1-mavzu. Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborotlarning roli, xususiyati va xarakterli turlari reja


Kodlash - tasniflash obyektlariga shartli belgilarni kiritish jarayonidir. Kodlashdan maqsad


Download 1.79 Mb.
bet46/73
Sana12.02.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1192020
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   73
Bog'liq
1-mavzu lotin

Kodlash - tasniflash obyektlariga shartli belgilarni kiritish jarayonidir.
Kodlashdan maqsad - axborotni aniq hisoblash mashinalarida qayta ishlash uchun muvofiqlashtirish, axborotni guruhlar bo’yicha sermehnatliligini kamaytirish, iqtisodiy axborotning mashina tashuvchilarida axborot yozuvi zichligini oshirish, saqlanadigan axborot sonini qisqartirishdan iborat.
Tasniflash -deganda shunday qoidalar to’plami tushuniladiki , ular biror elementlar majmuasini alohida guruhlarga o’xshash yoki har xil belgilarga muvofiq ajratish imkonini beradi. O’sha belgilar tasniflash asosi hisoblanadi.
Tasniflash tizimi quyidagilarni ta’minlashi zarur:
1. Tasniflanayotgan obyektlarning butun to’plamlari sigdiradigan yetarli sig’imga ega bo’lishi ;
2. Shu to’plamni uning struktura va tasnifini buzmasdan kengaytirish imkonini beradigan moslanuvchan bo’lishi;
3. Klassifikatorni qo’lda va avtomatlashtirib olib borishi sodda bo’lishi;
Yuqorida ko’rib chiqqanimizdek, axborot bilan ishlashda obyektlari-ning tasnifi muhim tushuncha hisoblanadi.
Tasnif – muayyan belgilarga muvofiq (voqyealar, jarayonlar, tushunchalarni) sinflar bo’yicha taqsimlash tizimidir.
Obyekt deyilganda har qanday jarayon, moddiy yoki nomoddiy xususiyatga ega voqyealar tushuniladi. Tasniflash tizimi obyektlarni guruhlash va qator umumiy xususiyatlarga ega muayyan sinflarni ajratish imkoniyatini beradi. Obyektlarni tasniflash bir xil xususiyatlarini ajratishga qaratilgan yangi darajadagi guruhlash jarayonidir. Tasnif obyekti sifatida axborotga nisbatan ajratilgan sinflar axborot obyektlari deb ataladi.
Masalan, muayyan oliy o’quv yurti to’g’risidagi barcha axborotni umumiy xususiyatga ega quyidagi axborot obyektlariga ajratish mumkin:
A) studentlar to’g’risidagi axborotlarni – “student “ axborot obyekti sifatida;
B) o’qituvchilar to’g’risidagi axborotlarni – “O’qituvchi” axborot obyekti sifatida;
V) fakultetlar to’g’risidagi axborotlarni - “Fakultet” axborot obyekti sifatida va hokazolar.
Axborot tizimi halq xo’jaligi tarmoqlarida (sanoat, qishloq xo’jaligida, transportda) iqtisodiy axborotni tashkiliy qayta ishlashni nazarda tutadi.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling