1-mavzu Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar fanining ob’ekti, perdmeti, maqsad va vazifalari. Reja


G’oya-ob’ektiv voqelik, hodisalarning inson tafakkurida aks etirishidir


Download 82.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana23.10.2023
Hajmi82.7 Kb.
#1717621
1   2   3   4   5   6   7
G’oya-ob’ektiv voqelik, hodisalarning inson tafakkurida aks etirishidir
G’oyalar dunyoni o’rganishga va amaliy o’zgaruviga xizmat qiladi. G’oyalar 
oldidagi tajribalarni umumlashtirgan holda, voqelikning bundan keyingi rivojini 
maqsad qilib qo’yadi. Aytib o’tganimizdek, har bir mafkura muayyan g’oyalar 
tizimidan iborat. Ushbu g’oyalarning ham ma’lum bir xislatlari bor. Quyida ularni 
ba’zilarni sanab o’tamiz: 
1. Bir mafkura tarkibida mavjud g’oyalarni, albatta, bir-biriga bog’lab 
turuvchi umumiylik bo’ladi. Masalan, demokratiya mafkurasini tashkil 
qiluvchi so’z erkinligi, eьtiqod erkinligi, iqtisodiy erkinlik, siyosiy erkinlik 
kabi g’oyalarni umumiy bir so’z bilan atash mumkin, ya’ni erkinliklar
2. Shunday ham bo’ladiki, ayni bir mafkura tarkibida bir paytning o’zida ham 
bunyodkor g’oyalar, ham vayronkor g’oyalar jipslashgan bo’ladi. Masalan, 
kommunizm mafkurasini tashkil etuvchi xalqlar do’stligi, ateizm, tenglik, 
birlik g’oyalari o’z mohiyatiga ko’ra turlichadir. 
3. Ayni bir mafkura tarkibidagi g’oyalar o’z kelib chiqishiga ko’ra turli 
zamonlarga ta’lluqli bo’lishi mumkin. Masalan, O’zbekiston milliy 


mafkurasi tarkibida joy olgan komil inson g’oyasi buyuk islom mafkurasi 
ta’sirida yuzaga kelgan va so’fizm ta’limoti bilan ham bog’liq, tolerantlik 
g’oyasi rennesans mafkurasi ta’sirida yuzaga kelgan. 
4. G’oyalar qamrovlilik darajasiga ko’ra milliy va umuminsoniy turlarga 
bo’linadilar. Milliy g’oyalar muayyan bir millatning o’z tarixiy rivojlanishi 
davomida tarkib topgan bo’lib, ushbu millatning manfaatlariga xizmat 
qiladi (sintoizm). Umuminsoniy g’oyalar er yuzidagi barcha millat va 
xalqlarning manfatiga mos bo’lgan tushuncha va qarashlarni o’zida ifoda 
etadi (gumanizm, tolerantlik, ozodlik, e’tiqod erkinligi). Shuningdek, bir 
necha millat doirasida ham mushtarak fikrlarni ifoda etuvchi g’oyalar 
mavjud (“Turkiston-umumiy uyimiz”). 
5. Millatlar, xalqlarning o’z mafkuralarni yaratishda ham muayyan 
tendentsiya mavjud, ya’ni har bir millat o’z mafkurasini yaratar ekan,
albatta, umuminsoniy qadriyatlarga suyanishga harakat qiladi. 
G’oyalar qaysi mafkura tarkibida bo’lishiga qarab, o’sha mafkuraning 
ijtimoiy, siyosiy, falsafiy xislatlarini ham o’zida mujassamlashtirmay 
qolmaydi. 
U davlatning jahondagi obro’ va mavqini oshirishi yoki tushirishi, xalqlarni 
yuksaklikka 
ko’tarishi 
yoki 
tanazzulga 
duchor 
etishi 
mumkin.
Mafkuralar inson tafakkurining qaysi jabhasini qamrab olishiga ko’ra axloqiy, 
mifalogik, ilmiy, diniy, falsafiy va siyosiy ko’rinishlarga ega. 
Mifalogik mafkuralar qatoriga animizm, totemizm, fetishizm kabi borliq va 
yaratuvchi haqidagi mifalogik qarashlarni kiritish mumkin. 
Diniy mafkuralar qatoriga islomni, zardushtiylik, tasavvuf, nasroniylik va 
iudaizm, braxmanizm singari dunyoni yaratuvchi nuqtai nazaridan anglashga 
harakat qilgan barcha ta’limotlarni kiritish mumkin.
Ilmiy mafkuralarga esa naturalizm, darvinizmni misol keltirish mumkin. 
Falsafiy mafkuralar qatoriga stoitsizm, konfutsiylik ta’limotlarini kiritish 
mumkin. 

Download 82.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling