1-Mavzu. Issiqlik ta'minoti va issiqlik tizimining asosiy elementlari Reja


Issiqlik ta'minoti tizimlari issiqlik tashuvchilari


Download 16.19 Kb.
bet2/2
Sana01.05.2023
Hajmi16.19 Kb.
#1419497
1   2
Bog'liq
1-maruza

1.2.Issiqlik ta'minoti tizimlari issiqlik tashuvchilari
Issiqlik bilan ta'minlash tizimlarida issiqlik tashuvchi sifatida suv va suv bug'i ishlatiladi. Suv bilan isitish tizimlari yashash va jamoat binolarida qo'llaniladi. Bug' bilan isitish esa ishlab chiqarish binolarida, zavod va fabrikalarda ishlatiladi. Issiqlik tashuvchi issiqlik manbaaidan issiqlik yo'llari yordamida iste'molchilarga tarqatiladi. Issiq suv iste molchilarga uzatuvchi issiqlik yo'llari yordamida berilib, u o'z issiqligini issiqlik almashtiruvchilar yordamida iste'molchilarga beradi va va qaytish yo'li orqali yana issiqlik manbaaiga tushadi. Shu yo'l bilan issiqlik tashuvchi iste'molchi va issiqlik manbaai o'rtasida aylanib yuradi. Issiqlik tashuvchining aylaniishi esa issiqlik manbaaida joylashgan nasoslar yordamida amalga oshiriladi.
Suv bug'i iste'molchilarga bug' uzatuvchi orqali uzatiladi. Bug' o'z bo-simiga asosan harakatlanadi. Bug' o'z energiyasini iste'molchiga berib, kondensatga aylanadi va kondensat yo'li orqali yana issiqlik manbaaiga kelib tushadi. Uning harakati tizimda mavjud bo'lgan ortiqcha bosimga asoslangan yoki kondensatsion nasoslar yordamida amalga oshiriladi.
Zamonaviy shahar issiqlik tarmoqlari murakkab injener inshootini tashkil etadi. Issiqlik tarmoqlarining uzunligi hozirgi paytda bir necha o'n kilometr masofalarni tashkil etib ularda ishlatiladigan quvurlarning dia-metri 1400 mm ga boradi.
1.3 Issiqlik ta'minoti isitish va ventilyatsiya tizimlarini loyihalash.
Muhandislik tizimlarini rekonstruktsiya qilishdan oldin ham keyin ham, albatta qilinadigan ishlar, binolar va inshootlarda loyihalash ishlari ham olib boriladi.
Muhandislik tizimlari maxsus loyihalar bo'yicha yig'iladi: erto'la va qavatlar rejasi; rejalarga vodoprovod va trubaprovodlari, suv olish va o't o'chirish kranlari, sanitariya texnikasi asboblari tushirilgan. Har xil planirovkali qavatlar uchungina qavatlarning alohida planlari beriladi: ichki vodoprovod tarmog'ining sxemalari. Sxemada binoning trubaprovodlari, trubalarning diametrlari, nasos qurilmalari, kirish trubalari, suv olish va o't o'chirish kranlari, ventillar, o'tish joylari qiyaliklar ko'rsatiladi. Magistrallar, stoyaklar va asboblarga boradigan kalta trubalar o'zaro qanday bog'langanligini sxemada tasavvur qilish mumkin.
Loyihaga hisoblash-tushuntirish yozuvi qo'shib beriladi, bunda sxemaning tavsifi, suv iste'mol qilish normalari va hisoblari beriladi, jihozlarning tavfsiloti keltiradi.
Chizmadan trubalarning aniq o'lchamlarini chiqarish mumkin. Montaj chizmalari bo'yicha trubani o'lchamay oldindan tayyorlash, shuningdek, vodoprovodni montaj qilish mumkin.
Joriy remontlar sistemalarning barvaqt yoyilishidan saqlash va mayda shikastlanishlar, buzuqliklarni bartaraf etish, shuningdek, sistemalarni rostlash bo'yicha sistematik va o'z vaqtida o'tqaziladigan ishlardan iborat.
Kapital remont jihozlar, sistemalarni qayta tiklashdan iborat. Bino foydalanishga topshirilgach, 15 yildan so'ng o'tqaziladigan bunday remont vaqtida xizmat muddati tugagan truboprovodlar va jihozlar butkul almashtiriladi. Turar-joy binolarining sanitariya texnikasi jihozlarining xizmat qilish muddatlari qo'yida keltirilgan.
Ventilyatsiya sistemalarining rekonstruktsiya qilish ularning sxematik shaklini o'zgartirish, yangi elementlar qo'shilishi va ventilyatsion kanallar ko'ndalang kesimlarining o'zgarishiga olib keladi.
Rekonstruktsiya qilishga qo'yidagilar misol bo'lishi mumkin: qo' shimcha ventilyatsion kanallar qo' shish. yangi qo'shimcha elementlar qo'shish.
tabiiy ventilyatsiya sistemalarini sun'iy ventilyatsiya sistemalariga almashtirish.
Isitish sistemalarini loyiha qilish mobaynida ularni shakli (sxemasi) tarmoqlarining ichki diametrlari, isitish asboblarining turlari, boshqaruv jihozlari, tashqi tarmoqlarning izolyatsiya qatlamlari o'zgarishi mumkin. Bu ishlarni bajarish uchun ular hisoblanib smeta xujjatlarini tayyorlash kerak.
Download 16.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling