1-mavzu Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar fanining ob’ekti, perdmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Download 82.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana23.10.2023
Hajmi82.7 Kb.
#1717621
  1   2   3   4   5   6   7


1-mavzu Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar fanining ob’ekti, perdmeti, 
maqsad va vazifalari. 
Reja: 
1. 
Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi o’quv fanining ob’ekti va 
vazifalari. 
2. 
«Siyosat», «g’oya», «mafkura», «tarix» tushunchalari, ularning mazmun 
mohiyati va namoyon bo’lish shakllari. 
3. 
Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi predmeti, o’quv fanining asosiy 
metodlari va undagi davriylik. 
1 – masala. Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi o’quv fanining ob’ekti 
va va vazifalari. 
Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi o’quv fanining o’qitilishi oliy ta’lim 
muassasalarining ijtimoiy gumanitar fakuletlaridagi ayrim bo’limlarida, ya’ni 
milliy istiqlol g’oyasi bo’lim talabalari uchun mo’ljallangan. 
Ushbu fan o’quv fan sifatida maxsus kiritilgan bo’lib, u yangi fan hisoblanadi. 
Fan o’zining mohiyati va tadqiqot ob’ekti bo’lmish jahon siyosiy mafkuralarining 
mazmun va mohiyatini tadqiq etadi, o’rganadi, tahlil qiladi, xulosa va ilmiy 
qarorlar chiqaradi. 
Ushbu fan insoniyat hayotining shu bugungi kunga qadar turli davlat 
tizimlaridagi mafkuraviy holatlari mazmun - mohiyatini ilmiy-nazariy jihatdan 
asoslanib beradi. Voqea-hodisalarning yuz berish sababi, uning rivojlanishi yoxud 
tanazzulga yuz tutishining mafkuraviy omillarini, xalqlar hayotida u yoki bu tariqa 
ta’sir etishini uzviylikda, xronologik ketma-ketlikda o’rganadi.  
Ushbu fan ijtimoiy fanlar tizimida bo’lganligi bois, boshqa ijtimoiy fanlar bilan 
aloqadorlikda o’rganiladi. Jumladan, «Falsafa», «Tarix», «Siyosatshunoslik», 
«Milliy istiqlol g’oyasi» kabi ko’plab fanlar qoidalariga, xulosa va tahlillariga 
tayanadi. O’z o’rnida ushbu fan qoidalari, xulosa va tahlillari boshqa fanlar uchun 
ham asos bo’ladi. 
«Falsafa» fani voqea va xodisalarning, shuningdek ijtimoiy munosabatlar 
rivojlanishining umumiy qoidalarini o’rgansa, tarix fani esa u yoki bu voqelikning 
yuz berishini, oqibatlarini, siyosatshunoslik jamiyatning siyosiy tuzilishini yoki 
davlatlarning siyosiy tizimini, uni ichki va tashqi siyosatini o’rganadi. 
Jahon siyoiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi o’quv fani esa o’z davrida yuz 
bergan mafkuraviy jarayonlarni, ularning oqibatlarini o’rganadi. U muayyan 
qarashlar, ta’limotlar, g’oya va mafkuraviy jarayonlarning umumiylik, uzviylik 
hamda yakka holda olib qaraydi va ularni o’rganadi. 
Ushbu fan mafkuraviy jarayonlarni ijtimoiy-siyosiy hodisa sifatida namoyon 
bo’lishini ifodalaydi. Jamiyat hayotida biron bir siyosiy o’zgarish, siyosiy voqea, 
hodisalar mafkuraviy omillar ta’siridan chetda bo’lmaydi. Shu sababli jahon 
siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi o’quv fani yuz bergan turli ijtimoiy-siyosiy 
o’zgarish va voqealarda mafkuraviy ta’sirning o’rni va ahamiyatini ilmiy-nazariy 
jihatdan aniqlaydi. 
Ushbu fan o’qitilishidan maqsad; 


- talaba-o’quvchilar ongida mafkuraviy yuksalishni shakllantirish va har 
tomonlama etuk fuqarolarni tarbiyalash
- Jahon tarixida turli mafkuralarni namoyon bo’lish xususiyatlari, uning turlari 
va tuzilishini o’rgatish; 
- dars davomida turli manba va adabiyotlardan foydalanish metodikasini 
o’rgatishdan iborat. 
Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi fanining ijodiy xarakterini 
ifodalovchi asosiy jihatlar: 

Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi fani masalalari: 

Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi fani davrlardagi jamiyat 
hayotining alohidalik va uzviylik tamoyillari negizida mafkuraviy ta’limotlarni 
asoslaydi: 

Xar bir xalq yoki millatning mafkuraviy qarashlari, uning mohiyatini tahlil 
qilishi, hozirgi davrdagi xalqlar yoxud davlatlar mafkurasining hayotiyligi, uning 
taraqqiyotda tutgan o’rni ushbu fan rifojlanishiga ta’sir etadi: 

Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi fani bitta yoki alohida olingan 
mafkuralar jamiyat taraqqiyotini belgilovchi omil bo’ladi, degan qoidaga 
asoslanmaydi. 

Download 82.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling