1-mavzu. Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborotlarning roli, xususiyati va xarakterli turlari reja


Iqtisodiy axborot strukturasi. Tizim tushunchasi. Kibirnetik tizim. Boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimlar


Download 1.79 Mb.
bet30/73
Sana12.02.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1192020
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73
Bog'liq
1-mavzu lotin

5. Iqtisodiy axborot strukturasi. Tizim tushunchasi. Kibirnetik tizim. Boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimlar.


Hozirgi kunda barcha axborotlarni nisbiy holda quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1. Texnik axborot.
2. Agrobiologik axborot.
3. Siyosiy axborot.
4. Huquqiy axborot.
5. Iqtisodiy axborot va boshqalar.
Axborotning turlari o’zaro bog’lik bo’lib, bir-birini to’ldirib boradi. Bu axborotlar ichida iqtisodiy axborot asosiy hisoblanib, ular hajmining 80% ni tashkil qiladi.
Hozirgi kunga qadar axborot turkumlanishining yagona tizimi yaratilgan emas. Umumiy holda iqtisodiy axborot quyidagi belgilarga ko’ra guruhlarga ajratiladi.

  1. Boshqarish funksiyalariga ko’ra: rejalashtirish, hisobot olish, nazorat qilish, iqtisodiy taxlil.

  2. Faoliyat ko’rsatish sohasiga ko’ra: qishloq xo’jaligi; sanoat; savdo; transport; aloqa.

  3. Turg’unlik darajasiga ko’ra: doimiy, shartli doimiy, o’zgaruvchan.

  4. Obyektga taalluqligiga ko’ra: ichki, tashqi axborot;
    kiruvchi, chiquvchi axborotlarga bo’linadi.

  5. To’liqlik darajasiga ko’ra: yetarli; to’liq bo’lmagan; ortikcha.

  6. Ifodalanish usuliga ko’ra: harf-raqamli; jadvalli; chizmali; signalli axborotga bo’linadi.

Boshqarish funksiyalaryi ifodalovchi axborotlar og’zaki va yozma ko’rinishda berilishi mumkin. Og’zaki ko’rinishdagi axborot obyektini boshqarishning operativ bosqichida xarakat qiladi. Bunday axborotlar - telefon, diktofon, kabi vositalar yordamida uzatilishi mumkin. Og’zaki usulda berilgan iqtisodiy axborot harakat nuqtai nazaridan chegaralangan va yuridik huquqga ega emas. Shu sababli ham har qanday xo’jalik operasiyasini ifodalovchi axborot bironta tashuvchida qayd qilinishi lozim. Axborotlarni qayta ishlash natijasida tegishli boshqarish qarorlari ishlab chiqiladi. Axborotlarni qayta ishlash jarayonlari bir qancha amallarni o’z ichiga oladi va ular quyidagi bosqichlarga biriktiriladi.
1. Asosiy bosqichlar;
2. Yordamchi bosqichlar;
3. Nazorat bosqichlari.
Asosiy bosqichlar bevosita axborotlarni qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi amallarni o’z ichiga oladi. Bu bosqich yuqori darajada avtomatlashtirilgan bo’lib, quyidagi amallardan tashkil topadi.
1. Axborotlarni uzatish.
2. Axborotlarni qabul qilish.
3. EHMga kiritish.
4. EHMda bevosita ishlash.
5. Natija olish.
6. Foydalanuvchiga yetkazish.
Yordamchi bosqich amallari axborotlarni qayta ishlash jarayonining sifatiga ta’sir ko’rsatadi. Bu bosqich quyidagi amallarni o’z ichiga oladi:

  1. Axborotlarni o’lchash.

  2. Qayd qilish.

  3. Mashina tashuvchilarga o’tkazish.

  4. Birlamchi hujjatlarni qabul qilish.

  5. Axborotlarni saqlash.

  6. Nazorat bosqichi quyidagi amallarni o’z ichiga oladi:

  7. Qabul qilingan axborotlarni tekshirish.

  8. Amallarni bajarilishini nazorat qilish.

  9. Xatolarini to’g’rilash.

Xalq xo’jaligini boshqarishning barcha jarayonlarida boshqarishning iqtisodiy usullariga o’tish, kibirnetika, murakkab tizimlar nazariyasi, axborotning rivojlanishi iqtisodiy boshqarish usullarini takomillash-tirishning nazariy bazasini yaratadi. Boshqarish qayta qurilmasisiz hozirgi zamonda mahsulotninng bir me’yorda chiqarilishiga, bank richaglaridan samarali foydalanishga, korxona, muassasa, birlashmalar ishlarining samaradorligini oshirishga erishib bo’lmaydi.
Tizim ma’lum munosabatlar bilan bir-biri bilan bog’liq bulgan turli elementlar to’plamidir. Elementlar orasidagi o’zaro aloqaning mafjudligi tizimning maxsus xossasini aniqlaydi. Bu xossa shunday xossalarning kelib chiqishiga olib keladiki, ular tizimning alohida elementlariga tegishli bo’lmaydi.
Hozirgi davrda fan va texnikada ko’p qo’llaniladigan tushunchalardan biri - tizimdir. Tizim - yunoncha so’z bo’lib, tashkil etuvchilardan iborat bir butunlik degan ma’noni anglatadi. Tizimlarni ularning turli belgilariga qarab turkumlash mumkin. Umuman olganda, tizimlar moddiy yoki mavhum bo’lishi mumkin (mavhum - inson ongi ma’suli).

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling