1-mavzu: «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» faninning predmeti, maqsadi va vazifalari Reja
Download 117.88 Kb.
|
bugun1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dunyoni bilish zaruriyati
- Ilmiy tadqiqot olib borish uchun zarur talab va imkoniyatlar
Fanni o‘qitishning maqsadi ilmiy tadqiqot asoslarini yoritish, magistrlarni ilmiy ish olib borishga doir bilim ko‘nikma va malakalarni yuksak darajada rivojlantirishdan iborat.
Ushbu maqsadni amalga oshirishda dunyoni ilmiy bilish nazariyalari haqidagi tushunchaga ega bo‘lish, metod va uning turlari, ilmiy tadqiqot mazmuni, tarkibiy qismi haqida bilim ko‘nikmalari hosil qilishga qaratilgan vazifalar bajariladi. Dunyoni bilish zaruriyati – ilmiy taqiqot olib borishning birlamchi shartidir. Chunki bilish bilan noma’lum narsa va hodisalar kashf qilinadi. Fan bilishning va ilmiy bilishning maxsus shakli hisoblanadi4. Inson o‘zining ijodiy kuzatish, izlanishlari va tadqiqotlari asosida dunyoni ma’lum ma’noda o‘zgartiradi va o‘zini yaratuvchi, ijodkor, kashfiyotchi tadqiqotchi sifatida namoyon etadi. Ijod va uning barcha turlari (badiiy, texnikaviy, ilmiy va boshqalar) haqidagi ilmiy bilimlarning rivoji uning mohiyatiga nisbatan turlicha falsafiy talqinlarning shakllanishiga olib kelgan. Bu esa, ijodiy faoliyat doirasida erishilgan ilmiy izlanishlar natijalariga tayangan holda uning mazmuniga aniqlik kiritish, ilmiy asoslangan ta’rifni ishlab chiqishni taqozo qilmoqda. Ilmiy tadqiqot faoliyati insonga o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini baholashga amaliy yordam beradi, ya’ni agar inson haqiqiy olim bo‘lishni istasa, o‘zining ehtiros va intilishlarini boshqarishi, oqilona, samarali va optimal qarorlar qabul qilishi, ezgulikka xizmat qiladigan evristik faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lishi lozim. Bunday faoliyatning natijasi kashf qilish, yaratuvchanlik sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu holat, ilmiy-ijodiy faoliyatni tahlil qilish, tushunish va unga baho berishda yangidan-yangi imkoniyatlarni ochadi. Shu nuqtai nazardan ham ilmiy tadqiqot jarayoniga oid yondashuvlarni yanada chuqurroq tadqiq etish, uning o‘ziga xos xususiyatlarini izlab topishga yordam beradi. Ilmiy tadqiqot olib borish uchun zarur talab va imkoniyatlar – quyidagilar: 1)ilmiy tadqiqot olib borish uchun zarur bo‘lgan ilmiy mavzusi va ilmiy rejasi, asosnomasi; 2) tanlangan ilmiy mavzu uchun materiallar va zarur adabiyotlarning mavjudligi va mavzu doirasida boshqa ilmiy tadqiqotlarning bajarilmaganligi; 3) mavzu bo‘yicha ilmiy dalillarning mavjudligi; 4) ilmiy va amaliy asoslarda reja tuzilganligi. Ilmiy tadqiqot olib borishning metodologik asoslari – tadqiqot olib borilayotgan mavzu doirasida ma'lum bir darajada tadqiqotlar olib borilganligi, shu tadqiqotlarda ma'lum metodlarning qo‘llanilganligi, shu mavzuda kuzatishlar ma'lum me'yorlar ko‘rinishga kelganligi va ilmiy tadqiqot sohasining xususiyatlari ma'lum bir darajada talqin hamda tahlil etilgan adabiyotlarning mavjudligidir. Ilmiy tadqiqotning namoyon bo‘lish shakllari. Ilmiy tadqiqot jarayonida inson mohiyatan o‘zligini anglaydi. Bu bilan inson nafaqat tashqi muhitda, balki o‘z ruhiyatida ham o‘zgarish yasaydi. Ilmiy ijod hilma-hil ma'naviy-madaniy ehtiyojlarni qondirish bo‘yicha son-sanoqsiz vazifalarni hal qilishga yo‘naltirilgan faoliyatdir. Ilmiy tadqiqot jarayonida erkin bo‘lish - moneliksiz ijod qilish, yangi ilmiy bilimlarni olish va qayta ishlashda obyektiv va xolis bo‘lish muhimdir. Olimlar o‘z ilmiy faoliyatining maqsadlari va metodlariga o‘zlari axloqiy nuqtai nazardan baho berishlari, axloqiy meyorlarni buzish bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqotlardan voz kechishlari lozim. Download 117.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling