1-mavzu: «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» faninning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja


Download 117.88 Kb.
bet7/19
Sana26.01.2023
Hajmi117.88 Kb.
#1123469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
bugun1

Adabiyotlar
1. Шермухамедова Н.А. Илмий тадқиқот методологияси. Дарслик. – Т.: Фан ва технология, 2014.
2. Бурда А.Г. Основы научно-исследовательской деятельности: учеб. пособие (курс лекций) /А.Г.Бурда; Кубан. гос. аграр. ун-т. – Краснодар, 2015.
3. Горелов Н.А. Методология научных исследований: учебник для бакалавриата и магистратуры / Н.А.Горелов, Д.В.Круглов. – М.: Юрайт, 2016.
4. Мокий М.С. Методология научных исследований: учебник для магистратуры / М.С.Мокий, А.Л.Никифоров, В.С.Мокий; под редакцией М. С. Мокого. – М.: Юрайт, 2018.
6-MAVZU: ILMIY TADQIQOTDA NAZARIYANING O‘RNI
REJA:
1. Ilmiy nazariya tushunchasi va tuzilmasi.
2. Ilmiy nazariyaning asosiy vazifalari.
3. Ilmiy nazariyaning namoyon bo‘lish shakllari.
4. llmiy nazariyani shakllantirishda induktiv, deduktiv va deduktiv-gipotetik bilish usullarining ahamiyati.
5. Ilmiy nazariyani shakllantirishning asosiy mezonlari.

Nazariya — bu tabiat va jamiyat qonunlarining tushunishgagina emas, balki unga faol ta’sir etib aqliy asosda o'zgartirishlar kiritish haqidagi ilmiy g'oyalar to'plarnidir. Ilmiy bilishda nazariya hodisalarning muayyan turkumi, bu turkumdagi hodisalarning mohiyati va ularga nisbatan amal qiladigan borliq qonunlari haqidagi bilimlarning mantiqiy asoslangan va amaliyot sinovidan o'tgan tizimi sifatida ham talqin etiladi. U o‘rganilayotgan hodisalarning mazmunini yorituvchi tabiat va jamiyat umumiy qonunlarining kashf etilishi natijasida shakllanadi. Nazariya tarkibiga uning asoslari sifatida mavjud boigan va yuzaga kelishini belgilagan barcha elementlar kiradi. Dastlabki nazariy negiz, ya’ni jamuljam holda tadqiqot obyekti haqida umumiy tasawumi, obyektning ideal modelini tashkil etuvchi ko‘p sonli tamoyillar, aksiomalar, qonunlar nazariyaning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Nazariy model ayni vaqtda asosiy nazariy tamoyillar tizimiga tayanuvchi kelgusi tadqiqotlar dasturi hamdir.


Hozirgi kunda subyektning faolligiga hech kim shubha qilmaydi. Chunki turli-tuman nazariyalarning hammasi insonning mehnat mahsulidir. Ilmiy-ijodiy izlanishlarda nazariya tushuntirish, bashorat qilish, amalda sinash va sintez qilish kabi muhim funksiyaiami bajaradi. Jumladan, nazariya ilmiy dalillar tizimini tartibga soladi, ularni o'z tarkibiga kiritadi va о‘zini tashkil etuvchi qonunlar va tamoyillardan oqibatlar sifatida yangi dalillarni yaratadi. Puxta ishlab chiqilgan nazariya fanga maium boimagan hodisalar va xossalarni bashorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Nazariya odamlar amaliy faoliyatining negizi bo‘lib xizmat qiladi, ularga tabiiy va ijtimoiy hodisalar dunyosida yo‘l ko'rsatadi. Nazariyada ilmiy g‘oyalar, ya’ni unda aks ettirilgan obyektlar turkumi doirasida amal qiluvchi fundamental qonuniyatlar haqidagi bilimlar markaziy o‘rinni egallaydi. Ilmiy g‘oya mazkur nazariyani tashkil etuvchi qonunlar, tamoyillar va tushunchalarni mantiqan izchil yaxlit tizimga birlashtiradi. Odatda, sabablarni aniqlash o'rganilayotgan obyektning mohiyatini ochish bilan bog`liqdir. Nazariyaning vazifasi sababni aniqlagan holda hodisaning tabiatini tushuntirishdan iborat.
Ilmiy nazariyani shakllantirishda unda foydalaniladigan atamalarni aniqlash muhim. Aniqlash protseduralari ikki asosiy vazifani bajaradi: 1) mavjud nazariyaga yangi atamalarni kiritish; 2) biror atamani uni boshqa atamalar vositasida tavsiflash orqali ma’nosini namoyon qilish.
Shunga mos ravishda ikki kompleks masala yuzaga keladi: atamalar kiritishga oid masalalar va atamalarning boshqa atamalar orqali aniqlanishiga oid masalalar. Shunday ham bo‘lishi mumkinki, nazariyaning biror atamasi «ortiqcha»lik qiladi. Bunda bu atamaga tegishli tushunchani qolgan tushunchalar orqali ifodalash mumkin. Boshqacha so‘z bilan aytganda, nazariyani boshqa atamalar orqali aniqlanmaydigan atamalar sonini kamaytirish yo‘li bilan soddalashtirish mumkin.
Garchi intuitsiya deduktiv nazariyaning muhim bo‘g‘inlarini ko‘rsatib bersa-da, u bizni ularni isbotlash zaruriyatidan xalos etmaydi. Bevosita, kutilmagan va anglab yetilmagan bilim sifatida intuitsiya quruq joyda emas, balki vazifalarni yechish, yechimni «intuitiv» topishni belgilaydigan muayyan asoslar mavjud bo‘lgan holda yuzaga keladi.

Download 117.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling