1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/122
Sana14.10.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1702730
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   122
Bog'liq
ИЛМИЙ ТАҚИҚОТ МЕТОДОЛОГИЯСИ маъруза матни (2)

Metodologiya - faoliyatda qo‘llaniladigan ma’lum usullar tizimi (fanda, 
siyosatda, san’atda va h.k). va tizim haqidagi ta’limot yoki metod nazariyasi 
sifatida amal qiladi. 
Hozirgi davrda metodologiya faqat ilmiy bilish sohasi bilan cheklanishi 
mumkin emasligi ay on bo‘ldi va u albatta, bilish chegarasidan chiqishi va o‘z 
sohasida amaliyotda ham qo‘llanishi zarur. Bunda bilish va amaliyotning uzviy 
aloqadorligiga e’tibor qaratmoq kerak. 
Metodologiya faqat metodlarni emas, balki tadqiqotni ta ’minlovchi boshqa 
vositalami ham o ’rganadi. Tamoyil, qoida va ko‘rsatmalar, shuningdek, kategoriya 
hamda tushunchalar mana shunday vositalar jumlasiga kiradi. Nomuvoziy, beqaror 
dunyo sharoitlarida voqelikni metodologik o‘zlashtirishning o‘ziga xos vositalarini 
ajratish fan rivojlanishining «postnoklassik», deb nomlangan hozirgi bosqichida 
ancha dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 
Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari 
va usullari, uning natijalarini asoslash yo‘llari, bilimni tajribaga tatbiq qilish 
mexanizmlari va shakllarini o’rganadi. Xullas, metodologiya metodlar u ig‘indisi 
va faoliyat turi haqidagi ta’limotdir. 
2. Metodlaming tasnifi. Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish 
doirasiga ko‘ra bir necha guruhga bo‘linadi. Ular: fan metodlari, xususiy ilmiy 
metodlar, umumilmiy tadqiqot metodlari, empirik tadqiqot metodlari, nazariy 
tadqiqot metodlari, umummantiqiy metodlar, fanlararo tadqiqot metodlari, falsafa 
metodlari, ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlari kabilardir. Quyida ulaming 
mazmunini tahlil qilamiz: 
Fan metodlari - ma’lum fan tarmog‘iga kiruvchi yoki fanlar tutashgan 
joyda vujudga kelgan muayyan fan sohasida qo ’llaniladigan usullar tizimi. Har 
bir fundamental fan, mohiyat-e’tibori bilan, o‘z predmetiga va o‘ziga xos tadqiqot 
usullariga ega bo‘lgan sohalar majmuidir. Fanda, ko‘p hollarda tanlangan metod 


tadqiqotning taqdirini hal qiladi. Aynan bir daliliy materialni turli metodlar asosida 
o‘rganish ziddiyatli xulosalarga olib kelishi mumkin. Ilmiy bilishdagi to‘g‘ri 
metodni xarakterlar ekan, F.Bekon uni yo‘lovchining yo‘lini yorituvchi chiroq bilan 
qiyoslaydi. Noto‘g‘ri yo‘ldan bora turib, u yoki bu masalani hal qilishda 
muvaffaqiyatga erishishga umid qilish mumkin emas. Zero, nafaqat natija, balki 
unga eltuvchi yo‘l ham to‘g‘ri bo‘lmog‘i lozim. 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling