Strategik axborot tizimi - tashkilot rivojlanishining strategik istiqbolli maqsadlarini amalga oshirish bo’yicha qarorlar qabul qilishni qo’llab quvvatlashni ta’minlovchi kompyuterli axborot tizimidir.
Shunday vaziyatlar ma’lumki, unda axborot tizimining yangi sifati nafaqat firm tuzilishi, balki undagi sohalarning o’zgarishiga olib kelib, gullab yashnashiga imkon yaratadi. Biroq bunda ayrim vazifa va ish turlarini avtomatlashtirish bilan bog’liq noxush psixologik sharoit yuzaga kelishi mumkin, bu hol esa xodimlar va ishchilardan ayrimlarining qisqarishiga olib keladi.
Axborot tizimi sifatini istalgan tashkilot faoliyatining strategik vositasi sifatida, mahsulot chiqaruvchi firma misolida ko’rib chiqamiz. Bu sharoitlarda firma boshqa firmalar bilan raqobatdosh bo’lishi lozim. Bunda firmaga ta’sir etuvchi tashqi omillar quyida ko’rsatilgan, ya’ni:
bozorda o’z siyosatini olib borayotgan raqobatchilar;
tovar va xizmatlarni sotib olish bo’yicha turli imkoniyatlarga ega xaridorlar;
o’zining narx siyosatini olib borayotgan ta’minotchilar;
Agar firma bu omillarni hisobga olsa va quyidagi strategiyaga amal qilsa, o’ziga raqobatli afzalliklarni ta’minlaydi:
mavjudidan manfaatli ravishda ajralib turuvchi yangi tovar va xizmatlarni yaratish;
mavjud bo’lganlarga qaraganda bir qator ajralib turuvchi belgilarga ega firma tovar va xizmatlari ustun turuvchi bozorlarni qidirib topish;
xaridor va ta’minotchilarni mazkur firmaga bog’lab qo’yuvchi aloqalarni yaratish;
sifatga zarar keltirmagan holda mahsulot qiymatini kamaytirish.
Glassoriy
Axborot tizimi – boshqarish funksiyasini amalga oshirish uchun xodimlarni turli xil axborot bilan ta’minlovchi obyekt haqidagi axborotni yig’ish, uzatish va qayta ishlash bo’yicha ma’lumotlar va kommunikasiyaviy tizimni o’zida nomoyon etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |