1-mavzu. Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborotlarning roli, xususiyati va xarakterli turlari reja


Menejment axborot tizimida kompyuterlarni qo’llash


Download 1.79 Mb.
bet43/73
Sana12.02.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1192020
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   73
Bog'liq
1-mavzu lotin

2. Menejment axborot tizimida kompyuterlarni qo’llash.
Axborot jarayonida kompyuterlar juda katta muvaffaqqiyat qozondi, chunki ular ma’lumotlarni tez va aniq hisoblashi, sinflarga ajratish, saqlash, turlarga ajratish va yig’ish kabi ishlarni a’lo darajada amalga oshiradi. Shuning uchun kompyuterlar menejment axborot tizimida muhim komponentlardan biriga aylandi. Ko’plab firmalar o’zlarining yillik daromadini 8% ni telekomunikasiya, kompyuter va boshqa texnologiyalarga sarflaydi. Bunday sarflar 1992 yili Amerikada barcha kapitalning 15% ga yaqinini tashkil etdi va 1980 yildan 8% ko’p demakdir. Dunyo bo’yicha 1992 yilda kompyuter texnologiyasiga 350 mln dollar sarflandi, ishlovchilarni kompyuterga o’qitish uchun Amerikada korxona 2-5 mln dollar atrofida sarflaydi.
Kommunikasiya vositalarining rivojlanishi ofis texnologiyalarini avto-matlashtirish mutaxassis va boshqaruvchilarni qiziqtirib qoldi. Ular bunda o’z mehnati mahsuldorligini oshirish imkoniyatlarini ko’rdilar. Avtomatlashtirilgan ofis firma boshqaruvining barcha darajadagi menejerlari uchun faqat xodimlar ichki firma aloqasini qo’llab quvvatlashi uchungina emas, balki ularga tashqi muhit bilan kommunikasiya vositalarini taqdim etishi jihatidan ham diqqatni o’ziga tortadi.


3. Avtomatlashtirilgan ofisning axborot texnalogiyasi.
Avtomatlashtirilgan ofisning axborot texnologiyasi bu- kommunikasiya jarayonlarini ham tashkilot ichida, ham tashqi muhit blan aloqa uzatish va u bilan ishlashning kompyuter tarmoqlari va boshqa zamonaviy vositalar negizida tashkil etsh va qo’llab quvvatlashdir.
Ofisli avtomatlashtirilgan texnologiyalar boshqaruvchilar, mutaxassislar, kotibalar va xodimlar tomonidan foydalaniladi, ular ayniqsa muammolarni guruhiy hal etish uchun etiborga loyiqdir. Ular kotiblar va xodimlar mexnati samaradorligini oshirishga va oshib borayotgan ish hajmini bajarishga imkon beradi, biroq bu afzalliklar muammolarni hal etish uchun qurol sifatida ofisni avtomatlashtirib foydalanish imko-niyatiga qiyoslaganda ikkinchi darajalidir. Ancha takomillashgan kommunikasiya tufayli menejer qabul qiladigan qarorlarning yaxshilanishi firma iqtisodiy o’sishini ta’minlaydi.
Hozirgi paytda ofisni avtomatlashtirish texnologiyasini ta’minlovchi kompyuter va nokompyuter texnologiyalari uchun bir necha o’nlab dasturiy mahsulotlar ma’lum: matnli prosessor, jadvalli prosessor. Elektron pochta, elektron kalendar, audiopochta, kompyuterli va telekonferensiyalar, videomatn. Tasvirni saqlash, shuningdek boshqaruv faoliyatining maxsus dasturlari: hujjatlarni yuritish, buyruqlarni ijro etish uchun nazorat va boshqalar kiradi.
Shuningdek, kompyuterli vositalar: audio va videokonferensiyalar, kseroks va boshqa orgtexnika vositalaridan ham keng foydalaniladi. “Amerikaning ishi – biznesdir”, degan edi prezident Kalvin Kulij 60 yil muqaddam. Hozirgi kunda Amerikaning ishi - axborotni qayta ishlashdir. Kulij davrida bu ish bilan shug’ullangan "oq yoqalilar" mamlakat ishchi kuchining ta’minan choragini tashkil etgan, hozir esa 60 % dan oshdi.
Axborot dunyosiga tegishli xizmatchilar sonining oshib borishi bilan, ularning ish joyi - ofislari ham o’zgarmoqda. Bu, mikroelektronika va aloqa vositalari sohasidagi texnik inqilob natijasidir. Nima uchunligi tushunarli: ishbilarmonlar ishxonasi - bu avvalo axborotni to’plash, saqlash, izlash, tahlil qilish va taqsimlash amalga oshiriladigan kom-munikasiya markazidir. AQSh Texnikani baholash byurosi ma’lumotlariga ko’ra, amerika biznesi sohasida har yili 400 milliard hujjat qayta ishlanadi va bu raqam har yili 72 milliardga oshib boradi. Baxtimizga komp’yuter va telekommunikasiya vositalari kompyuter xotirasining bir blokida milliardlab belgilarni saqlash va axborot oqimini sekundiga bir necha million belgi tezligida ko’chirib o’tkazish imkonini beradi.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling