1-mavzu. Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborotlarning roli, xususiyati va xarakterli turlari reja


Download 1.79 Mb.
bet51/73
Sana12.02.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1192020
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73
Bog'liq
1-mavzu lotin

Iqtisodiy axborot – axborotning eng muhim turlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy axborot ishlab chiqarish jarayonlari, moddiy resurslar, bozorlar, bank va moliya muassasalari faoliyati bilan to’g’ridan to’g’ri bog’liqdir.
Tsivilizatsiya rivojlanishi tarixida bir necha axborot inqiloblari ro’y berdi – axborotni qayta ishlash sohasida tub o’zgarishlar ro’y bergani tufayli ijtimoiy munosabatlarda o’zgarishlar yuzaga keldi. Bunday o’zgarishlar oqibati sifatida insoniyat jamiyati yangi sifatga ega bo’ladi.
Kompxyuter texnikasi va axborot texnologiyalarini rivojlanishi turli xil axborotlardan foydalanishga qaratilgan va axborot jamiyati nomini olgan jamiyatning rivojlanishiga turtki bo’ldi.
Axborot jamiyati haqida olimlar turlicha fikrdalar. Yapon olim-larining hisoblashicha, axborot jamiyatida komp’yuterlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbaidan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotni qayta ishlashni avtomatlashtirishning yuqori darajasini ta’minlashga imkon beradi. Jamiyatni rivojlantirishda harakatlantiruvchi kuch moddiy mahsulot emas, balki axborot ishlab chiqarish bo’lmogi lozim. Moddiy mahsulot esa axborot jihatidan ancha serchiqim bo’ladiki, bu uning qiymatida innovatsiya, dizayn va marketing-ning ulushi oshishini anglatadi. Axborot jamiyatida nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi, qadriyatlar tizimi ham o’zgaradi. Barcha harakatlar tovarlarni ishlab chiqarish va iste’mol etishga yo’naltirilgan sanoat jamiyatiga nisbatan axborot jamiyatida intellekt, bilimlar ishlab chiqariladi va iste’mol etiladiki, bu hol aqliy mehnat ulushining oshishiga olib keladi. Insondan ijodiyotga qobiliyat talab etiladi, bilimlarga ehtiyoj oshadi.
Axborot jamiyatining moddiy va texnologik negizini komp’yuter texnikasi va komp’yuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari telekom-munikatsiya aloqalar asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi.


2. Axborot jamiyati haqida tushuncha. Axborot jamiyatiga xos xusu-siyatlar.
Axborotlashgan jamiyat termini Yaponiyada paydo bo’ldi. Mutaxassislar ushbu termin yuqori sifatli axborot mo’l-ko’l bo’lgan va uni saqlash, taqsimlash va foydalanish uchun barcha vositalarga ega bo’lgan jamiyatni ifodalaydi, deb e’tirof etadilar. Axborotlar manfaatdor kishilarga tez va oson hamda qulay shaklda etkazib beriladi. Axborot xizmatlari uchun narxlar shu darajada past bo’lishi kerakki, jamiyatning har bir a’zosi undan ehtiyojiga qarab foydalana olsin.
Arademik V.A. Izvozchikov axborotlashgan jamiyat xususiyatlarini ifoda etuvchi quyidagi ta’rifni taklif etgan: “Axborotlashgan jamiyat deb, jamiyatning barcha sohalari hamda a’zolari hayoti va faoliyatida kompyuter, telematika va boshqa vositalar aqliy mehnat qurollari sifatida ishlatiluvchi , kutubxonalardan foydalanish, katta tezlik va aniqlikda axborotlarni qayta ishlash, real va prog-nozlashtirilgan hodisalarni modellashtirish, ishlab chiqarishni boshqarish, ta’limni avtomatlashtirish va boshqa vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega bo’lgan jamiyatga aytiladi.
Bunday jamiyatda:

  • xohlagan kishi , guruh yoki ixtiyoriy korxona-tashkilot o’z faoliyati uchun zarur bo’ladigan axborot resurslaridan foydalana olishi;

  • zamonaviy axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining taqdim etilishi;

  • Ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy rivojlanish masalalarini echish uchun zarur bo’lgan axborot resurslarini doimiy yangilash va to’ldirish imkoniyatini beruvchi rivojlangan axborot infrastrukturasiga ega bo’lishi;

Axborotlashgan jamiyat darajasiga eng yaqin kelgan davlatlarga AQSh, Yaponiya, G’arbiy Evropa davlatlari kiradi.
Iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o’tish jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha sohalariga axborotlashtirish sohasida erishilgan eng so’nggi yutuqlarni tadbiq etish sur’atlarini g’oyatda tezlashtirib yubordi. “Axborotlashtirish”, “kompyuterlashtirish”, “elektron hukumat”, “elektron boshqaruv”, “ochiq ta’lim” “Raqamli iqtisodiyot” kabi atamalar hayotimizga keng kirib keldi. Axborot tizimlari va texnologiyalari yildan-yilga kishilik faoliyatining turli sohalarida yanada keng qo’llanilib borilmoqda. Ularni loyihalashtirish, yaratish, ishga tushirish va keng qo’l-lashdan maqsad – jamiyat va inson butun hayot faoliyatini axborotlash-tirish borasidagi muammolarini hal etishdir.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling