1-mavzu Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar fanining ob’ekti, perdmeti, maqsad va vazifalari. Reja
«Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va
Download 82.7 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig’ida, mangu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy tarixiy merosidir”
«Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va
mintalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko’zlagan va uning dunyodagi o’rnini aniq – ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o’rtasida o’ziga xos ko’prik bo’lishga qodir g’oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman. » 1 Tarix-bu xalq xotirasi. Tarixni xalq yaratadi. Inson o’z xotirasidan ayro yashaolmaganidek, hech bir xalq ham o’z xotirasi-o’tmishidan voz kechaolmaydi. Tarixda yaratilgan neki bo’lsa, u albatta o’sha xalqning kelajagiga xizmat qiladi. To’g’ri, ba’zan ma’lum xalqlar tarixi bilan bog’liq ko’p narsalar yo’q bo’lib ketgan, bu endi o’sha xalqning boshidan o’tkazgan tarixiy jarayoniga bog’liq. Lekin hech narsa o’z-o’zidan bor bo’lmaydi va bekorga yo’qolib ketmaydi. Xalqning ruhida, ongida va qalbida chuqur va o’chmas iz qoldirgan tarixiy shaxslar ham xalq farzandlari ekan, ular tamonidan yaratilgan buyuk g’oyalar, ta’limotlar o’z davrida o’sha xalq hayotida muhim rolь o’ynagan. Ta’limotlar esa qanchalik ezgu g’oyalarga asoslansa, uzoq davr o’tsa-da, hamon xalq o’rtasida o’z ahamiyatini yo’qotmaydi, aksincha xalqni ezgu maqsadlar, buyuk ishlar sari chorlab turaveradi. Bundan 3000 ming yil avval yaratilgan muqaddas manba “Ovesto”da o’z ifodasini topgan Zardusht taьlimoti , undagi ezgu g’oyalar buyuk ta’limot sifatida odamlarni o’zaro ahillik, birodarlik, bunyodkorlik singari buyuk maksadlarga sodiq qolishga chorlab kelmoqda “Bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig’ida, mangu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy tarixiy merosidir” 2 . Har bir xalq o’z davlatini qurar ekan,o’zidan oldingi ajdodlari an’anasiga suyanadi, ular yaratgan g’oyalar, ta’limotlarga va tajribalarga tayanib ish ko’radi. Shuning uchun tarixni ibrat maktabi deyish mumkin. O’tmishda yaratilgan ezgu g’oyalar, alohida shaxslar tamonidan yaratilgan buyuk ta’limotlar o’sha xalqning hayotini belgilaydi, kerak bo’lsa taqdirini u yoki bu tamonga o’zgartirib yuboradi. Tarix-o’tmishda yul qo’yilgan nuqsonlarni anglamoq va ularni yana takrorlab qo’ymaslikka chorlovchi, ehtiyotkorlikka, sezgir va xushyorlikka, tashqi va ichki fitnalarga uchramaslikka, milliy birlik, hamkorlik va hamjihatlikka undovchi ko’zgu maktabdir. Tarixga nazar solsak, O’rta Osiyo xalqi mudom ozodlik, erkinlikka intilib, o’z mustaqilligini qo’lga kiritish uchun doimo chet dushmanlarga qarshi ezgu g’oyalarni ilgari surib yashagan, shunday vaqtlar bo’lganki, ular faqat ozodlikka erishibgina qolmay, buyuk markazlashgan davlatchilik davrini ham boshidan kechirgan. O’zining tarixiy bosqichida buyuk g’oyalarni, yirik ta’limotlarni yaratgan o’zbek xalqi o’zining salmoqli tarixiga ega. Uning tarixi kabi u yaratgan g’oyalari, ta’limotlarining ham o’z tarixi, shakllanish bosqichi bordir. Davlat dasturining asosiy tamoyili adolat g’oyasidan iborat bo’lgan A.Temur ilgari surgan markazlashgan davlat qurish mafkurasi biz uchun tarix sahifalarida qolgan bo’lsa-da, bugungi kunga kelib bu ezgu g’oya, bu buyuk mafkura mustaqil O’zbekiston davlatchiligining negizini tashkil etadi. Tarix, tarixiy jarayon o’tkinchidir, lekin unda yaratilgan muayan g’oyalar, mafkura, ezgu ta’limotlar odamlarning keyingi hayotiga xizmat qilaveradi, odamlarni buyuk maqsadlar sari etaklab boraveradi. I.Karimov o’zining nutqlaridan birida “Tarixni bilmaganning kelajagi yo’q” degan edilar. Zero bugungi kunni qurmoq, ertangi kun rejasini tuzmoq uchun albatta kechagi kunda qilingan ishlardan xabardor bo’lmoq zarur. Yangi bir ta’limotni, yangi bir g’oyani yaratmoq uchun ham kechagi kun ta’limotini, g’oya va mafkurasini o’rganmoq, anglamoq kerak. Busiz yangi ta’limot ham, yangi g’oya, mafkura ham yaratib bo’lmaydi. Bugungi O’zbekistonning mustaqillik mafkurasi, ozodlik g’oyasi bugun paydo bo’lgani yo’q. U necha o’nlab ajdodlarimiz ilgari surgan buyuk va ezgu g’oyalarga asoslanib yaratildi. O’tgan asrning oxirlarida va asrimizning boshlarida zukko ma’rifatparvarlarimiz- Munavvar qori, Abdulla Avloniy, Mahmudxo’ja Behbudiy, Fitrat va boshqa vatandoshlarimiz buyuk, tenglar ichra teng, hur va ozod, obod Vatan qurish g’oyasini ilgari surdilar, bu yo’lda shahid ketdilar. Ular ilgari surgan bu ezgu g’oyalar faqat istiqloldan so’nggina amalga oshdi. Ularning tarixga aylangan ma’rifatparvarlik ta’limotlari bugungi avlod uchun yo’lchi yulduz bo’lib xizmat qilmoqda. Tarix-xalq o’tmishining ko’zgusi. Xalq hayotida nainki bo’lsa, bu ko’zguda aks etadi. Avlodlar esa o’sha ko’zguga qarab, o’z xalqi yutuq va kamchiliklaridan, xatolaridan baxobar bo’ladilar. Tarix ko’zgusiga qarab avlod-ajdodlar xatolarini tuzatishga intiladilar, buyuk ishlarini davom ettiradilar. Temuriylar davridan so’ng boshlangan o’zaro nizo va parokandalik xonliklar davriga kelib avj oldi, Temur va temuriylar davrida ilgari surilgan adolat tamoyilining buzilishi, markazlashgan davlat g’oyasining barbod bo’lishi oqibatida kelgindilar yurtimiz tuprog’ini oyoq-osti qildilar va uzoq vaqt davomida bizni xalq, millat sifatida yo’qotib yuborishga qaratilgan siyosat qamchisini boshimiz uzra o’ynatib turdilar. Turkiy xalqlarning boshiga tushgan bu ko’rguliklarni tarix hali unutgani yo’q. Bir butun xalqni parchalab tashlashga qaratilgan bu manfur kuchlarning ushbu g’oyasi turli xalqning ayanchli taqdiriga aylandi. Tarix saxifasida “Bo’lib tashla- yu, xukmronlik qil” g’oyasi kirib bormagan turkiy makon bo’lmasa kerak. Ajdodlar qilgan xatolarni qaytarmaslik, ular yo’l qo’ygan kamchiliklarni takrorlamaslik uchun bugungi avlod o’zaro bahamjihat, birdamlik ila ish yuritmog’i zarur. Zero, bugungi globallashuv zamon, tezkor axborot davrida ongimiz va qalbimizni zabt etishga qaratilgan buzuq g’oyalar, ta’limotlarga nisbatan o’z ajdodlarimizdan qolgan va dunyo xalklari tamonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy merosni qunt bilan o’rganmoq, ular tamonidan yaratilgan ezgu goya va mafkuralar, buyuk ta’limotlarni o’zlashtirmoq, ularni iymon- e’tiqodimizga aylantirish orqali o’zimizni, kelajakni himoya qilishimiz zarur. Shu o’rinda I.Karimovning ushbu fikrlarini keltirib o’tmoq joiz: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling