1-mavzu. Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborotlarning roli, xususiyati va xarakterli turlari reja
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari
Download 1.79 Mb.
|
1-mavzu lotin
4. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari.
Ma’lumotlar bazasining boshqarish tizimi-elektron ma’lumotlarni yaratish, saqlash va olish tadbirlarni avtomatlashtirish uchun mo’ljal-langan. Ko’pgina mavjud iqtisodiy, axborot ma’lumotnomaviy, bank, dasturli majmualar ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) ning vositalaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Ma’lumotlar bazasi axborotlar tizimlarining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Oxirgi foydalanuvchi va ma’lumotlar bazasi adminstratorining ishini engillashtirish uchun MBBT yaratilgan. Bu tizimlar ma’lumotlar bazasini amaliy dasturlardan ajratadi. MBBT dastur va apparat vositalarining murakkab kompleksi bo’lib, foydalanuvchi shu tufayli faqat ma’lumotlar bazasini mantiqiy tashkil etishnigina tasavvur qiladi. Ma’lumotlar bazasini mantiqiy tashkil etish va uni izchil amalga oshirishdan ( ya’ni tashkil etish va fayillarni ishlashdan) sezilarli farq qilishi mumkin. Foydalanuvchilarning ixtiyorida talabalar tili bo’lib, ular yordamida foydalanuvchilar ma’lumotlarni tanlashi va o’zgartirishi mumkin. Mantiqiy tuzilishni jismoniydan ajratish axborotlarning taqdim etishning har qancha bosqichlari paydo bo’lishiga olib keladi. Natijada turli boshichlardagi ancha murakkab dasturiy ta’minlash yuzaga keldi. Eng yuqori bosqichda talabalar tili avvaliga biror oraliq protsedura tiliga uzatiladi. Bu protsedura tili yordamida keyinchalik tanlash va boshqa amallar bajarish operatsiyalari bajariladi. Protsedura tili o’z navbvtida bevosita bajarish uchun mashina tiliga o’tkaziladi. Bunda axborotlarni taqdim etish bosqichida aloqalarni saqlash va tashkil etishning barcha xususiyatlarini hisobga olish zarur. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi-bu quyidagilarga imkon beruvchi dasturiy vositalarning to’plamidir: A) foydalanuvchilarni ma’lumotlarni aniklash va amallar bajarish tili vositalri bilan ta’minlash. Bunday vositalarga ma’lumotlarni aniqlash tili (MAT) va ma’lumotlar bilan amallar bajarish tizimi (MABT) kiradi. Ma’lumotlar tili aytib o’tilganlarning har ikkalasini yoki ulardan birini anglatadi; B) foydalanuvchi ma’lumotlarning modelini qo’llab-quvvatlashni ta’minlash. Ma’lumotlar modeli ba’zi ilovaga tegishli fizik ma’lumot-larning mantiqiy taqdim etilishini aniqlash vositasidir; C) aniqlash, yaratish va mantiqiy ma’lumotlar bilan amallar bajarish (tanlash, yangilash, kiritish va yo’q qilish) ga imkon beruvchi MAT va MABT funktsiyalarini amalga oshiruvchi dasturlarni ta’minlash; D) ma’lumotlarning himoyasi va yaxlitligini ta’minlash. Tizimdan foydalanish faqat shunga huquqi (himoyasi) bo’lgan foydalanuvchigagina ruxsat etiladi. Foydalanuvchilar ma’lumotlar ustida operatsiya bajara-yotganlarida saqlanayotgan ma’lumotlarning muvofiqligi (yaxlitligi) ta’minlanadi. Ma’lumotlar bazasi-MBBT vositalari orqali mashina «tashuvchi» da hosil qilingan ma’lumotlar yig’indisidir. Ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan ma’lumotlarni minimal takrorlash orqali mantiqiy bog’langan ma’lumotlarning qo’shilishi ta’minlanadi, MB o’zaro bog’langan ob’ektlarning ba’zi mantiqiy modelini aks ettiradi. Bu ob’ektlar aniq predmet sohasini o’zida namayon etadi. Ma’lumotlar bazasi MBBT da ta’minlanadigan model va ma’lumotlar tuzilamalariga muvofiq tashkil etiladi. Ma’lumotlar bazasining ishini avtomatlashtirishni MBBT ta’min-laydi, manbada ma’lumotlarni tashkil qilishning aniq modeli bilan mani-pulyatsiya qilinadi. Mantiqiy modelni qurishda modellashtirishning uch yondashishi tanlab olinadi. Bular ierarxik, relyatsion va tarmoqli model-lardir. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling