1-mavzu. Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborotlarning roli, xususiyati va xarakterli turlari reja


Ofisni kompyuterlashtirish bosqichlari


Download 1.79 Mb.
bet44/73
Sana12.02.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1192020
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73
Bog'liq
1-mavzu lotin

Ofisni kompyuterlashtirish bosqichlari. Ofislarni kompyu-terlashtirish uch bosqichda o’tdi. Dastlabki EHM lar ulkan markazlashgan qurilmalar bo’lib, ularga xizmat qilgan mutaxassislar behisob axborot, to’lov qog’ozlari, inventar yozuvlar, obunachilar ro’yxati, to’lov hisob raqamlari va boshqalarni qayta ishlagan. Ikkinchi bosqich, 70-yillar oxirlarida matnlarni qayta ishlash bo’yicha avtonom prosessorlar va mikrokompyuterlar (yoki shaxsiy EHM) paydo bo’lishi boshlangan TBB keltirgan ma’lumotlarga ko’ra hozirgi kunda AQShda kamida ming kishi bo’lgan tijorat korxonalarining 85% yoki kamida 20 kishi ishlaydigan kichik firmalarning 25 % kompyuterlashtirilgan.
Uchinchi bosqich uchun muassalarni avtomatlashtirish endi boshlan-moqda, mikro, mini, universal kompyuterlarni yagona tarmoqqa birlashti-rish bu bosqich uchun xos xususiyatdir. Bu yagona tarmoq elektron yo’l bilan axborotni qo’shni binoga ham, dunyoning narigi burchagiga ham uzatish imkonini beradi, qogoz materiallarini tayyorlash va pochta orqali jo’natish narxidan ancha arzon tushadi. Bundan tashqari, mazkur axborot tarmog’i kompyuterlarni mashinkalash va nusxa ko’chirish vositalari bilan bog’laydi, mikro to’lqinli yoki optik tolali aloqa yo’llari orqali axborotni yuqori tezlikda kompyuterlararo uzatishni ta’minlaydi, telefon modellari yordamida stol kompyuterlarini olis masofadagi ma’lumotlar bazasiga ulash va oddiy yig’ilishlar o’rniga telekonferensiyalar o’tkazish imkonini beradi.
Devonxona ishini avtomatlashtirish ayrim lavozimlarni qisqarti-rishga olib keladi, biroq u ayni paytda mehnat samaradorligini oshiradi va axborot xizmatiga ehtiyojni ko’paytiradi, bu bilan ko’plab yangi ish o’rinlarini ochishga imkon yaratadi.
Qarorlar qabul qilishni qullab- quvvatlash tizimlari va ularga muvofiq axborot texnologiyalari asosan amerikalik olimlarning sayharakatlari bilan 70-yillar oxiri va 80-yillar boshida yuzaga keldi, shaxsiy kompyuterlar, amaliy dasturlarning standart paketlarining keng tarqalganligi, shuningdek sun’iy intellekt tizimlarining yaratishdagi muvafaq-qiyatlar imkoniyat yaratdi.
Qarorlar qabul qilishni qo’llab-quvvatlashning axborot texnologiyalari asosiy xususiyatlari inson va kompyuter o’zaro aloqasini tashkil etishning sifat jihatdan yaxshi uslublardir.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling