1-mavzu. Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborotlarning roli, xususiyati va xarakterli turlari reja
Axborotlarni qayta ishlashning dialogli ,paketli va tarmoqli usullari
Download 1.79 Mb.
|
1-mavzu lotin
2.Axborotlarni qayta ishlashning dialogli ,paketli va tarmoqli usullari.
Foydalanuvchi kompyuter bilan paketli hamda dialogli usullarda o’zaro hamkorlik qilishlari mumkin. Paketli usul iqtisodiy vazifalarni echishni markazlashtirilgan holda tashkil qilishda eng keng tarqalgan edi, boshqaruvning turli darajasidagi iqtisodiy ob’ektlarning ishlab-chiqarish xo’jalik faoliyatlari haqidagi hisobot masalalari katta salmokka ega bo’lgan. Paketli usulda hisoblash jarayonini tashkil qilish foydalanuvchining EHM ga kirishisiz qurilgan. Uning vazifalar majmui (paketi) bo’yicha dastlabki ma’lumotlarni tayyorlash va EHM uchun ishlab chiqishga vazifalar, dasturlar va me’yoriy ma’lumotnomaviy ma’lumotlarga ega bo’lgan ishlab-chiqish markazga uzatish bilan cheklangan. Paket EHM ga quriladi va vazifaning ustivorliklariga muvofiq, foydalanuvchining ishtirokisiz, avtomatik ravishda amalga oshiriladi, bu vazifalarining berilgan majmuini bajarish vaqtini kamaytirishga imkon beradi. Bunda EHM ning ishlashi bir dasturli yoki ko’p dasturli usulga o’tadi. Bu afzalroqdir, chunki mashina asosiy qurilmalarining paralel ishlashi ta’minlanadi. Hozirgi vaqtda paketli usul elektron pochtada va muntazam hisobotlarni shakillantirishida nisbatan amalga oshiriladi. Foydalanuvchi va EHM o’zaro hamkorligining diaogli usuli insonni axborotlarni EHM da ishlab chiqish jarayoniga tezkor aralashishi uchun imkoniyat yaratadi. Amaliyotda ko’pincha usullardan birgalikda foyda-lanishni kuzatish mumkin, u ularning xususiy afzalliklari hisobiga vazifalarni EHM da echishning samaraliroq texnologiyasini tashkil qilish-ga yordam beradi. Dialog jarayon ishtirokchilari o’rtasidagi axborot xabarlarni almashtirishdan iborat bo’ladi. Unda xabarlarni qabul qilish, ishlab chiqish va uzatish vaqtni real qo’llashda sodir buladi. U ishtirokchilarning soni ikkiga teng bo’lganda juft va ishtirokchilar ko’p sonli bo’lganda ko’plikda bo’lishi mumkin. Dialog xabarlar shakllanadigan tili belgilar va kodlarning yagona tizimi mavjudligida tushinishga erishiladi. Dialogda sheriklardagi umu-miy belgi va ko’nikmalar bir-birlarini samarali tushinishini ta’min-laydi. Iqtisodiy-tashkiliy boshqaruv sohasida foydalanuvchi mutaxas-sislar uchun iqtisodiy vazifalarni echishning dialogli tizimlari dastlabki ma’lumotlarning sintaktik, mantiqiy va raqamli nazorati; EHM xotirasida saqlanayotgan axborotlarga tuzatishlar kiritish; algoritimli jarayon bajarilishi tadbirlarini algoritimning uzilgan tadbirining eng yakin nuqtasiga qaytish, fayllarining unga mos keluvchi dastlabki holat-larini tiklash bilan uzish bo’yicha oddiy, ammo ishonchli servis xizmatla-riga nisbatan ta’minlaydi: Dialogli tizimning foydalanish ta’riflari quyidagi talablarni qondirishi kerak: -foydalanuvchining tizimga osonlik bilan moslashishi; -hisoblash, mantikiy tadbirlar va atamalarining bir xilligi; -foydalanuvchini videoterminal ekrani yoki bosib chiqaruvchi qurilmaga EHM dan yordam olish payti yoki javob harakatlarini o’tkazish zarurligini ko’rsatish bilan chiqariladigan ma’lumotnomali axborotlar va kerakli yo’riqnomalar bilan ta’minlash; -dialoglarning qisqacha shakllaridan foydalanish; -tizimdagi axborotlarni operatsion tizimlar va maxsus dasturlar bilan amalga oshiriladigan himoya vositalarining mavjudligi. Axborotlarni qayta ishlashning keyingi usuli tarmoqli usuldir. Tarmoq-bu hisoblash resurslarining samarali taksimlanishini ta’minlovchi dasturiy, texnik va kommunikatsion vositalar majmuidir. Ayni vaqtda inson aqli rivojlanishining mahsuli va qudratli rag’bati bo’lgan tarmoq quyidagilarga imkon beradi: -axborotlar (ma’lumotlar bazasi)ning taqsimlangan saqlash joyini qurish; -axborotlar ishlab chiqish bo’yicha hal qilinadigan vazifalar ruyxatini kengaytirish; -ShK shuni takrorlash hisobiga axborot tiziimining ishonchligini oshirish; -servis xizmat ko’rsatishning yangi turlari, masalan, elektron pochtani yaratish; -axborotlar ishlab chiqish qiymatining pasayishiga. Tarmoqli kalit asosida yaratishga qodir malakali tizimli inte-gratsiyalarning uch asosiy alomatini farklash mumkin. Birinchidan firma tizimli tarmoqli integratsiyalash sohasida ixtisoslashi kerak. Ikkinchidan, firma tavsiya etilgan uskunalar dasturli ta’minlanishning asosiy etkazib beruvchilari bilan uzoq muddatli bitimlarga ega bo’lishi lozim. Faqat shundagina firmaga ushbu ma’lumotlar haqidagi ishonchli axborotlar kelib tushadi va u ishonchga ega bo’lishi mumkin. Uchinchidan, firma tarmoqlarni loyihalashtirish, o’rnatish va kuzatish bo’yicha etarli ish tajribasiga ega bo’lishi kerak. Tarmoq strategiyasini tanlash-ko’pgina noma’lumliklarga ega vazifadir, uni echish bir necha ziddiyatli mezonlarni hisobga olishni talab qiladi. Bir tomondan tarmoq mezonlarga xizmatlarning keng spektrini ta’minlash uchun qudratli bo’lishi, boshqa tomondan esa, uni yaratish va foydalanish xarajatlari tadbiq etish daromadlaridan oshib ketmasligi uchun etarlicha samarador bo’lishi kerak.Amalda tarmoqni qurish bo’yicha vazifa-buyurtmachi tomonidan ijodiy yondashishni talab qiluvchi muvofiqlashtirish vazifasidir. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling