1-mavzu: innovatsion jarayonlar rivojining zamonaviy tendensiyalari. Ta’lim sifatini oshirishda o‘qituvchining innovatsion faoliyati
Download 179.06 Kb.
|
1-mavzu innovatsion jarayonlar rivojining zamonaviy tendensiyal
Ta’limning uzluksizligi tamoyili ta’lim oluvchilarning kasbiy sifatlarga ega bo‘lishlari, mavjud sifatlarning hayotiy faoliyat davomida takomillashib borishini nazarda tutadi. Shaxsga uning butun umri uchun asqotishi mumkin bo‘lgan bilimlarni berish mumkin emas, zero, mavjud bilimlar har besh-o‘n yil mobaynida o‘zgarib, mazmunan boyib boradi. Demak, mazkur tamoyil o‘qituvchining o‘z faoliyatida mustaqil ta’limni tashkil etishga e’tibor berishi, pedagog yetakchiligini ta’minlagan ta’limdan talabalarning mustaqil bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berishni ifodalaydi.
Faoliyatli yondashuv tamoyili nazariya va amaliyotning didaktik bog‘liqligiga asoslanadi. Didaktika nazariyasida bilim tushunchasi quyidagi ikki xil ma’noda izohlanadi: a)ta’lim oluvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilimlar; b) ular tomonidan o‘zlashtirilib, amaliy faoliyat jarayonida qo‘llaniladigan, shaxsiy tajribaga aylangan bilimlar. Bilimlar faoliyat jarayonida mustahkamlanadi, shu sababli talabalarda nazariy bilimlarni amalda qo‘llay olish iqtidorini tarbiyalash lozim. Amaliyotdagi tadbiqiga ega bo‘lmagan bilimlar tez orada unutilib yuboriladi. Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samaradorligini baholash ham muhim ahamiyatga ega. Pedagogik texnologiyalarning imkoniyatidan kelib chiqqan holda ularni amaliyotga tatbiq etishning samaradorligini bir qator mezonlar bilan aniqlash mumkin. Ular quyidagilardir: ta’lim, tarbiya va shaxsni rivojlantirish vazifalarining o‘zida yaxlit ettira olishi; o‘zida zamonaviy fan va texnika darajalarini ifodalay olishi; g‘oyaviy jihatdan talabalarning yosh va psixologik xususiyatlariga mos kelishi; o‘quv materialining zarur axborotlar bilan to‘liq ta’minlanganligi; o‘qitish jarayonida rang-barang metod va vositalarni qo‘llash imkoniyatini ta’minlaganligi; ta’limning ko‘rgazmaliligi va barcha uchun ochiqligini ta’minlash tamoyiliga egaligi; ko‘p funksiyali ta’lim vositalaridan foydalanish va ularni oson ekspluatatsiya qilish imkoniyatining mavjuligi; pedagogning talabalarga mustaqil ishlarni samarali tashkil etishga ko‘malashish darajasi. O‘qitish tizimida pedagogik texnologiyalarini samarali qo‘llash pedagogning kasbiy kompetentligiga ham bog‘liq. Shu sababli pedagogik texnologiyalarning samaradorligini pedagog tomonidan ularning qo‘llanilishiga ko‘ra ham baholash mumkin. Bunda quyidagi mezonlar muhim ahamiyatga ega: pedagogning texnologik madaniyatga egaligi; pedagogning pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida tajribaga egaligi; pedagog tomonidan pedagogik texnologiyalarga “ijodiy” o‘zgarishlar kiritilishi va ularning qayta shakllantirilishi; pedagogik texnologiyalarni ta’lim amaliyotiga tatbiq etishda o‘qitiuvchi va talabalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik negizida muvaffaqiyatli vaziyatlarning qaror topganligi; pedagogik texnologiyalarning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik; peagogik texnologiyalarning talabalar va pedagoglarning kasbiy rivojlanishini ta’minlashdagi imkoniyatlarga egaligi; talabalar o‘quv-bilish faoliyatining ijobiy ahamiyat kasb etishi. Download 179.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling