiy holatda makondagi temporal tizim)ni deganda biz zamonda ma’lumdarajada o‘zgaruvchi (noorganik, organik, ijtimoiy) tushunamiz. Biz uni ma’lum invariant belgilariga qarab, yaxlitlik hamda tadqiqotning ma’lum obekti sifatida ajratamiz. Shimga o‘xshash har qaysi tizim uchun elementar vaqt bo‘lagi, ya’ni tizimida ko‘rilayotgan o‘zgarishlar ahamiyasiz bo‘lgan eng katta vaqt oralig‘i tushunchasini muomalaga kiritish lozim. Mazkur vaqt bo‘laklarining miqdori kosmologiya uchun ming va undan ortiq yillar, geologiya uchun o‘nlab va yuzlab yillar, mikrobiologiya uchun bir-ikki generatsiya davri (taxminan minutlar) bilan, kimyoviy genetika uchun sekundning ulushlaridan soatlargacha, jamiyat va madaniyat tarixi uchun esa o‘nlab va yuzlab yillar bilan o‘lchanadi. Zamon va makondagi tizimlarda tadqiq qilinayotgan obektning noma’Ium oliy xossalari tizimda, nafaqat dolzarb moddiy, balki muvaqqat, tarixiy sabab va oqibat aloqalarining mavjudligi tufayli ham namoyon bo‘ladi. Kimyoviy evolyusiya haqidagi ta’limot, molekulyar tuzilmalaming o‘z-o‘zini tashkil etish, tabiiy-tarixiy sharoitlarda tuzilish va sifat jihatidan murakkablashish qobiliyati haqidagi ta’limot yuqorida aytilgan tizimlarda kontrreduksiya metodining obektiv asoslari va imkoniyatlarini ochib beruvchi o‘ziga xos misol bo‘lib xizmat qiladi. Molekulalaming muhim xossasi o‘z-o‘zini tashkil etish qobiliyati va kimyoviy evolyusiyani faqat kontrdeduksiya yordamida aniqlash mumkin bo‘ldi. Darhaqiqat, biologiyada XDC asrda vujudga kelgan evolyusion ta’limot tirik organizmlaming tadrijiy rivojlanishini retrospektiv tarzda ko‘rib chiqishda faqat eng sodda bir hujayralilar va ulaming molekulyar (subektiv hujayrali) tarkibiy qismlaridan kelib chiqishi mumkin edi. Mazkur holat kosmologiyada rivojlanayotgan noorganik materiya darajasida tabiatning dastlabki evolyusiyasi g‘oyasi bilan birga ilk biologik, ya’ni kimyoviy evolyusiya muammosining qo‘yilishiga olib kelardi. Muhimi shundaki, ilmiy bilimning tarixiy- mantiqiy rivojlanishida dastlab kimyoviy evolyusiya muammosi qo‘yildi, faqat shundan keyin o‘z-o‘zini tashkil etuvchi kimyoviy tizimlami muayyan model asosida tadqiq qilishga kirishildi. Xullas, molekulalaming oliy xossasi o‘z-o‘zini tashkil etish qobiliyatini aniqlash kontrreduksiya—molekulalami tadrijiy rivojlanuvchi tabiiy- tarixiy tizimda ko‘rib chiqish natijasi bo‘ldi. Shunday qilib, ilmiy bilishda turli darajalarda, faoliyat sohalarida va yo‘nalishlarda turli-tuman metodlaming murakkab, dinamik va muvofiqlashtirilgan tizimi faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur metodlar har doim tadqiqotning muayyan shartlari va predmetidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Xulosalar. Metodologiya muayyan bir, hatto, «eng muhim metod»ga ham bog‘liq bo‘lmaydi. «Olim hech qachon faqat bitta ta’limotga tayanib qolmasligi, hech qachon o‘z tafakkur metodlarini faqat bitta falsafa bilan cheklab qo‘ymasligi kerak» 7 . 7 Гейзенберг В. Физика и философия. Часть и целое. -М., 1989.-С.85. Metodologiya alohida metodlaming oddiy yig‘indisi, ulaming «mexanik birligi» ham emas. Metodologiya - turli darajadagi usul va tamoyillaming faoliyat sohalari, yo‘nalishlari, evristik imkoniyatlar, mazmunlar, tuzilmalar va hokazolaming murakkab, yaxlit hamda muvofiqlashtirilgan tizimi. Ilmiy bilishda turli darajalarda, faoliyat sohalarida va yo‘nalishlarda turli- tuman metodlaming murakkab, dinamik va muvofiqlashtirilgan tizimi faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur metodlar har doim tadqiqotning muayyan shartlari va predmetidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling