1-mavzu: «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» faninning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja
Download 117.88 Kb.
|
bugun1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-MAVZU: FALSAFIY MATNNING KONSEPSIYASI VA O‘ZIGA XOSLIGI
Adabiyotlar
1. Шермухамедова Н.А. Илмий тадқиқот методологияси. Дарслик. – Т.: Фан ва технология, 2014. 2. Бурда А.Г. Основы научно-исследовательской деятельности: учеб. пособие (курс лекций) /А.Г.Бурда; Кубан. гос. аграр. ун-т. – Краснодар, 2015. 3. Горелов Н.А. Методология научных исследований: учебник для бакалавриата и магистратуры / Н.А.Горелов, Д.В.Круглов. – М.: Юрайт, 2016. 4. Мокий М.С. Методология научных исследований: учебник для магистратуры / М.С.Мокий, А.Л.Никифоров, В.С.Мокий; под редакцией М. С. Мокого. – М.: Юрайт, 2018. 11-MAVZU: FALSAFIY MATNNING KONSEPSIYASI VA O‘ZIGA XOSLIGI Falsafiy matn va boshqa matn turlari o‘rtasidagi farq: badiiy, diniy, ilmiy. Falsafiy matn mavzusi. Matn va uning qismlari. Falsafiy matnning tipologiyasi: mavzu bo‘yicha, tarixiy va madaniy an’analarga muvofiq, oqilona asoslash turiga qarab. Har qanday ilmiy faoliyat matnlarda «yozma» kо`rinishda (qog‘ozda yoki elektron) - ilmiy hisobot, ilmiy ma’ruza, referat, maqola, kitob tarzida rasmiylashtirilgan bo‘lishining asosida ikki shart-sharoit yotadi. Birinchidan, olim o‘z g‘oyalari va natijalarini qat’iy ilmiy tilda faqat yozma (elektron) tarzda bayon etishi mumkin. Har qanday ilmiy ishni, hatto kichkina maqolani qog‘ozga tushirish, fikrning ifodasida ketma-ketlikga erishish muhim ahamiyatga ega, maqola yoki tezis yozish boshlovchi tadqiqotchi uchun jiddiy muammolar bilan bog‘liq, chunki jamoa oldidagi chiqishlarda osonlik bilan aytiladigan yoki odam “ichida” tafakkurida shakllangan so‘zlar va fikrlaming ifodasini o‘z vaqtida qog‘ozga tushirish uchun olimga mantiqiy izchillik ko‘p hollarda yetishmaydi. Yozma nutq va og‘zaki nutqning bir-biridan farqi shundaki, og`zaki nutqdagi ba’zi nuqsonlar eshituvchilar tomonidan e’tiborga olinmaydi, biroq yozma matnda qat’iy mantiqiy izchillik talab etiladi, chunki undagi fikrlar ketma-ketligiga о ‘quvchi qayta-qayta murojaat qiladi va yangi bilimning maqsadi va mohiyatini aniqlashga harakat qiladi. Ikkinchidan, olimning salohiyati uning turli jumallarda nashr qilgan ilmiy maqolalarining soni va salmog‘i hamda respublika va xorijda o‘tkazilgan konferensiyalaridagi ilmiy ma’ruzalarda aniqlanadi. Shu bois, tadqiqotchi uchun nashr etilgan ishlari ro‘yxatini doimiy to`ldirib borilishi va ma’ruzalar mazmunining turli tumanligi uning imidji shakllanishiga asos bo`ladi. Ilmiy tadqiqot jarayoni olimning ilhomi, fantaziyasi, umumiy madaniyati, shuningdek uning shaxsiy sifatlari bilan chambarchas bog`liq. Tadqiqotchi ilmiy atamalardan tegishli joyda me’yorida foydalanish malakalarini egallagan bo‘lishi lozim, tajribasizlik oqibatida u fikrini murakkab atamalar yordamida ifodalashga harakat qiladi, aslida haqiqiy olimning fazilatlaridan biri - uning eng murakkab narsalar to‘g‘risida sodda til bilan yozishi va so‘zlay olishidir. Ayni paytda ilmiy matnning mutlaq soddalashtirilishi natijasida ilmiylik mezonlari buzishi ham mumkin, shu bois olim ilmiylik va soddalik o‘rtasida muvozatnatni saqlashi lozim. Tushunish – muayyan hodisaning ma’nosini, uning dunyodagi o‘rnini, yaxlit bir butun tizimdagi funksiyalarini tushunib yetish demak. U borliqning ma’nolarini teran anglab yetishga ko‘maklashadi. Tushunish jarayoni sodir bo‘lishi uchun quyidagilar zarur: har qanday tabiatli matnda ifodalangan predmet; unda ma’noning mavjudligi; mazkur ma’no to‘g‘risidagi dastlabki tasavvur; matnni talqin qilish, ya’ni matnning mazmunini tushunish; talqin qiluvchida o‘z-o‘zini tushunishning mavjudligi, muloqot, aloqa; «til stixiyasi»; dialog yuritish qobiliyati; o`z fikrini bildirishga intilish, boshqacha fikrlaydigan odamga so‘z berish, uning aytganlarini hazm qila olish; ayni bir matn (unga muallif yuklagan ma’nodan tashqari) bir nechta ma’noga ega bo‘lishini nazarda tutish; matnning predmet mazmunini hozirgi davrning madaniy tafakkuri tajribasi bilan bog‘lash. Matnni «ma’naviy madaniyatning moddiylashtirilgan ifodasi» deb tushunishdan kelib chiqib, matnlarda obyektivlashgan subyektiv ma’nolrni predmetlashtirish, «ular orqali odamlaming ovozlarini eshitish» va ular yordamida o‘tgan zamonlar, boshqa madaniyatlarning «ruhi»ga kirib borish ijtimoiy-gumanitar bilimning muhim metodologik muammosidir. Xullas, birinchidan, har qanday matn – uni har xil tushunish va talqin qilishlar manbai. Muallifning matnni tushunishi – mana shunday tushunishlarning biri. Asar bir paytning o‘zida bir nechta ma’noga ega bo‘ladi. Uning ramziyligi ham ana shundadir. Zotan, ramz obraz emas, balki ma’nolar to'plamidir. Shuning uchun ham matnni tushunish unga asar (matn, san’at asari va sh.k.) muallifi, shuningdek, talqin qiluvchi joylagan ma’nolar bilangina cheklanishi mumkin emas. M.M.Baxtin ta’biri bilan aytganda, tushunish yaxshiroq bo‘lishi mumkin va lozim, u matnni to‘ldiradi, faol ijodiy xususiyat kasb etadi. Ammo matnni tushunish uni talqin qilishning muayyan tarixiy sharoitlariga bog‘liqligi uni sof psixologik va subyektiv jarayonga aylantirmaydi. Ikkinchidan, serma’nolilik birdan va darhol namoyon bo‘lmaydi, chunki ma’nolar yashirin, potensial mavjud bo‘lishi va faqat kelgusi davrlarda rivojlanish uchun qulay sharoitlarda o‘zini namoyon etishi mumkin. Uchinchidan, tarixiy rivojlanish jarayonida matnning ma’nosi o‘zgaradi. Har bir davr – ayniqsa, buyuk asarlarda – yangi nimadir kashf etiladi. Yangicha tushunish eski ma’noni bekor qiladi, unga qayta baho beradi. To‘rtinchidan, matnni tushunish – tayyor natija emas, balki dialektik jarayon, turli madaniy dunyolar dialogi, «o‘zining-o‘zganing» (Baxtin) ma’nolari to‘qnashuvi natijasi, matnlar, shaxslar va madaniyatlar dialogi. Beshinchidan, o‘zga madaniyatga oid matnni tushunish – hozirgi madaniyatimizda tug‘ilayotgan savollarga javoblar topish demak. Madaniyat – tayyor narsalar yoki qadriyatlar to‘plami emas, balki ularni o‘zlashtirish, ulardan foydalanish, insonning hayoti va ijodiy faoliyati jarayonlarida ishtirok etish bilan bog‘liq faol jarayon. O‘z navbatida, ijtimoiy-madaniy voqelikni bilish mazkur tayyor mahsulotlar dunyosini bevosita aks ettirishdan ham ko‘ra ko‘proq ularning orqasida turgan narsalarni, ya’ni inson ma’nolari va mazmunlari dunyosini aks ettirishni nazarda tutadi. Ijtimoiy bilish matnli xususiyatga ega bo’lgani tufayli ijtimoiy fanlarda semiotika muammosi alohida o‘rin egallaydi. Download 117.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling