1-mavzu: «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» faninning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 117.88 Kb.
bet9/19
Sana26.01.2023
Hajmi117.88 Kb.
#1123469
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
bugun1

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

1. Туленов Ж.Т. Философские проблема науки. Т., 2001й


2. Иззетова Э,Д.А.Пўлатова . Философия и методология науки. Т., 2013й
3. Shermuhammedova N. Falsafa va fan metodologiyasi. T., 2005
4. Шермухаммедова Н. «Философия и методология науки» Т., 2003й
5. Саифназаров И. Методология научного творчества. Т., 2004й
6. З.Давронов. Илмий ижод метологияси .Т., 2006й
7. Tulenov J, Valieva S. “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”. T., 2019 y


8-MAVZU: ZAMONAVIY FAN METODOLOGIYASIDA TIZIMLI YONDASHUV



  1. Tizim va tizimlilik, tizimli uslub tushunchalari.

  2. Umumiy tadqiqotda tizimli yondashuvning ahamiyati.

  3. Tizimli yondashuvda farazni isbotlash yoki rad etish.

  4. Tizimli tahlil tushunchasi.

  5. Modellashtirish va uning turlari.

Ilmiy-tadqiqotni samarali yo‘lga qo‘yishda tizimlilik muhim ahamiyatga ega. Chunki tizimlilik ilmiy tadqiqotning о ‘z-o ‘ziga ta’sir qilish tamoyili uning yanada asosli dalillarga suyanishida muhim о‘rinni egallaydi. Ayni paytda, ilmiy tadqiqotning manbai bo‘lgan yangi nazariy bilimlar va texnologiyalar o‘zaro muvofiqlashgan holda ilmiymetodologik tizimni shakllantiradi. Shu ma’noda, har qanday ijodiy muhitda yangi bilimga ega bo‘lish darajasi cheklangan bo‘lsa, uning faolligi past darajaga tushib qoladi. Bunday ilmiy sayozlashish ilmiy faoliyatdagi dogmalashuvga yoki bo‘rttirilgan ilmiy fundamentalizmga olib keladi, ya’ni eski ilmiy andazalarga, me’yorlarga moslashib undan chiqib ketolmaslik haqiqatni bilishdagi konkret dalil va voqelikni aniqlashga to‘sqinlik qiladi. Demak, ilmiy tadqiqotda ushbu yo‘l bilan nafaqat aniq bir ilmiy maqsad to‘g‘ri tanlab olinadi, balki unga yetishish uchun bir-biriga adekvat bilimlar ham inkor qilinadi. Oqibatda esa yangi bilimlarga emas, balki eskilik sarqitlariga suyanib qolish holatlari ko‘p uchraydigan bo‘lib qoladi. Ayni paytda ijodiy izlanishlarini to‘g‘ri va samarali yo‘lga qo‘yishda insonning yuqori darajada bilimga ega bo’lishi yoki aksincha, tadqiqot jarayonidagi biron-bir qarorga tez kelishi, bir vaziyatdan ikkinchisiga tez ko‘nika olishi bilan belgilanadi. Masalan, ilm-fan, siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy hayotda ilmiytadqiqot faoliyatning ahamiyati tobora oshib borishi insonning erkin ijod qilish imkoniyati bilan bog’liq. Bu holat esa insonning ijodiy fikrlashining o‘sishiga, ruhiy zo‘riqishlardan ozod bo‘lishiga olib keladi. Bunday erkinlik ilmiy-tadqiqot faoliyatining namoyon bo’lish shakli sifatida insonga yangi ishonch, qo‘shimcha kuch beradi. Masalan, K.Popper o‘z davrida ilmiy ijodda ilmiylikni g‘ayriilmiylikdan spekulyativ ravishda ajratishni taklif qilish orqali falsifikatsiya tamoyilini ishlab chiqqan edi10.


Modellashtirish-borliqni bilvosita о ‘rganish usuli. Biron obyektning xususiyatlarini ularni о ‘rganish uchun maxsus tuzilgan boshqa obyektda qayta hosil qilishdir. Modellashtirish asosida tadqiq qilinayotgan obyekt bilan uning modeli o‘rtasidagi o‘xshashlik, muvofiqlik yotadi. Mazkur usul ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, obyektning o‘mini bevosita tadqiq etish mumkin boimagan, qimmat bo‘lgan, juda uzoq vaqt talab qiladigan va holatlarda modelga ehtiyoj paydo bo‘ladi.
Modellashtirish shakllari xilma-xil bo‘lib, foydalanilayotgan modellarga va modellashtirish qoilanayotgan sohaga bog’liq. Modellarning xususiyatiga qarab moddiy (predmetli) modellashtirish va ideal modellashtirish farqlanadi. Moddiy modeller tabiiy obyektlar hisoblanadi. Ular o‘z faoliyatida tabiiy qonunlar-fizika, mexanika qonunlariga bo‘ysunadi. Ideal modellar tegishli belgilar shaklida ifodalanadi. Muayyan obyektni moddiy (predmetli) modellashtirishda uni o‘rganish original bilan bir xil fizik tabiatga ega boigan ma’lum modelni tadqiq qilish bilan almashtiriladi (samolyot, kema va kosmik apparatlarning modellari). Ideal (belgili) modellashtirishda modellar grafiklar, chizmalar, formulalar, tenglamalar sistemalari, tabiiy va sun’iy til gaplari (timsollar) shaklida bo‘ladi. Hozirgi vaqtda matematik modellashtirish (kompyuterda modellashtirish) keng tarqalgan.
Hozirgi davr olimi – bu avvalo, professional va mutaxassis. Kunlarning birida о ‘zining butun taqdiri qo ‘lyozmaning mazkur joyidagi mana shu taxminlarni и to 'g'riyoki noto ‘g ‘ri ilgari surayotganiga bog'liq ekanligi haqida o'ylashga qodir bo'lmagan odam fan bilan shug'ullanmasligi kerak. Olim ilmiy faoliyatga o‘zining butun vujudi bilan berilishga qodir bo‘lishi lozim. «Ehtiros eng muhim omil - ilhomning dastlabki shartidir. Birgina mo‘ljal bilan hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Albatta, mo‘ljal ham dastlabki shartlardan biri hisoblanadi. Qo‘qqisdan paydo bo‘lgan faraz mehnat o‘mini bosmaydi. Boshqa tomondan, mehnat bunday farazning o‘rnini bosishga yoki majburiy keltirib chiqarishga qodir emas. Ehtiros ham bunga ojiz. Ko‘rsatilgan ikki omil va faqat birgalikda farazning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Biroq faraz u bizga kerak bo‘lgan paytda emas, o‘zi ma’qul ko‘rgan paytda paydo bo‘ladi. Ilmiy xodim har qanday ilmiy ishning yo‘ldoshi bo‘lgan tavakkalchilikni ham bo‘yniga olishi kerak. Ilm jabhasida faqat bir ishga xizmat qiluvchi odamgina shaxs hisoblanadi»11.



Download 117.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling