1-mavzu. Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborotlarning roli, xususiyati va xarakterli turlari reja


Download 1.79 Mb.
bet60/73
Sana12.02.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1192020
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73
Bog'liq
1-mavzu lotin

Irarxik model-daraxt ko’rinishidagi tuzilishga ega pastki bosqichni yuqori bosqichga bo’ysinishining vertikal aloqasini aks ettiradi. Bu kerakli axborotga kirishni faqat barcha so’rovlar daraxt ko’rinishdagi tizimiga ega bo’lgandagina yangillashtiradi.
Tarmoqli model murakkab bo’ladi va ierarxik modeldan garizontal aloqalarning mavjudligi bilan farqlanadi. Bu aloqalarning yo’nalishlari bir belgili bo’lmaydi, bu esa model va MBBT ni murakkablashtiradi.
Relyatsion model-jadvallar yig’indisi ko’rinishida beriladi, ular ustida relyatsion algebra atamalarida shakllanadigan operatsiyalar bajariladi. Modelning afzalligi uni qo’llab quvvatlashning zamonaviy qurollangan vositalarining nisbati oddiyligi, ixchamligi-ma’lumotlar tuzilishi keskinligi va ishlashning tezligi ma’lumotlar bazasining miqdoriga bog’liqligida. Hozirgi vaqtda relyatsion modellar keng tarqalgan. Ularda barcha tarkibiy qismlar o’zaro belgilangan munosabatlar bilan bog’langan. Modelning har bir turi o’zining afzalliklari va kamchilik-lariga ega. Uni tuzilishini tushunishning osonligi relyatsion modelning asosiy afzalliklaridan biridir.
Quyidagi misolni ko’rib chiqamiz:
Bankda «muddatli depozit» kiritmasi kompyuterli hisobining vazifasi tayyorlanmoqda.
Bu vazifa uchun ma’lumotlar bazasining modelchasi yaratiladi. Bu ma’lumotlar o’z ichiga kirituvchi haqidagi axborotlarni, kiritmalar bo’yicha mablag’larning kelib tushishi va ketishning hisobi bo’yicha foizlarni hisoblab qo’yish uchun axborotlarni oladi. Bu barcha ma’lumotlar relyatsion jadvallarga va fayillarga bo’lish uchun qulaydir. Bitta jadvalda kiruvchi haqidagi ma’lumotlar: familiyasi ismi otasining ismi tug’ilgan yili pasport seriyasi va raqami pasport berilgan vaqti va kim tomonidan berilgani, doimiy yashash joyi manzili, kritma turining nomi raqam tartib soni, uning ochilish sanasi va undagi pul qoldig’i. Ikkinchi jadval kiritmalar bo’yicha pul mablag’larining harakati haqidagi ma’lumotlarga ega. Masalan, schyotning nomeri, kirituvchining nomi, kiritma bo’yicha operatsiya o’tkaziladigan sana, pul miqdorining badali yoki uning olinishi.
Har bir rekvizit uchun ma’lumotning turi va uning uzunligi aniqlanadi. Yaratilgan bazaga ma’lumotlarni yoki tuzatishlar kiritishda MBBT kiritilayotgan ma’lumotlarning turini avtomatik nazorat qilish kerak (masalan, raqamli sifatida belgilangan maydonga harflarni kiritishga imkon bermasdan).
Keltirilgan misolda ma’lumotlarning uzunligini razryadligini aniqlash qiyin emas. Har bir raqamli rekvizit uchun eng katta miqdor olinadi, matnli rekvizitlar uchun ma’lumotlarning ma’nosini buzmay-digan kichikroq qisqartirishlarni ko’zda tutish mumkin.



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling