1-mavzu Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar fanining ob’ekti, perdmeti, maqsad va vazifalari. Reja
Download 82.7 Kb. Pdf ko'rish
|
3- masala. O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikning ilk kunlaridan o’z milliy
g’oyasini shakllantirish va uning targ’ibotiga alohida e’tiborni qaratdi. Xalqimizni milliy o’zligini aks ettiruvchi uning milliy g’oyasi tarkibini xalqimiz tarixi, o’sha davrda ilgari surilgan siyosiy-mafkuraviy g’oyalar tashkil etadi. Xalqimizga xos bo’lgan milliy xususiyatlarni qayta tiklash, o’rganish bilan bir qatorda, endilikda umuminsoniy qadriyatlar sifatida jahon xalqlarining siyosiy- mafkuraviy qarashlari, buyuk faylasuflar tamonidan yaratilgan ta’limotlar tarixini o’rganish ham g’oyat muhim vazifa hisoblanadi. O’rta O’siyo xalqi asrlar davomida qo’shni xalqlar, dunyo xalqlari bilan muayyan aloqada bo’lib kelgan. Turli xalqlar hayotida vujudga kelgan tarixiy jarayonlar, siyosiy-mafkuraviy qarashlar o’zbek xalqi hayotiga ham o’z ta’sirini ko’rsatgan. Bugungi kunda xalqimizning siyosiy ongini, madaniyatini oshirishda, o’sib kelayotgan yosh avlod ma’naviyati, mafkuraviy qarashlarining shakllanishiga xizmat qiladigan g’oyalar, siyosiy-mafkuraviy qarashlarga bo’lgan ehtiyoj katta. Bugungi globallashuv jarayoni, inson maьnaviyatiga bo’layotgan chet kuchlar taьsiri va tahdidi kuchaygan bir paytda jahon taьlimotchilarining ijtimoiy – siyosiy qarashlarini o’rganish muhim ahamiyatga ega. Dunyo xalqlari hayotida sodir bo’lgan, jahonning buyuk allomalari tamonidan yaratilgan siyosiy- mafkuraviy ta’limotlar mazmun-mohiyati va tarixini o’rganish yoshlar ongi va qalbini turli buzg’unchi g’oya va mafkuralar ta’siridan saqlab qolishga xizmat qiladi. Jahon siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi uzoq tarixiy taraqqiyot jarayoniga ega. Insoniyat tafakkuri rivoji bilan bog’liq ta’limotlar yuksak g’oyalar va mafkuralar asosida shakllangan. Ta’limotlar tarixiy ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat rivojiga ma’lum ma’noda o’z tavsirini o’tkazib kelgan. Jahon siyosiy mafkuraviy ta’limotlar negizida davlatni boshqarish, o’zaro ijtimoiy munosabatlar va insoniyat hayotini muayyan maqsadlar tamon yo’naltiraoluvchi turli g’oya, mafkura, qarashlar tashkil etadi. Ushbu g’oya, mafkura va qarashlarning mazmun-mohiyatini, insoniyat taraqqiyotga ko’rsatgan ta’sirini ochib berish bevosita jahon siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi fani zimmasidadir. Jahon siyosiy mafkuraviy ta’limotlar fani ijtimoiy – gumanitar fanlar sirasiga kiruvchi, shuningdek, mustaqil fan sifatida alohida predmetni tashkil etadi. Ushbu fan o’z navbatida bir qator fanlar bilan aloqada shakllangan holda, yangi fan bo’lib, rivojlanish jarayonini boshdan kechirmoqda. Falsafa tarix huquq Jahon siyosiy mafkuraviy siyosatshunoslik taьlimotlar tarixi fani aloqada bo’lgan ijtimoiy- adabiyot gumanitar fanlar mantiq Bu fanni o’rganishda material hajmining kengligi va murakkabligi hisobga olinsa maqsadga muvofiq. Fanni o’rganishda har bir mavzu bilan bog’liq tarixiy jarayonga jiddiy yondoshgan holda, o’sha davr nafasini his etaolish, o’sha davrdagi mavjud g’oya, qarashlar va mafkuralar mazmuniga e’tibor berish kerak. Tarixiy g’oya, mafkuralarning shakllanish jarayoni, insoniyat, davlatlarlar hayotidagi o’rni va bugungi kunda uning odamlar uchun qanday xizmat qilayotganligini yoritib berish kerak. Buning uchun xar bir siyosiy-mafkuraviy ta’limotlarga oid yaratilgan adabiyotlar, turli mutafakkirlar tamonidan yozib qoldirilgan asarlar, o’sha davr bilan bog’liq hujjatlar, yozma manbalar bilan tanishish, sinchlab o’rganish va maьlumotlarni taqqoslash zarur, bu esa fanning metadologik asosini tashkil etadi. Dunyo xalqlari hayotida sodir bo’lgan, jahonning buyuk allomalari tamonidan yaratilgan siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar mazmun-mohiyati va tarixini o’rganish yoshlar ongi va qalbini turli buzg’unchi g’oya va mafkuralar ta’siridan saqlab qolishga xizmat qiladi. Ushbu maьruzani yaratishda mavzuga doir dastlabki tushunchalar, fanning mustaqil predmet sifatidagi metodologik sifatlariga va maqsad , vazifasiga eьtibor berildi, shuningdek, fanning ijtimoiy – gumanitar fanlar rivojidagi o’rnini ko’rsatishga harakat qilindi. Jahon siyosiy – mafkuraviy ta’limotlar tarixini yoritishda insoniyatning turli ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy taraqqiyoti boskichlaridan kelib chiqqan holda qadimgi dunyo, o’rta asrlar, yangi va eng yangi davrlarga bo’lib o’rganishni asos qilib oldik. Dastlabki insoniyatning ilk tsvilizatsiya o’choqlari qadimgi Sharq mamlakatlarida vudujga kelgan siyosiy-mafkuraviy qarashlar, qadimgi Gretsiya va Rim ta’limotlari, ellinizm mafkurasi o’rta asrlar tarixi bilan bog’liq G’arb va Sharq siyosiy-mafkuraviy qarashlar o’z ifodasini topgan. Har bir davr kelgusi maьruzalarda alohida o’rganiladi. Download 82.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling