rioya qilish lozim, ya ’ni kuzatuv ta ’lumotlari, imkon qadar, boshqa kuzatuvchilar
tomonidan ham olinishi va qayd etilishi shart (va/yoki mumkin).
Bevosita
kuzatishni
asbob-uskunalar
bilan
almashtirish
kuzatuv
imkoniyatlarini cheksiz tarzda kengaytirib yuboradi, ammo u ham subektivlikni
istisno etmaydi; bu kabi bilvosita kuzatuvni baholash va tushuntirish subekt
tomonidan amalga oshiriladi va shuning uchun tadqiqotchining ta’siri baribir ro‘y
beradi.
Eksperiment-o‘rganilayotgan jarayonga faol va izchil aralashish,
eksperimentning maqsadlariga muvofiq maxsus yaratilgan hamda nazorat ostiga
olingan sharoitlarda tadqiq qilinayotgan obektni tegishli tarzda o ’zgartirish yoki
uni aks ettirish. Eksperiment jarayonida o‘rganilayotgan obekt uning mohiyatini
buzib ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlardan ajratiladi va «sof shakl»da
ifoda etiladi.
Eksperimentning asosiy xususiyatlari:
tadqiqot obektiga (kuzatishdagiga qaraganda) yanada faolroq munosabat, shu
jumladan, uni o‘zgartirish va qayta tuzish;
obektning xulq-atvorini nazorat qilish va natijalami tekshirish imkoniyatining
mavjudligi;
v) tadqiqotchining xohishiga ko‘ra, o‘rganilayotgan obektni bir necha marta
aks ettirish mumkinligi;g) hodisalaming tabiiy sharoitlarda kuzatilmaydigan
xossalarini topish imkoniyatining mavjudligi.
Eksperimentlaming turlari juda xilma-xildir. Vazifalariga qarab tadqiqot
(qidirish), tekshirish (nazorat) va aks ettirish eksperimentlari farqlanadi.
Obektlaming xususiyatiga qarab fizik, kimyoviy, biologik, ijtimoiy va h.k.
eksperimentlar farqlanadi. Sifat va son eksperimentlari ham mavjud. Fikriy
eksperiment-ideallashtirilgan obektlar haqida fikr yuritish proseduralari tizimi
hozirgi zamon fanida keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |