1-mavzu. Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborotlarning roli, xususiyati va xarakterli turlari reja


Iqtisodiy axborotning mantiqiy tarkibi. Klassifikator


Download 1.79 Mb.
bet47/73
Sana12.02.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1192020
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   73
Bog'liq
1-mavzu lotin

5. Iqtisodiy axborotning mantiqiy tarkibi. Klassifikator.
Iqtisodiy axborotning mantiqiy tarkibi quyidagilarni o’z ichiga oladi: axborot tizimi, axborot oqimi, massiv, hujjat, ko’rsatkich, rekvizit-asos va rekvizit belgi.
Rekvizitobyekt, jarayon, hodisa va hokazolarning muayyan xususiyatlarini ifoda etuvchi, mantiqan bo’linmas axborot elementlaridir.
Rekvizitlar so’zlar yoki raqamlar bilan ifodalanadi. Rekvizit-belgilar va rekvizit – asoslar bor. Rekvizit-belgi boshqarish obyektining sifat xususiyatini belgilaydi, rekvizit – asoslar alohida olinganda iqtisodiy hayot hodisalarini har tomonlama belgilab bera olmaydi. Shuning uchun ularni birlashtirib, ko’rsatkich hosil qilinadi.
Misol uchun oliy o’quv yurti kadrlar bo’limida har bir student to’g’risidagi axborot bir xil rekvizitlar orqali tartiblashtirilgan va aks ettirilgan. Chunonchi, bular:
- studentning familiyasi, ismi, otasining ismi;
- jinsi;
- tug’ilgan yili;
- Yashash joyi;
- o’qiyotgan fakulteti va hokazolar.
Ushbu rekvizitlarning hammasi “Student” axborot obyektining xususiyatlarini ifoda etadi. Tasnif axborot obyekti umumiy xusu-siyatlarini aniqlashdan tashqari axborotni qayta ishlash qoidalari (algoritmlar)ni va jarayonini ishlab chiqish uchun zarur.
Masalan, kutubxona fondining axborot obyektlarini qayta ishlash algoritmi kutubxonadagi barcha kitoblar to’g’risidagi muayyan tematika, mualliflar, abonentlar va hokazolar haqida axborot olish imkonini beradi. Firma axborot obyektlarini qayta ishlash algoritmi esa savdo-sotiq hajmi, foyda, buyurtmachilar, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlari va hokazolar to’g’risida axborot olish imkoniyatini beradi. Ammo yuqorida keltirilgan misollarda qayta ishlash algoritmlari turli maqsadlarni ko’zlaydi, turli xil axborotlarni qayta ishlaydi va uni turli yo’llar bilan amalga oshiradi.
Tasniflashda quyidagi talablarga rioya etilishi lozim:
- qurilayetgan soha obyektlarini to’liq qamrab olish;
- rekvizitlarni bir xilligi;
- yangi obyektlarni kiritish imkoniyati.
Hozirgi vaqtda davlat, tarmok, mintaqaviy tasniflari ishlab chiqilgan va qo’llanilmoqda. Jumladan, sanoat tarmoqlari, jixozlar, kasblar, o’lchov birliklari, xarajat moddalari va hokazolar tasnif qilingan.
Klasifikator tasnif guruhlari nomlanishi va kodlarining tizimlashtirilgan jamlanmasidir.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling