Metodning asosiy vazifasi faoliyatning bilish va boshqa shakllarini
boshqaruvdan iborat. Biroq:
birinchidan, metod va metodologik muammolaming rolini inkor qilish yoki
to‘g‘ri baholamaslik («metodologik negavizm»);
ikkinchidan, metodning ahamiyatini bo‘rttirish, mutlaqlashtirish, uni barcha
masalalaming kaliti, ilmiy yangiliklami yaratishning eng qulay vositasi
(metodologik eyforiya), deb tushunish noto‘g‘ridir.
Har qanday metod muayyan nazariya asosida yaratiladi va tadqiqotning
zaruriy sharti sifatida namoyon bo‘ladi. Har bir metodning samaradorligi uning
chuqur mazmun va mohiyatga egaligi, nazariyaning fundamentalligi bilan
asoslanadi. 0’z navbatida, metod mazmuni kengayib boradi, ya’ni bilimning
chuqurlashishi va kengayishi, tajribaga tatbiq etilishi bilan metodning ko‘lami ham
o‘zgaradi.
Ilmiy bilishda nafaqat ilmiy natija (bilimlar majmui) va predmetning
mohiyatini anglash, balki unga eltuvchi yo‘l, ya’ni metod ham haqiqiy bo‘lmog‘i
lozim. Shunga ko‘ra, predmet va metodni bir-biridan ayri holda tushunish mumkin
emas. Har qanday metod u yoki bu darajada real hayotiy jarayonlarda shakllanadi
va yana unga qaytadi. Metod har qanday tadqiqot boshlanishida to‘la holda namoyon
bo‘lmasa-da, ma’lum darajada predmetning sifat 0’zgarishi bilan har safar yangidan
shakllanadi.
Metod bilish predmeti va harakatni sun’iy ravishda bog‘lamaydi, balki
ulaming xususiyatlari o‘zgarishi bilan o‘zgarib boradi. Ilmiy tadqiqot predmetga
daxldor dalil va boshqa belgilami jiddiy bilishni talab qiladi. U ma’lum materialning
harakati, uning xususiyatlari, rivojlanish shakllari va h.k.larda namoyon bo‘ladi.
Demak, metodning haqiqiyligi, eng avvalo, tadqiqot (obekt) predmetining mazmuni
bilan bog‘liq.
Metod subekt bilan chambarchas bog‘liqdir. Boshqacha qilib aytgan-da,
«inson umum metodologiyaning markazidir» (Feyerbax). Ikkinchidan, har qanday
metod u yoki bu darajada boshqaruv quroli vazifasini bajaradi.
Metod subekt va obektning murakkab dialektikasi acosida rivojlanadi va
bunda oxirgisi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu ma’noda, har qanday metod,
eng avvalo, obektiv, mazmunli va konkret bo‘lsada, ayni paytda, subektiv hamdir.
Biroq u faqat mavjud qoidalar tizimi emas, balki obektiv ilmiylikning davomi
sifatida namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |