1-mavzu Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar fanining ob’ekti, perdmeti, maqsad va vazifalari. Reja
-masala. “Siyosat”, “g’oya”, “mafkura”, “tarix” tushunchalari, ularning
Download 82.7 Kb. Pdf ko'rish
|
2-masala. “Siyosat”, “g’oya”, “mafkura”, “tarix” tushunchalari, ularning mazmun-mohiyati va namoyon bo’lish shakllari. Ijtimoiy-gumanitar fanlarda siyosat tushunchasiga juda ko’plab ta’riflar berilgan. Ushbu tushunchalar qanchalik keng va xilma-xil bo’lishiga qaramay ularning o’rtasida o’zaro bog’liqlik va umumiylik mavjud. Uni ayrim olimlar “davlat tug’risidagi fan” deb aytsalar, ayrim mutaffakkirlar u algebra ham, matematika ham emas, balki oliy matematikadir, deyishadi. Qadimgi yunonistonliklar “siyosat” deganda davlatchilikning faqat fuqarolari ozod bo’lgan ellinlarga xos va ancha rivojlangan alohida shaklini tushunishgan. Siyosat quruq gaplar, mavhum iboralar, yig’indisi emas, “Siyosat” (yunoncha “politik” –davlatni boshqarish san’ati, davlat yoki ijtimoiy ish)-davlatni idora etish uslubi, san’ati: jamiyat va davlat to’g’risidagi fan deb ta’rif beriladi “Falsafa qomusiy lug’at” nomli manbada. Siyosat o’z tabiati, maqsadi va amalga oshirish uslublari, manfaatlarni ifoda etish darajasi bilan farqlanadi. Siyosat-bu qator g’oyalar, mafkuralar yig’indisi. Mamlakat taqdirini, xalq hayotini u yoki bu tomonga o’zgartiruvchi g’oya va mafkuralar, maqsadlar siyosat orqali amalga oshadi. Mamlakat siyosatda qanchalik buyuk maqsadlar sari etaklovchi g’oyalar, mafkuralar o’z ifodasini topsa, mamlakat olg’a sari taraqqiy etadi, buyuk va ulug’vor ishlar jamiyatda o’z ifodasini topadi. Agar aksincha bo’lsa, xalq hayoti, mamlakat taqdiri tanazzul sari yuz tutadi. Son-sanoqsiz begunoh odamlar o’limiga, vayrongarchiliklar, yo’qotishlarga sababchi bo’ladi. Buyuk davlatchilik siyosatiga asoslangan Germaniya fashizm siyosati, mustabid sovet tuzumi xalqning minglab ko’zga ko’ringan farzadlarini qirib yuborishga qaratilgan qatog’onlik siyosati oqibatlari tarix sahifalarida muhrlanib qolgan. Demak, siyosat-keng qamrovli ijtimoiy tushunchalardan biri bo’lib, u jamiyat hayotining xilma-xil sohalarida bo’ladigan voqea-hodisalarini o’zida aks ettiradi va uning kelib chiqishiga u yoki bu darajada sababchi bo’ladi. Siyosat tushunchasiga turli davrlarda politologik olimlar tomonidan berilgan ta’riflar shakli jihatidan har xil bo’lsa-da, biroq mohiyati va mazmuni jihatidan umumiylikka egadir. Ularning hammasida ham siyosiy davlat, siyosiy partiyalar, ijtimoiy tashkilotlar va harakatlarning mamlakat ichida va xalqaro maydonda ko’rsatadigan faoliyati,jamiyat ijtimoiy hayotining, hamma sohalarga ta’sir etib turuvchi vosita sifatida asoslab beradi. Demak, siyosat-bu jamiyat hayotining xilma-xil sohalarida ro’y beradigan oddiy va murakkab vazifalarni hal qilishga, aniq maqsadlarga erishishga qaratilgan faoliyat yoki vositadir. “Mafkura”tushunchasining ta’rifiga kelsak, ko’pgina ta’riflar orasida uni muayyan bir davrda muayyan bir xalqni, millatni, ijtimoiy guruhni manfaatlaridan kelib chiqadigan maqsadlar sari etaklovchi estetik, axloqiy, xuquqiy diniy, falsafiy, siyosiy g’oyalar tizimi, deb berilgan. Demak, o’z-o’zidan anglashiladiki “mafkura” tushunchasi quyidagi xislatlarga ega bo’ladi: 1. Har bir mafkura qaysidir millatning, xalqning maqsad-muddaolarini anglatadi (milliy g’oyalar), yoxud biron-bir ijtimoiy guruhning manfaatlarini ifodalaydi (fashizm, vahobiylik): 2. Har bir mafkura, albatta, ma’lum maqsadga erishish uchun zarur bo’lgan bir necha g’oyalardan tarkib topadi (masalan, farovon hayot, tolerantlik, komil inson, yurt tinchligi,millatlararo totuvlik, ijtimoiy hamkorlik g’oyalari O’zbekiston milliy mafkurasini tashkil qiladi): 3. Har bir mafkuraning dunyoga kelishi uchun etarli shart-sharoit yuzaga kelishi zarur, ya’ni jamiyatda unga ehtiyoj sezilgandagina mafkura tarkib topadi (masalan, Chor Rossiya Turkistonni bosib olgandan so’ng, bu erda milliy ozodlik harakati, jadidchilik g’oyalari yuzaga keldi): 4. Mafkura “zamon” va “makon” nuktaiy-nazaridan ham anglashiladi, ya’ni har bir mafkura ma’lum bir davrda hamda hududda paydo bo’ladi (masalan, rennesans mafkurasi o’rta asrlar Evropasida inkvizitsiya g’oyalarga qarshi kuch sifatida yuzaga keldi). 5. Mafkuralar o’z oldiga qo’yayotgan maqsadning mohiyatiga ko’ra ya’ni uning asosida qaysi qadriyatlar yotganligiga ko’ra ham farqlanadi. Agar ushbu maqsadlar taraqqiyotga, ezgulikka xizmat qilsa, u holda mafkuralar bunyodkor,agar ular tanazzulga, yovuzlikka xizmat qilsa, u xolda mafkuralar vayronkordir (masalan, javonmardlik mafkurasi o’z mohiyatiga ko’ra bunyodkor g’oyalardan tarkib topgan va ezgulikka xizmat qilgan) 6. Mafkuralar borliqning, bizning, bizni o’rab turgan atrof-olamning qaysi jihatlarini aks ettirishga qarab, ya’ni dunyoqarashning qaysi shaklida ekaniga ko’ra falsafiy, diniy, siyosiy, ilmiy kabi turlarga bo’linadi. 7. Shunday xam bo’lishi mumkinki, mafkuralar muayan ijtimoiy guruh, millat, hudud va makon chegarasidan chiqib umuminsoniylik kasb etadi va barcha xalqlar va zamonlar uchun xos bo’ladi. Bunday mafkuralar umuminsoniy qadriyatlar silsilasiga kiradi (ozodlik, hurlik, eьtiqod erkinligi) Mafkura jamiyatning ruhi, qon tomiri, desak mubolag’a bo’lmas. Insoniyat tafakkuri tamonidan yaratilgan har qanday taьlimotning asosini muayyan mafkura tashkil etadi. Mafkurada esa o’sha davr ruhi, jamiyatning holati va odamlarning maqsadi, orzu- armonlari o’z ifodasini topadi. Mafkura tug’risida o’z asarlarining birida I. Karimov shunday taьrif bergan edi: Download 82.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling