Glossariy
Avtomatlashtirilgan ofisning axborot texnologiyasi bu- kommunikasiya jarayonlarini ham tashkilot ichida, ham tashqi muhit blan aloqa uzatish va u bilan ishlashning kompyuter tarmoqlari va boshqa zamonaviy vositalar negizida tashkil etsh va qo’llab quvvatlashdir.
Tartibli tizimni qurishda, nomenklaturaning barcha pozisiyalari kichik alomat bo’yicha katta alomatlarni hisobga olmasdan kodlashtiriladi.
Seriyali tizim tartibli tizimni eslatadi, ammo u bilan ikki yoki undan ortiq alomatni, ya’ni ikki va undan ortiq nomenklaturani kodlashtirish mumkin.
Kodlashtirishning pozision va kombinasiyalashtirilgan ishlab chiqish izchilligi quyidagicha:
guruhlovchi alomatlarning soni va ularni birgalikda tobe bo’lishi aniqlanadi;
har bir guruhlovchi alomatdagi pozisiyalarning soni belgilanadi;
avval katta alomatlarni, keyin katta alomatlar ichidagi alomatlar tartib raqamlarini, uning katta alomati doirasidagi kichik alomat miqdoriga muvofiq, har gal 1, 01, 001 dan boshlab kodlashtirish o’tka-ziladi;
klassifikator tuziladi.
Kodlash - tasniflash obyektlariga shartli belgilarni kiritish jarayonidir.
Kodlashdan maqsad - axborotni aniq hisoblash mashinalarida qayta ishlash uchun muvofiqlashtirish, axborotni guruhlar bo’yicha sermehnatliligini kamaytirish, iqtisodiy axborotning mashina tashuvchilarida axborot yozuvi zichligini oshirish, saqlanadigan axborot sonini qisqartirishdan iborat.
Tasniflash - deganda shunday qoidalar to’plami tushuniladiki, ular biror elementlar majmuasini alohida guruhlarga o’xshash yoki har xil belgilarga muvofiq ajratish imkonini beradi.
Tasnif – muayyan belgilarga muvofiq (voqyealar, jarayonlar, tushun-chalarni) sinflar bo’yicha taqsimlash tizimidir.
Obyekt deyilganda har qanday jarayon, moddiy yoki nomoddiy xususiyatga ega voqyealar tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |