5-mavzu:Boshqarishda axborotlarni yetkazish, taqdim etish shakl va usullari. Iqtisodiy axborotlarni boshqarish jarayonlari
Reja:
1.Boshqarishda axborotlarning turlari. Axborotlarni yetkazish shakl va usullari.
2.Boshqarishda axborotlarni tuzishda qo’yiladigan asosiy talablar.
3.Axborotlarga ishlov berish va ularni boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun tayyorlash.
4. Iqtisodiy axborotlarni boshqarish tizimi jarayonlari.
5. Iqtisodiy axborot strukturasi. Tizim tushunchasi. Kibirnetik tizim. Boshqa-riluvchi va boshqaruvchi tizimlar.
6. Boshqaruv faoliyatida axborotlar asosida boshqaruvni tashkil qilishning ahamiyati.
Tayanch iboralar: axborot bosqichlari, boshqarish jarayonlari, bosh-qarish tizimi, kibernetik tizim, murakkab tizimlar, kichik tizim. axborot bosqichlari, boshqarish jarayonlari, boshqarish tizimlari, murakkab tizimlar.
1.Boshqarishda axborotlarning turlari. Axborotlarni yetkazish shakl va usullari.
Axborotlar o’z manbalarga ko’ra ikki turga bo’linadi:
ichki axborot, tashqi axborot
Ichki axborot - korxonaning iqtisodiy holatini aniqlashga imkon beradi. Bunday axborotlar ixtisoslashtirilgan bo’linmalarda umumlashtiriladi. Statistik buxgalteriya, Moliyaviy hamda ta’minot va realzasiya haqidagi, shu bilan birga shtablar haqida ma’lumotlar iqtisodiy axborotlarga kiradi. Bu axborotlar har bir korxona uchun zarur bo’lib, ular raxbarlarga turli kanallar orqali yetkaziladi.
Tashqi axborot- yuqori raxbar organlaridan keladi va korxona faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi. Ular turli qonunchilik aktlari, farmo-yishlar, yuqori organlar aktlari, nazorat, taftish ko’rsatmalari, me’yorlari, normativlari kiradi.
Axborotlar o’zlarining xususiyatlariga, yo’nalishiga qarab ilmiy texnik va iqtisodiy axborotlarga va shu bilan birga boshqaruv haqidagi axborotlarga ajratiladi. Ilmiy texnik va iqtisodiy axborotlar fan va texnika haqidagi, iqtisodiyotdagi oxirgi yangiliklar haqida ma’lumot beradi. Fan texnika axborotlari asosan ilmiy izlanishlari olib boruvchi muassasalarning faoliyati natijalaridir. Ba’zilar bunday axborotlarni strategik axborotlar ham deb atashadi.
Boshqaruv haqidagi axborotlar boshqaruv nazariyasi to’g’risidagi axborotlargina emas, balki boshqaruv amaliyotiga ta’lluqli bo’lgan axborotlarni ham o’z ichiga oladi. Masalan: matematik usullar, sosiologiya, psixologiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |