1-mavzu. Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborotlarning roli, xususiyati va xarakterli turlari reja


Obyektlarni tasniflashning iyerarxiya, fased va diskriptor tizim-lari


Download 1.79 Mb.
bet48/73
Sana12.02.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1192020
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   73
Bog'liq
1-mavzu lotin

6. Obyektlarni tasniflashning iyerarxiya, fased va diskriptor tizim-lari.


Kodlash va tasniflash. Obyektlarni tasniflashning uch usuli ishlab chiqilgan: iyerarxiya tizimi; faset tizimi; diskriptor tizimi.
Ular tasnif belgilarini turlicha qo’llash strategiyasi bilan bir-biridan ajralib turadi. Iyerarxik sistemani qurishda tasnif asosini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu sistema katta axborot sig’imiga ega, ammo yetarli moslanuvchanlikka ega emas, axborotni qidirishni qiyinlashtiradi .
Tasniflashning iyerarxiya tizimi quyidagi tarzda tuzilgan:
a) elementlarning asos qilib olingan ko’pligi 0 darajani tashkil etadi va sinflar (guruhlar) ga tanlangan tasniflash belgilariga bog’liq ravishda bo’linadi. Bu guruxlar 1-darajasini tashkil etadi;
b) birinchi darajali har bir sinf o’ziga xos belgilarga ega bo’lgan kichik sinflarga bo’linadi. Ular ikkinchi darajani tashkil etadi;
v) Ikkinchi darajali har bir sinf xuddi shunday guruhlarga bo’linadi, bu guruxlar uchinchi darajani tashkil etadi va hokazo.
Tasnif tuzilishining qattiq tartibi mavjudligini hisobga olgan holda ishni boshlashdan avval undan ko’zlangan maqsadni, ya’ni sinflarga birlashtiriladigan obyektlar qanday xususiyatlarga ega bo’lishi lozimligini aniqlab olish kerak.
Tasniflashning iyerarxiya tizimida tarkib qattiq ekanligini nazarda tutgan holda tasniflash belgilarini tanlashga alohida extibor berish kerak.
Tasnifning iyerarxiya tizimida har bir obyekt xoxlagan darajada bitta sinfga kiritilishi kerak. Bu tanlangan tasnif belgisining konkret ahamiyati bilan belgilanadi. Shundan so’ng har bir yangi sinfda guruhlash uchun uning o’z tasnif belgilari va ular ahamiyatini kiritish zarur.
Tasniflashning iyerarxik tizimining afzalliklariga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. Katta axborot sig’imiga ega ; 2. Keng qo’llanilishi va odatdagidek ; 3. Axborotni qo’lda qayta ishlashga moslashganligi.
Tasniflashning iyerarxik tizimining kamchiligi strukturaning moslanuvchanligining kuchsizligidir, bu esa o’zgarmas belgilarning avvaldan o’rnatilgan ma’lum tartibda kelishi, yangi obyektlarni va tasnif guruhlarini qo’shishga yo’l qo’ymaydi.
Shunday qilib, tasnif belgilarini tanlash iyerarxiyaning keyingi bosqichida guruhlash uchun zarur sinfning semantik mohiyatiga bog’liq.
Tasniflashning faset tizimida tasniflanayotgan to’plam sinfning turli jihatlari bo’yicha o’zaro erkin guruhlar tashkil qiladi. U qat’iy tasnif tuzilmasiga ega emas. Unda belgilarning biror to’plami bilan tasniflanadigan obyektlar to’plami ko’p marta va bog’lanmagan xolda bo’linadi. To’plamlarning qiymati ko’rsatilgan belgilarning aniq ifodalariga mos keladi. Fasetlar ko’pincha oddiy sanab chiqish ko’rinishida joylashadi.
Tasniflash faset tizimining asosiy afzalliklari uning tarkibiy tuzilmasining moslashuvchanligidadir. Istalgan fasetdagi o’zgarishlar qolganlariga sezilarli ta’sir qilmaydi. Yuqori moslashuvchanlik tasniflash tizimining yechilayotgan masalalarning o’zgaruvchi xarakteriga muvofiqlashuvini ta’minlaydi.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling