1-mavzu. Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborotlarning roli, xususiyati va xarakterli turlari reja


-mavzu. Iqtisodiy axborotlar tizimi va ularning turlari


Download 1.79 Mb.
bet35/73
Sana12.02.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1192020
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73
Bog'liq
1-mavzu lotin

6-mavzu. Iqtisodiy axborotlar tizimi va ularning turlari
REJA:
1. Iqtisodiy axborotlar tizimi
2. Iqtisodiy axborotlarning turlari. Axborot tizimi: qo’lda qilinadigan, avtomatlashtirilgan va avtomatik axborot tizimlari.
3.Statistika, buxgalteriya, ofisni avtomatlashtirish, bilimlarni qayta ishlash, boshqaruv qarorlarini qo’llab quvvatlash va strategik axborot tizimlari.
Tayanch iboralar: axborot, iqtisod, tizim, iqtisodiy axborot tizimi , boshqaruv tizimi, direktiv axborot, statistika axborot tizimi, buxgal-teriya axborot tizimi, strategik axborot tizimi.


1. Iqtisodiy axborotlar tizimi
Axborotlar tizimlari jamiyat paydo bo’lgan paytdan boshlab mavjud bo’lgan, chunki rivojlanishning turli bosqichida jamiyat o’z boshqaruvi uchun tizimlashtirgan , oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan . Bu, ayniqsa ishlab chiqarish jarayonlari – moddiy va nomoddiy nematlarni ishlab chiqarish bilan bog’liq jarayonlarga tegishlidir, chunki ular jamiyat rivoji uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jaryonlari tezkor takomillashadi. Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish ham murakkablashadiki, o’z navbatida, u axborotlar tizimini takomillashtirish va rivojlantirishni talab qiladi. Iqtisodiy axborot tizimi nima ekanligini tushunib olish uchun iqtisodiy obyektni boshqarish tizimida tutgan o’rnini aniqlab olish lozim. Bunday obyekt moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish bilan bog’liqdir.
Boshqarishga ehtiyoj umumiy maqsadlarga erishish uchun birlashgan jamoaning ayrim a’zolari hatti - harakatini muvofiqlashtirish zarurati tug’ilgandagina yuzaga keladi. Bunday maqsadlar quyidagicha bo’lishi mumkin: raqobat ko’rashida, boshqaruv obyektining yaxshi ishlashi yoki omon qolishi, eng ko’p foyda olish, halqaro bozorga chiqish va hokazolarni ta’minlashdir.
Boshqaruv tizimi boshqaruv obyekti yig’indisini (masalan, korxonalar) va boshqaruv subyekti, boshqaruv apparatini o’zida nomoyon etadi, so’nngisi rejalarni ishlab chiquvchi, qabul qilingan qarorlarga talablarni moslashtiruvchi, shuningdek ularning bajarilishini nazorat qiluvchi xodimlardan tashkil topadi, boshqaruv obyekti vazifasiga esa boshkaruv apparati ishlab chiqqan rejalarni bajarish kiradi, ya’ni boshqaruv tizimining o’zi shu ishlarni bajarish uchun tuzilgandir.
Boshqaruv tizimining ikkala komponenti to’g’ri va aks aloqalar bilan bog’langan. To’g’ri aloqa boshqaruv apparatidan boshqaruv obyektiga yo’naltirilgan direktiv axborot oqimida ifodalanadi, aks aloqa teskari yo’nalishda yuboriluvchi qabul qilingan qarorlarning bajarilishi haqidagi hisobot axborot oqimida o’z aksini topadi .
Direktiv axborot boshqaruv apparati tomonidan yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyat, atrof muhit haqidagi axborot va boshqaruv maqsadlariga muvofiq holda yaratiladi. Hisobot axborot i boshqaruv obyekti tomonidan shakllantiriladi va ichki iqtisodiy vaziyat, shuningdek, unga tashqi muhit darajasi (to’lovlarning ushlab qolinishi, energi uzatish, obyekt – havo sharoitlari, ijtimoiy – siyosiy vaziyatlarning buzilishi va boshqalar)ni aks ettiradi.
Axborotlar tizimi aniq bir obyektlar uchun yaratiladi, samarali axborotlar tizimi boshqarish, amaliy sohalar darajalari o’rtasidagi farqlarni, shuningdek tashqi holatlarni e’tiborga oladi va boshqarish funksiyasini samarali amalga oshirish uchun zarur bo’lgan axborotnigina beradi.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling