1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va


Download 0.59 Mb.
bet78/82
Sana30.01.2024
Hajmi0.59 Mb.
#1816857
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
Bog'liq
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va-www.hozir.org

7.13-jadval

Zaxira va xarajatlarni qoplashga tegishli manbalar bilan ta’minlanganlik tahlili



Ko‘rsatkichlar

Yil boshiga


Yil oxiriga


Farqi (+; –)


A

B

D

E

F

1

O‘zlik mablag‘larning manbalari


201292

234146

32854

2

Uzoq muddatli aktivlar


251184

265548

14364

3

Zaxira va xarajatlarni qoplashga tegishli o‘zlik


manbalari (1-2)

–49892

–31402

18490

4

Zaxira va xarajatlarni qoplashga tegishli uzoq


muddatli qarz mablag‘lari

118815

113768

–5047

5

Zaxira va xarajatlarni qoplashga tegishli uzlik va uzoq muddatli qarz mablag‘lari (3+4)


68923

82366

13443

6

Qisqa muddatli kredit va qarzlar


7849

9945

2096

7

Zaxira va xarajatlarni qoplashga tegishli o‘zlik va


uzoq muddatli qarz mablag‘lari (5+6)

76772

92311

15539

8

Zaxira va xarajatlarning jami


7946

12216

4270

9

Zaxira va xarajatlarni qoplashga o‘zlik manbalarning yetarliligi yoki yetishmasligi (3-8)


–57838

–43618

14220

10

Zaxira va xarajatlarni qoplashga o‘zlik va uzoq muddatli qarz manbalarining yetarliligi yoki yetishmasligi (5-8)


60977

70150

9173

11

Zaxira va xarajatlarni qoplashga jami manba- larning yetarliligi yoki yetishmasligi (7-8)


68826

80095

11269

7.13-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, korxonada zaxira va xarajatlarni qoplashga o‘zlik manbalar yetarli emas, biroq yil oxirida bu borada sezilarsiz ijobiy o‘zgarish mavjud. Bu borada o‘zlik va qarz manbalarini, hamda jami manbalarning yetarliligi ta’minlangan. Hatto, ular o‘tgan yilga nisbatan ko‘paygan.

Demak, korxona o‘zlik manbalarini ko‘paytirish ustida chora-tadbirlarni belgilashi kerak. Bu bilan zaxira va xarajatlarni o‘z hisobidan moliyalashtira olish holatiga ega bo‘ladi.


Xulosa qilib aytganda, tahlil obyekti bo‘yicha xo‘jalik me’yor darajasida barqarorlikka ega.
Korxonaning moliyaviy holatini belgilovchi eng muhim ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat:
  1. Jami mablag‘dagi xo‘jalikning o‘ziga qarashli mablag‘ ulushi:


Xo‘ jalikning o‘ ziga qarashli mablag‘ i


(O‘ z mablag‘ lari manbayi) .
Jami mablag‘ (balans jami)
Bunda o‘ziga qarashli mablag‘ ulushi qanchalik ko‘p bo‘lsa, moliyaviy barqarorlik shunchalik yuqori bo‘ladi.

  1. Xo‘jalikdagi qarzga olingan mablag‘lar bilan o‘ziga qarashli mablag‘ o‘rtasidagi nisbat:




Qarzga olingan mablag‘ . O‘ ziga qarashli mablag‘
Ko‘rsatkichning pasayib borishi bu borada moliyaviy barqarorlik yaxshi- lanayotganligini bildiradi.

  1. Uzoq muddatli qarzlardan foydalanish koeffitsiyenti:




U zoq muddatga olingan qarz mablag‘ i .
Xo‘ jalikning o‘ ziga + U zoq muddatga olingan
qarashli mablag‘ qarz mablag‘ i
Ushbu ko‘rsatkichning 0,5 dan 0,1 ga qarab pasayishi bu boradagi ijobiy holatni ifodalaydi.

  1. Korxonaning o‘ziga qarashli mablag‘larining chaqqon harakatchanlik koeffitsiyenti:




O‘ ziga qarashli aylanma mablag‘ .
O‘ ziga qarashli jami mablag‘
0,1 dan yuqori bo‘lishi ijobiy moliyaviy holatni aks ettiradi.

  1. Eskirishning jamlanish koeffitsiyenti (immobilizatsiya):




Asosiy vositalarning eskirish summasi .
Asosiy vositalar qiymati
Bu ko‘rsatkich 0,5 dan kichik bo‘lshi asosiy vositalarning yaroqliligini

ko‘rsatib beradi.


  1. Xo‘jalikdagi jami mulkning harakatchanligi (chaqqonlik) koeffitsiyenti:




Aylanma mablag‘ lar .
Jami mulk
Mazkur ko‘rsatkich mablag‘larning aylanishdagi qismini ifodalaydi.

Ushbu ko‘rsatkichlarni tahlil qilish xo‘jalikning moliyaviy holatini aniqlash va uning ahvolini baholashga yordam beradi. Agar ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi ijobiy tomonga yo‘nalgan bo‘lsa, demak, moliyaviy holat mustahkamlanib borayotganini bildiradi.


Shuningdek, moliyaviy holat tahlilida korxona mablag‘larining likvidlilik darajasi, uning to‘lov qobiliyati, aylanma mablag‘larning aylanishi, pul oqimlari, xususiy kapital, asosiy vositalar holatidagi o‘zgarishlar keng ko‘lamda o‘rganiladi.
Moliyaviy holat tahlili natijalari kompleks baholanadi.

        1. Download 0.59 Mb.

          Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling