1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va
Download 0.59 Mb.
|
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.1-chizma. Xo‘jalik subyektlarida boshqaruv tahlilni tashkil etishning tizimli shakli.
Boshqaruv tahliliKorxonani to‘g‘ri boshqarish belgilangan maqsadga erishishning ilmiy asoslangan yo‘lidir. Obyektlarda boshqaruv ta’sirini oshirish, uning samaradorligini ta’minlashda ko‘p turdagi vositalar bilan birgalikda iqtisodiy tahlil ham o‘zining o‘rni va ahamiyatiga ega. Xususan, hisob tizimida tahlil vositasida ma’lumotlar yig‘ilib, qayta ishlanadi hamda ularning foydaliligi oshirilib, qaror qabul qilish uchun ichki boshqaruvchilarga, menejerlarga, xodimlarga va boshqa shu kabilarga yetkazib beriladi. Boshqaruv subyektlari foydali ma’lumotlar asosida tegishli qarorlar qabul qilib faoliyatni davom ettiradilar. Shu tarzda boshqaruv funksiyasi o‘z ilmiy asosiga ega bo‘ladi. Chunki, tahlil ma’lumotlari asosida jarayonlar rejalashtiriladi, nazorat qilinadi, o‘zgartirishlar kiritiladi yoki muvofiqlashtiriladi, natijalar aniqlanadi va istiqbollar belgilab boriladi. Boshqaruv tahlili – korxonada mablag‘lar va boshqa resurslardan samarali foydalanish yo‘llarini, omillarini, imkoniyatlarini ko‘rsatuvchi hamda qarorlarini qabul qilishda ilmiy asos bo‘ladigan faktlarni beruvchi tahlil turidir.
Xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlarning yuqoridagi tartibda shakllanishi va tahlil qilinishi korxonadagi barcha boshqaruv obyektlarini kuzatish, o‘rganish hamda tezlik bilan ularga ta’sir etish imkoniyatini beradi. Lekin boshqaruv tahlili kompleks, tizimli hamda tezkor tahlillardan amalga oshishi bilan jiddiy farq qiladi. Mazkur tahlil korxonadagi barcha obyektlarni faoliyat boshlanishidan oldin va u davom etishi bilan birgalikda uzluksiz olib boriladi. Ya’ni hisobot yilida boshlanib, xuddi shu yil tugashida nihoyasiga yetadi va shunday ko‘rinishda takrorlanaveradi.
Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling